Сборник докладов республиканской научно-методической конференции вопросы применения современных систем и технологий



Download 4,83 Mb.
Pdf ko'rish
bet123/192
Sana16.05.2023
Hajmi4,83 Mb.
#939330
TuriСборник
1   ...   119   120   121   122   123   124   125   126   ...   192
Bog'liq
NIODV16odDrn6UImasWEOZYBtCBrWptH

 
 


273 
FIZIKA FANINI OʻQITISHDA MULʼTIMEDIA VOSITALARI VA 
KOMPʼYUTER DASTURLARIDAN FOYDALANGAN HOLDA DARS 
SAMARADORLIGINI OSHIRISH 
 
Jumaniyozov I.O., TATU 
Jahondagi har qanday davlatda texnika, texnologiyalar hamda ishlab 
chiqarishning rivojlanishi va natijada yuksak iqtisodiy qudratga ega boʻlishi 
shubhasiz, shu mamlakatda taʻlimni, ilm – fanni yuqori darajaga koʻtarilishi va 
salohiyatli kadrlar tayyorlanishi bilan uzviy bogʻliqdir. Rivojlangan mamlakatlar 
tajribasidan maʻlumki, taʻlimni, ilm – fanni rivojlantirish bilan bir qatorda yuqori 
salohiyatli, ishlab chiqarishga tez moslashuvchan kadrlar tayyorlash masalalariga 
katta eʼtibor qaratiladi.
Mamlakatimizda ayniqsa, keyingi yillarda taʻlimga, yoshlarning bilim olishiga 
katta eʼtibor qaratilmoqda. Birgina taʼlim tizimini rivojlantirishga oid 10 dan ortiq 
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Farmonlari va Qarorlari qabul qilindi. 2019 yil 8 
– oktyabrda «Oʻzbekiston Respublikasi Oliy taʼlim tizimini 2030 yilgacha 
rivojlantirish konsepsiyasini tasdiqlash toʼgʻrisida»gi farmoni eʼlon qilindi. 
Respublika iqtisodiyotini rivojlantirish birinchi navbatda tayyorlanayotgan kadrlar 
sifatiga bogʻliq. Keyingi yillarda turli tarmoqlarda amalga oshirilayotgan islohotlar 
ushbu masalaning dolzarbligini yana birbor isbotladi. 
Keyingi yillarda axborot texnologiyalarining rivojlanishi, dars mashgʻulotlarini 
tashkil etishning muhim omili boʻlib xizmat qilmoqda. Taʻlim jarayonida 
mulʼtimedia vositalaridan va kompʼyuter dasturlaridan foydalanish taʻlim sifatini 
oshirish kafolatlaridan biridir.
Mulʼtimedia texnik vositalarini vazifalariga koʻra quyidagi turlarga boʻlib 
oʻrganish mumkin. 
Maʻlumotlarni audio – (nutqli) kiritish va chiqarish qurilmalari; 
Mikrafon, turli eshitish qurilmalari (kalonka, naushnik); 
Maʻlumotlarni koʻrsatish – raqamli, tasvirva video axborotlarni 
foydalanuvchiga koʻrsatuvchi qurilmalar (monitor, proyektor qurilmalari, video karta 
qurilmasi);
Video va grafik maʻlumotlarni kiritish qurilmalari – raqamli video kamera, 
raqamli fotokamera, TV-tyuner, modem.
Oʻquv jarayonida qoʻllanilayotgan zamonaviy mulʻtimedia texnoloyilaridan 
biri interfaol elektron doska hisoblanadi. Ular oddiy markerli doskalar kabi 
koʻrinishga ega boʻlib, ularda yozilayotgan har bir matn, grafik, koʻrinish, chizma, 
jadval kabilar, tez fursatlarda doska displeyida paydo boʻladi.


274 
Elektron doskalarning taʻlimda asosiy afzalliklari quyidagilar:
• Auditoriyada talabalarni diqqat eʼtiborini bir obʼektga yoʻnaltirish; 
• Dars mavzusiga oid natijalardan nusxa olish, elektron pochta orqali joʻnatish, 
saqlash imkoniyatlarining mavjudligi; 
• Dars jarayonida matn, tovush, animatsiya, grafiklardan birgalikda foydalanish 
imkoniyatining kengligi; 
• Mavzuni tushuntirish jarayonida maʻlumotlarni tahrirlash va elektron 
qalamdan foydalanishning mavjudligi. 
Respublikamizdagi taʻlim muassasalari oʻquv auditoriyalarida Activboard 
interfaol elektron doskalaridan keng foydalanib kelinmoqda. Activboard interfaol 
elektron doskalari konferensiya prezentatsiyalarini namoyish etish uchun 
moʻljallangan qulay texnika vositasi hisoblanadi. Activboard interfaol elektron 
doskalar auditoriya aʼzolariga maʼlumotlarni yetkazish sifatini oshiradi. Activboard 
interfaol elektron doskalardan foydalanish auditoriyadagi har bir qatnashuvchining 
faol ishtirokiga imkon yaratadi. Elektron qalam orqali kompʼyuterni sichqoncha kabi 
boshqarish mumkin. Activboard interfaol elektron doska Windows tizimining 
istalgan ilovasida ishlay oladi. Infraqizil poʻrtli panelʼ yordamida faol ekranni 
auditoriyaning istalgan joyidan turib boshqarish mumkin. Ulardan keng 
foydalanilayotgan amaliy ishlardan biri kompʼyuter dasturlari yordamida kuzatilishi 
qiyin boʻlgan fizik jarayonlarni elektron darsliklar, animatsiyalar, virtual tajribalar va 
taqdimotlar asosida koʻrgazmali tushuntirishdir. 
Hozirgi kunda bunday dasturlarning bir qanchasi mavjuddir. Misol uchun 
Word, Exsel, Internet Explorer, Opera, Macromedia Flash Mx, Macromedia 
Authorware, Adobe Photoshop, Crocodile Physics, Electronics Workbench 
dasturlaridir.
Word dasturida matnli hujjatlarni yaratish va qayta ishlash, nusxa olish va chop 
etish; Exsel dasturida matnli va sonly maʼlumotlarni kiritish, oddiy jadvallar yaratish 
va qayta ishlash, nusxa olish, saqlash va chop etish; Internet Explorer, Opera va 
boshqa brauzerlardan foydalanib, internetdan zarur boʻlgan maʻlumotlarni qidirish va 
yuklab olish; Animatsiyon roliklar yaratish uchun Macromedia Flash Mx 
dasturlaridan foydalaniladi. Mulʼtimedia taqdimot maʼruzalarini yaratishda Power 
Point va Macromedia Authorware dasturlaridan foydalaniladi. Elektron oʻquv 
adabiyotlarini yaratish davomida keng foydalaniladigan tahrirlovchi Adobe 
Photoshop dasturi orqali rasmlarni tahrirlash, sifatini oshirish uchun foydalaniladi. 
Crocodile Physics dasturidan foydalanish fizik jarayonlarni modellashtirish va 
fizikaning mexanika, elektr, optika va toʻlqin hodisalariga oid tajribalarni kuzatish 


275 
imkonini beradi. Bu dastur fizik hodisalarni kuzatish, tajribalar oʻtkazish va turli 
murakkablik darajasidagi jarayonlarni modellashtirish imkonini beradi . 
Fizika fanining elektromagnit jarayonlarini oʻrganuvchi qismi hisoblangan 
«Elektrvamagnetizm» boʻlimida tajriba ishlarini bajarishda Electronics Workbench 
dasturidan foydalanish elektrotexnik jarayonlarni tahlil etishni osonlashtiradi. 
Electronics Workbench dasturi sxematik modellashtirilgan sistema boʻlib, analogli, 
raqamli va raqamli-analogli elektr sxemalarni modellashtirish va tahlil qilish 
imkonini beradi. Dastur bazasida keng tarqalgan elektron komponentlarning katta 
toʻplami mavjud. Komponentlar qiymatlarini kattaliklar toʻplamidan klavishlar 
yordamida oʻzgartirish mumkin. Electronics Workbench dasturida tajriba ishlarini 
bajarish vaqtni tejash imkonini berish bilan birgalikda, alohida joyga ehtiyoj 
tugʻdirmaydi. Electronics Workbench dasturida sxemalarnino toʻgʻri yigʻish 
asboblarning ishdan chiqishiga va tajriba oʻtkazuvchining hayotiga xavf 
tugʻdirmaydi. 
Oliy taʻlimda taʻlim sifatini talab darajasiga koʻtarish uchun, bilimli va yuqori 
salohiyatli professor-oʻqituvchilardan tashqari, moddiy texnik baza bilan 
taʻminlanganligi, zamonaviy axborot texnologiyalariga asoslangan innovatsiyon 
pedagogic texnologiyalar qoʻllanilishi, aniq va fundamental fanlarni rivojlantirishni 
taʻminlaydigan oʻquv va ilmiy – tadqiqot laboratoriyalari tashkil etilganligi, ishlab 
chiqarish korxonalaridagi mavjud asbob uskunalar va jihozlar kabi, oily taʻlim 
muassalarida ham taʻminlangan boʻlishi kerak.
Taʻlim jarayonida talabaga berilayotgan maʻlumotlarning salmogʻi emas, sifati 
muhum boʻlishi kerak. Unda pedagogik texnologiyalarning eng soʻngi yutuqlari
axborot texnologiyalarining mukammal variantlaridan foydalanish koʻzda tutiladigan 
tizimga erishish maqsad

muddaomiz boʻlishi lozim. Xususan, oily taʻlimda dars 
jarayoni bir tomonlama boʻlmasligi, balki talaba faol ishtirokchiga aylanishi zarur.
Darslarni har tomonlama qiziqarli tashkil etish uchun moddiy-texnik bazaning 
taʻminlanganligiga alohida eʼtibor qaratilishi zarur. Zamonaviy axborot 
texnologiyalari bilan auditoriyalarni jihozlamasdan turib, ushbu ishlarni amalga 
oshirish qiyinchiliklarni tugʻdiradi. Taʼlim sifatini moddiy texnik bazani tashkil 
etmasdan turib amalga oshirib boʻlmaydi.

Download 4,83 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   119   120   121   122   123   124   125   126   ...   192




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish