Say d u lla m irzayev


«Sharq yulduzi» jurnali, 1986, 10-son, 113-bet



Download 9,12 Mb.
Pdf ko'rish
bet245/296
Sana12.07.2022
Hajmi9,12 Mb.
#782854
1   ...   241   242   243   244   245   246   247   248   ...   296
Bog'liq
xx asr o\'zbek adabiyoti. mirzayev s

99 «Sharq yulduzi» jurnali, 1986, 10-son, 113-bet.
100 
Fozilov N.
U stozlar davrasida. — Т.: « Y osh gvardiya», 1988.
340


olimlarimiz ko‘p yangiliklar topdilar. Men olimlarimizning bu 
yangi m a ’lu m o tla rig a su y an g an h o ld a asarim g a an ch a 
yangiliklar qo‘shdim. Xususan, tarixiy shaxslar haqidagi yangi 
m a’lumotlarni hisobga olgan holda romanga jiddiy tahrirlar 
kiritdim, ayrim ko‘rmaklardan tozalab chiqdim, bir necha yangi 
boblar yozib q o ‘shdim», — deb yozgan edi ( « 0 ‘zbekiston 
adabiyoti va san’ati», 1994-yil 11-noyabr).
Odil Y oqubov tarixiy о ‘tm ish mavzuini aks ettirish va 
xalqimiz orasidan yetishib chiqqan buyuk allomalar obrazini 
yaratishda «K o‘hna dunyo» rom anida ham k a tta yutuqqa 
erishgan. «K o‘hna dunyo» — tarixiy-falsafiy roman. U nda 
mashhur tarixiy shaxslar — Abu Rayhon Beruniy va Abu Ali 
Ibn Sinoning ilm-fan taraqqiyotiga, xususan, tibbiyot ilmining 
rivojiga qo‘shgan olamshumul hissasi badiiy yo‘1 bilan batafsil 
va teran aks ettirilgan. Shuningdek, ularning og‘ir hayoti va 
fojiali qismati m ahorat bilan tasvirlangan. Romanda Beruniy 
va Ibn Sino obrazlari o ‘z davrining ijtimoiy ziddiyatlari va 
shiddatli voqealari zaminida k o ‘rsatilgan. Shunga ko‘ra asarda 
o‘sha davr ruhi bo‘rtib turadi. Asar xalqimizning uzoq o ‘tmishi, 
uning o ‘sha d avrdag i tu rm u sh tarzi, u rf-o d a tla ri, milliy 
xususiyatlari haqida boy m a iu m o t beradi. Shunisi muhimki, 
bu m a’lum otlar yalang‘och tarzda bayon etilm aydi, balki 
benazir obrazli tarzda ko‘rsatiladi.
« K o ‘hna dunyo» rom anining sujeti, asosan, rivoyatlar 
negizida tashkil topgan. R om anda ishlatilgan rivoyatlarni, 
ularning asar sujeti tuzilishidagi o ‘rniga k o ‘ra, uch guruhga 
b o iish mumkin: 1. Roman sujeti tarkibida «qistirma hikoya» 
sifatida berilgan rivoyatlar. 2. Rom an sujetiga asos b o ig a n
v o q e a la rn in g b ad iiy t o ‘q im asig a s in g d irib y u b o rilg a n
rivoyatlar. 3. Roman sujeti tarkibidagi mif, afsona va rivoyat 
motivlari.
«Ko‘hna dunyo» romanida, ayniqsa, telba shoh va avom xalq 
haqidagi, dono to‘ti va besabr podshoh haqidagi, olam va uning 
yaratilishi haqidagi, «ne’mati ilohiy» to ‘g‘risidagi, Abu Rayhon 
Beruniy va Mahmud G ‘aznaviy bahsiga doir rivoyat asar sujeti 
to ‘qimasiga ustalik bilan singdirib yuborilgan. Bu rivoyatlar 
romanda tasvirlangan tarixiy voqelik hamda obrazlar m a’naviy
341


olamining badiiy gavdalanishiga bevosita xizmat qilgan. Zero, 
ro m an d a q o ‘llanilgan h ar b ir riv o y at sujet rivoji bilan 
chambarchas bog‘lanib, chatishib ketgan.
«K o‘hna dunyo» romanida Abu Rayhon Beruniy, Abu Ali 
Ib n Sino, M ahm ud G ‘aznaviy sin g ari ta rix iy o b ra z la r, 
shuningdek, Bobo Xurmo, Malikul Sharob, Piri Bukriy, Ibn 
S hah v o n iy , A m ir M a ’sud, A li G ‘arib , A bul H asan ak , 
Xatlibegim, Bo‘ta k o ‘zbegim, U nsuriy kabi badiiy to ‘qima 
obrazlar yaratilgan. Shular vositasida o ‘sha davrdagi hayot 
haqiqati, xilma-xil odam larning fe’l-atvori badiiy haqiqatga 
aylantirilgan. Muhim falsafiy fikrlar ta ’sirli va obrazli qilib 
ifodalangan. Rivoyatlarga singdirilgan xalq donishmandligining 
m a’no va mohiyati ochib berilgan.
«Ulug‘bek xazinasi», «Ko‘hna dunyo» asarlariga xos bo‘lgan 
yorqin badiiy um um lashm alar adibning «D iyonat», «Oq 
qushlar, oppoq qushlar», «Adolat manzili» romanlarida ham 
ochiq ko‘rinadi. Bu keyingi uch roman zamonaviy mavzularni 
y o ritish d a yozuvchi im ko n iy atlarin in g to b o ra k o ‘payib, 
mahorati yanada o'sganligidan dalolat beradi.
«Diyonat» romanida 0 ‘zbekistonning XX asr 70-yillaridagi 
hayoti tasvirlangan. Asarda qishloq va shahar hayotidagi ibratli 
jihatlar ham, salbiy hodisalar, illatlar ham ustalik bilan ochib 
berilgan. K ishilar ruhiyatidagi halollik, poklik, kam tarlik, 
imonu diyonat singari fazilatlar ulug‘lanib, o ‘sha yillarda ancha 
ildiz 
o tg a n
m a n sa b p a ra stlik , 
q o n u n b u zarlik , 
ko‘zbo‘yamachilik, manmanlik, diyonatsizlik kabi illatlar fosh 
etilgan.
R o m a n d a yetu k olim va k a m ta r inson N o rm u ro d
Shomurodov, tum an rahbari A bror Shukurov, biolog olim 
Sodiqjon Obidov, raisning kelini Latofat singari obrazlar qalbi 
ham, ishi va niyati ham go‘zal bo ‘lgan ajoyib kishilar sifatida 
hurm at bilan tasvirlangan. Yozuvchi bu qahramonlarning har 
bir h arak atin i, yurish-turishini, o ‘y-xayollarini m antiqan 
asoslashga, ularning ichki va tashqi dunyosini, fe’l-atvorini 
tabiiy va ishonarli qilib ko‘rsatishga muyassar bo‘lgan.
Romanda tasvirlanishicha, o‘z umrini ilmu fanga bag‘ishlagan 
ulkan olim N orm urod Shom urodov uzoq yillar davom ida
342


shaharda oliy o ‘quv yurtida mehnat qiladi. U o ‘zining adolatli, 
halol, to ‘g‘ri so'zligi bilan k o ‘pchilikning hurmatiga sazovor 
bo‘ladi. Keksayib, nafaqaga chiqqan, yolg‘iz o‘g‘li va ayolidan 
ajralgan professor tug‘ilgan qishlog‘iga ko‘chib keladi. Lekin 
qishlog‘idagi adolatsizliklarni, xususan, jiyani rais O taqo‘zi 
Umarovning xatti-harakatlarini ко‘rib, qattiq ranjiydi, iztirob 
chekadi. Shu bilan birga, Otaqo‘zini insofga, adolatga chaqirib, 
uning fe’l-atvoridagi qusurlarni dangal ochib tashlaydi.
Kolxoz raisi O taqo‘zi Umarov «Diyonat» romanidagi asosiy 
obrazlardan biridir. Adib ilg‘or kolxozning shuhratparast raisi 
O ta q o ‘zining ta sh k ilo tc h ilik q o b iliy ati, ish ch an lig i va 
uddaburonligini tasvirlash bilan birga, undagi manmanlik, 
o ‘zboshimchalik, mansabni suiste’mol qilishlik, qo‘l ostidagi 
kishilarga jabr qilishdan tap tortmaslik, ko‘zbo‘yamachilik kabi 
yaram as xususiyatlarni ham k o'rsatad i. Rom andagi Vohid 
M iro b id o v , Jam o l B o 'rib o y ev o b raz lari v o sitasid a ham
turmushda, ayrim shaxslarda mavjud bo‘lgan salbiy sifatlarni 
aks ettiradi. «Diyonat» romanida hayot haqiqati keng miqyosda 
tasvirlab berilgan.
«Diyonat»da o ‘tgan asrning 70-yillari voqeligi tasvirlangan 
b o isa , «Oq qushlar, oppoq qushlar» romanida 80-yillarning 
boshlarida m am lakatda mavjud b o ig a n hayot haqiqati aks 
ettirilgan. Odil Yoqubov o ‘zining bu romani haqida fikr yuritib: 
«Deydilarki, dunyoda oq qushlarday beozor, pok beg'ubor 
qushlar y o ‘q emish. M en ana shunday qushlarda bebaho 
fa z ila tli m eh n at k ish ila rin i k o ‘ram an . A yrim h o lla rd a
poraxo‘rlik, ig'vogarlik, m ansabparastlik illatlari ildiz otgan 
80-yillar boshida ham o ‘zlariga gard yuqtirmay pokiza yashab, 
halol kun k o ‘rgan zahm atkash bobodehqonlarim izni o ‘sha 
g o ‘zal oq qushlarga qiyos qilgum keladi. Va shu boisdan 
asarimning nomini «Oq qushlar, oppoq qushlar» deb atadim»,
— degan edi.
Darhaqiqat, romanda yozuvchi o ‘z niyatiga to iiq erishgan. 
H ar qanday sharoitda ham halol ishlab, halol yashagan, oq 
qushlarday pokiza b o ig an odamlarning toiaq on li obrazlarini 
ixlos bilan tasvirlagan. Asardagi bunday qahramonlar orasida, 
ayniqsa, mahsulot tayyorlashda k o ‘zbo‘yamachilik qilishdan
343


bosh to rtg a n i, n o p o k lik d an h az a r qilgani uchun ishdan 
haydalgan sofdil brigadir Shorahim Shovvoz, butun borlig‘ini 
ilm-fanga bag‘ishlagan, doimo adolat va haqqoniyat uchun 
kurashib kelgan professor Rasul Nuriddinov, sobiq kombat, 
respublika xalq nazorati q o ‘m itasi raisining m uovini Ivan 
Beloborodov obrazlari alohida ajralib turadi.
Romanda tasvirlanishicha, 1945-yilda yapon samuraylarini 
tor-m or etishga qatnashib, o ‘z burchini ado etgan bu uch 
azamat inson urushdan keyin ham halol ishlab, halol yashaydi. 
N a boylik, na mansab, na shuhrat va na bema’ni maishat bu 
haqiqiy insonlarni to ‘g‘ri yo‘ldan toydira olmaydi. Lekin urush 
yillarida bular bilan birga harakatdagi armiyada xizmat qilgan 
va u lard a n k o ‘p yaxshiliklar k o ‘rib: 

Download 9,12 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   241   242   243   244   245   246   247   248   ...   296




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish