Say d u lla m irzayev


«А vlodlar haqiqatni bilsinlar, bizni farish ta deb о 'ylamasinlar



Download 9,12 Mb.
Pdf ko'rish
bet256/296
Sana12.07.2022
Hajmi9,12 Mb.
#782854
1   ...   252   253   254   255   256   257   258   259   ...   296
Bog'liq
xx asr o\'zbek adabiyoti. mirzayev s

«А vlodlar haqiqatni bilsinlar, bizni farish ta deb о 'ylamasinlar.
Qilgan gunohlarimiz о ‘zim izga nechog ‘lik og 'ir tushganidan ogoh
bo ‘Isinlar... Jang laming qonli sellari, saltanatning toshqin daryoday
betinim talotum lari jonim ga tegdi. Toju ta x t bevafoligini ко ‘pdan
beri sezib yuribman. M enga vafo qilsa, fa q a t yozgan asarlarim
vafo qilm og ‘i mumkin. V atanim ga о ‘zim qaytolm asam ham,
asarlarim q a ytm og

mumkin. E ndigi orzum
— 
men tug ‘ilgan
yu rtim ga qilolm agan fa rza n d lik x izm atim n i asarlarim qilsa».
Romanning boshqa bir joyida Bobur: 
«Neki xatolik, neki gunoh
q ilg a n bo ‘Isam, h a m m a sin in g b ir la m c h i sa b a b i-m e n in g
podsh ohligim dir»,
— deydi. Qisqasi, P. Qodirov podshohlik 
m urakkabliklari, saltanat m as’uliyatini Bobur shaxsiyatidagi 
ziddiyatlar, uning faoliyatidagi chigal jihatlar misolida ishonarli 
ko ‘rsatadi.
«Y ulduzli 
tu n la r»
ro m a n id a
T o h ir, 
F azlid d in , 
X onzodabegim , N ig orxo nim , H um oyun, M ohim begim , 
Shayboniyxon, Xondamir, malika Bayda kabi obrazlar ham 
jonli va ishonarli qilib yaratilgan. Bularning hammasi roman 
g ‘oyaviy m azm unini ochishga, bosh q ah ram o n obrazini 
gavdalantirishga, sujet rivojini ta ’minlashga bevosita xizmat 
qilgan.
Roman sujetining yakuni ham juda muvaffaqiyatli chiqqan. 
Asarda fojiali voqealar, ziddiyatlar, iztiroblar, jangu jadallar 
tasviri asosiy o ‘rinni egallagan va roman sujeti bosh qahramon
— buyuk inson Boburning vafotini aks ettirish bilan tugagan 
b o ‘lsa-da, und a hayotbaxsh ru h balqib turadi. R om anda 
podshoh Bobur o ‘lgan bo‘lsa-da, buyuk shoir Bobur o ‘lmagan, 
uning hayo ti u y aratg an dilb ar a sarla rd a m angu davom
etmoqda, degan katta va muhim g ‘oya yorqin aks ettirilgan: 
«Bobur o ‘z qo‘li bilan yozgan eng yaxshi asarlar haligacha tirik 
qalbning haroratiga to iib , odamlarga hamon m a’naviy ozuqa
362


va zavq berayapti. T o‘g‘ri, uning bir umri qorong‘i osmonda 
olovli iz qoldirib uchgan yulduzdek tez so‘ndi. Lekin o ‘lmas 
a sa rla ri sahifasid a salkam besh asrd an beri davom etib 
kelayotgan ikkinchi umri — bu yulduzning tundan tongga 
qarab uchganini va o‘z nurini kelajakka yo‘naltirganini aytib 
turibdi. Bobur qalb o ‘tiga yo‘g‘irib yaratgan madaniy meros 
bugungi sernur avlodlarni bahram and qilgani sari uning ana 
shu ikkinchi umri ham qorong‘u tunlardan keyingi yorug‘ 
kunlarda astoydil obod b o ‘layapti».
K ezi k elg an d a shuni ham eslatish lozim ki, yozuvchi 
P. Q odirov boburiylar avlodi tarixini badiiy tadqiq etishni 
«Avlodlar dovoni» romanida ham muvaffaqiyat bilan davom 
ettirdi. «Avlodlar dovoni» romanida buyuk Boburning nabirasi 
A k b arsh o h n in g H in d isto n d a b o bosi tu zg an d av latn i 
m ustahkam lash va rivojlantirish yo'lida olib borgan sa’y- 
harakatlari va adolatli kurashlari keng miqyosda qiziqarli tarzda 
tasvirlab berilgan.
Yozuvchining «Ona lochin vidosi» nomli romanida tarixga 
yangicha nazar bilan qaralib, ajdodlar hayoti va ruhiyati badiiy 
tadqiq etilgan. Sho‘rolar davrida hayot qaram a-qarshilik va 
zid d iy atlar asosidagina taraq q iy etadi, degan tasavvurga 
tayangan markscha falsafa tufayli, har bir tarixiy shaxs qaysidir 
boshqa shaxsga qarshi qo‘yiIib tasvirlanish a n ’anasi shakllangan 
edi. Shunga ko‘ra Navoiy Bayqaroga, Ulug‘bek X o‘ja Ahrorga, 
hatto onasi Gavharshodbegimga qarshi qo‘yilar edi. P. Qodirov 
tarix iy m a n b a la r b erg an g u v o h lik larg a, eng m uhim i, 
yozuvchining u ch q u r x ayo lotig a ta y an g an h o ld a su lto n
Ulug‘bek Mirzo va uning onasi Gavharshodbegim o‘rtasidagi 
m u n osabatlar tam om ila o'zgacha asoslarga qurilganligini 
ishonarli ko‘rsatib bergan. Adibning Temur saltanati ichidagi 
ziddiyatlarni, sohibqironning yagona o ‘g‘li Shohruhni valiahd 
qilmasligi sabablari borasidagi badiiy talqinlari o ‘quvchini 
ishontiradi. Lekin rom anda adib tarixiy faktlar, hodisalar 
girdobida qolib, aksar hollarda ularni badiiy hodisalarga 
aylantirishga muvaffaq boMolmagan. Shunga qaramay, «Ona 
lochin vidosi» romanining katta m a’rifiy ahamiyati borligini 
inkor etib b o ‘lmaydi.
363


Iste’dodli yozuvchi Pirimqul Qodirov «Insof» pyesasi va 
«Sening 
izlaring» 
k in o ssen ariy sin in g
m u allifid ir. 
P. Qodirovning tarjima amaliyoti rivojiga q o ‘shgan ulushi ham 
e’tiborlidir. Adib Lev Tolstoyning «Kazaklar», K. Fedinning 
«Ilk sevinchlar», tojik yozuvchisi P. Tolisning «Saraton», 
turkm an adibi X idir Deryaevning «Qismat» va boshqa bir 
qancha nasriy asarlami o ‘zbek tiliga o ‘girgan.
Qisqasi, P. Qodirov o ‘zbek adabiyoti rivojiga salmoqli hissa 
qo‘shdi. U o ‘zbek nasrining, xususan, romanchiligining katta 
ustalaridan biridir. Uning asarlari kitobxonlarni, ayniqsa, yosh 
avlodni ezgulik ruhida tarbiyalashga va ularga estetik zavq 
berishga bevosita xizmat qiladi.


E R K IN V O H ID O V
(1936-yilda tu g ‘ilgan)
0 ‘zbekiston xalq shoiri, noyob iste’dod sohibi Erkin 
Vohidov she’riyatimizning porloq yulduzidir. Shu bilan birga, 
u taniqli jam oat arbobi hamdir.
Erkin Vohidov 1936-yilning 28-dekabrida Farg‘ona viloyati 
Oltiariq tumanida ziyolilar oilasida tug'ildi. O lrta maktabni 
oltin m edal bilan, T o sh k en t d av lat u niversiteti (hozirgi 
0 ‘zMU)ning o ‘zbek filologiyasi fakultetini esa imtiyozli diplom 
bilan bitirdi. «Yosh gvardiya» hamda G ‘afur G ‘ulom nomidagi 
Adabiyot va san’at nashriyotlarida ishladi. «Yoshlik» jurnalini 
tashkil qilib, unga Bosh muharrir b o ‘ldi. 1983-yilda «Sharqiy 
qirg‘oq» to ‘plami uchun 0 ‘zbekiston davlat m ukofoti bilan 
taqdirlandi. Shoir 1999-yilda 0 ‘zbekiston Qahramoni yuksak 
unvonini olishga sazovor bo‘ldi.
E rkin Vohidov adabiyotning turli jan rla rid a ijod qilib, 
asardan asarga o ‘sa bordi. Shoirning ijodiy o ‘sishida uning xalq 
hayoti va ustozlar mahoratini o'rganishi muhim ahamiyatga 
ega bo‘ldi. Erkin Vohidovning ustozlardan ijodiy o ‘rganishi, 
asosan, ikki yo‘l bilan sodir bo idi: birinchidan, u yoshligidan 
boshlab N avoiy, Fuzuliy, Pushkin, Y esenin, H. O lim jon, 
G ‘ayratiy kabi ko‘plab shoirlarning asarlarini sinchiklab o ‘qib- 
o ‘rgandi. Ana shuning uchun ham u, masalan, Hamid Olimjon 
haqida: «Men uni ustoz deyman. Meni ilk bor she’riyatning 
sehrli gulbog‘iga g‘oyibona yetaklagan, xanda urib oqqan 
misralari yosh qalbimga shaloladay quyilgan, menga baxt va 
shodlikni kuylash san’atini o ‘rgatgan shoir shu ustozdir», — 
deb yozgan edi. Ikkinchidan, Erkin V ohidov o ‘z faoliyati
365


davomida Abu AH ibn Sino, Hofiz Sheroziy, Bedil, Fridrix 
Shiller, I. Gyote, A. Pushkin, S. Yesenin, A. Blok, M. Svetlov, 
A. T v ardovskiy, Silva K a p u tik y a n , A. M alishk o, R asul 
Hamzatov singari shoirlarning bir qancha asarlarini tarjima 
qildi. Ayniqsa, I. Gyotening «Faust», Sergey Yeseninning «Eron 
taronalari» asarlarini o ‘zbek tiliga m ohirona o ‘girdi. Shu 
jarayonda bu shoirlar ijodidan ta ’sirlandi, ulardan ko‘p narsani 
o ‘rgandi.
Erkin Vohidov adabiyotga XX asrning 60-yillarida kirib 
keldi. Uning o ‘ziga xos iste’dodi, avvalo, uning shoir sifatida 
o ‘zbek she’riyatiga kiritgan yangiliklarida yorqin namoyon 
bo ‘ladi. M a’lumki, E. Vohidov adabiyotga kirib kelgan davrda 
she’riyatda ko‘tarinki ijtimoiy pafos yetakchi b o ‘lib, insonning 
his-tuyg‘ularini tasvirlashga keraklicha yo‘l berilmas edi. Erkin 
V ohidov bu g ‘ayriestetik aqidani buzib, she’riyatni inson 
tu y g ‘ularining ifodasiga aylantirishga, uning h ayot bilan 
aloqasini mustahkamlashga, asarga badiiy jilo berishga e’tibor 
qaratdi. U chinakam lirikaning ajoyib namunalarini yaratib, 
she’riyatimiz saviyasini oshirish uchun faol kurash olib bordi.
Erkin Vohidov dastlabki she’rlaridayoq badiiy mahoratga, 
asar sifatiga alohida e’tibor berdi va juda yaxshi natijalarga 
erishdi. Bunga shoirning «Tong nafasi» (1961), «Aql va yurak» 
(1963), «Mening yulduzim» (1964) kabi dastlabki to ‘plamlari 
m isolida t o ‘liq q a n o a t hosil qilish m um kin. C hunki, bu 
to ‘plam larga kirgan she’rlarning aksariyati mayin, dilrabo, 
yoqimli lirika namunalari b o iib , ularda fuqarolik his-tuyg‘ulari 
ufurib turadi. Shoir chin insoniylikni ulug‘lab, jam iyatdagi 
barcha moddiy va m a’naviy boyliklarning bunyodkori bo‘lgan 
inson sezimlari, ko‘ngil mavjlari haqida so‘z san’ati vositasida 
m ushohada yuritadi. Jam iyat taqdiri inson q o ‘lida ekanini 
samimiyat bilan yorqin ifodalaydi:

Download 9,12 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   252   253   254   255   256   257   258   259   ...   296




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish