104
НеруДж .
Открытие И ндии. — Москва: 1955, стр. 272.
358
holatlar in’ikosi vositasida Boburni buyuk inson sifatida ixlos
bilan gavdalantira olgan. Bobur o ‘z hayotining so'ngida suyukli
o ‘g‘li Humoyunga vasiyat qilib: «Men tu g ‘ilgan yurt bilan
aloqani uzmanglar, shoyad men bitgan kitoblar ikki oradagi
aloqaning rishtalari bo‘lsa», — deydi.
«Y ulduzli tunlar» ro m anida B oburning shaxsiy hayoti
tasviriga keragicha o ‘rin berilgan. Binobarin, Bobur asarda
haqiqiy inson sifatida jo n lan ad i. Y ozuvchi uning insoniy
fazilatlarini onasi Qutlug* Nigorxonim, opasi Xonzodabegim,
suyukli xotini Mohimbegim va farzandi Humoyunga b o ‘lgan
m ehr-m uhabbati m isolida yaqqol ochib bergan. N atijada,
Bobur kitobxon k o ‘z o ‘ngida pok qalbli oqil inson sifatida
gavdalanadi.
«Humoyun, jigarim ,
— deydi Bobur og‘ir kasal
bo‘lib yotgan o ‘g‘liga qarab, —
setting betoqatligingga men toqat
keltiray! Sening shu og ‘ir dardingni xudo sendan olib m enga
bersin».
Asarda Boburning xotin-qizlarga munosabati ham jonli va
ishonarli aks etgan. U xotini Mohimbegimning aqlu farosati,
farzandlarini mehr-oqibatli qilib tarbiyalayotganiga tan berib:
<(Mohim, S iz mening benazir malagimsiz! M en shoh bo 'ham ham
u lu g ‘ q a lb in g iz o 'tru sid a qulmen!»
— deydi. B obur ajoyib
m e’m or Fazliddin bilan suhbatda:
«M en... Sam arqan ddagi
B ibixonim m adrasasidek u lu g ‘ bir m adrasaning tarxin i sizg a \
chizdirm oqchi edim. Opa-singillarim izning qadrini boshim izga
ко ‘tarsak arzigay...»,
— deydi.
S h u n d ay qilib, ro m a n d a v o q ealar d av o m id a B ob ur
obrazining turli qirralari birin-ketin ochila boradi. A sarda
tasvirlanishicha, Bobur zo‘r bir davlat tuzib, yurtni farovon,
mamlakatni obod qilish yo‘lida harakat qilar ekan, ilm-fan,
san’at va adabiyot ahliga har jihatdan yordam beradi. U aqlning
qudratiga ishonadi.
Yozuvchi Boburning andijonlik navkar yigit Tohir, me’mor
Fazliddin, tarixchi Xondamir, ajoyib rassom Behzod va hind
fuqarosi Hindubekka qilgan samimiy munosabatini tasvirlash
orqali ham uning ulug‘ inson ham da buyuk orzularini, yirik
davlat tuzishga va mamlakatni obod qilishga astoydil harakat
etgan, adabiyot va san’at rivojiga katta hissa qo‘shgan hukmdor
359
ek an lig in i ochib b erg an . A sa rd a B o b u rn in g oddiy
xizmatchilarga, navkarlarga, hunar-kasb ahliga mehribonligi
va bu yo‘lda chekkan aziyatlari ham mohirona tasvirlangan.
Do'stlaringiz bilan baham: |