Say d u lla m irzayev



Download 9,12 Mb.
Pdf ko'rish
bet241/296
Sana12.07.2022
Hajmi9,12 Mb.
#782854
1   ...   237   238   239   240   241   242   243   244   ...   296
Bog'liq
xx asr o\'zbek adabiyoti. mirzayev s

98 Qarang: 
Pantiyelov A.
M aterial va b o ‘yoqlar. A sqad M uxtorga ochiq
xat. — «Sharq yulduzi» jurnali, 1953, 8-son.
330


vujudga kelishi bilan b o g iiq holda m ahalliy ishchilarning 
paydo boiishini ko‘rsatish, ular hayotidagi o ‘sish-o‘zgarishlarni 
tasvirlash «O pa-singillar» rom anining m arkaziy m asalasi 
hisoblanadi. Asarda о ‘zbek xotin-qizlari ongida yuz bergan sifat 
o ‘zgarishlari keng tasvirlangan.
«Opa-singillar» — k o ‘p qamrovli va murakkab sujetli yirik 
asar. U nda O naxon, J o ‘raxon, Sofiya B orisovna, Yefim 
D an ilo v ich , E rg ash S u lto n o v , Q u d ra tilla x o ‘ja ; A fg ‘on 
choyfurush, Naimiy, N usratilla singari rang-barang obrazlar 
yaratilgan. Asarda injener Dobroxotov obrazi o ‘ziga xos o ‘rin 
egallaydi. Uni A. M uxtor ijodidagi bir yangilik deyish mumkin. 
Yozuvchi D obroxotov xarakteridagi o ‘sish-o‘zgarishlarni 
original bir yo‘sinda ko‘rsatgan.
A. M uxtor «Opa-singillar» romanida badiiy xarakterning 
shakllanish jarayonini ochib berish san’atini egallagan yozuvchi 
sifatida ko‘rindi. Biroq bu roman yozuvchining murakkab sujet 
yaratish, milliy xususiyatlarni yorqin ifodalash, jonli xalq tilidan 
fo y d alan ish m a h o ra ti u stid a y an ad a q u n t bilan ishlashi 
k erak lig in i ham k o ‘rsa td i. R o m a n d a zam o n aso zlik va 
madhiyabozlikka, turmush tarzini ideallashtirib aks ettirishga, 
k o m p a rtiy a aq id alarim va Lenin shaxsini iloh iy lash tirib
tasvirlashga yo‘l qo ‘yilgan.
A. M u x to rn in g « T u g ‘ilish» ro m an i o ‘zbek n asrin in g
urushdan so‘nggi taraqqiyotida yangilik bo‘ldi. Romanda yosh 
ishchilar hayoti aks ettirildi. Unda 0 ‘zbekistonda 60-yillarda 
vujudga kelgan katta sanoat korxonasi qurilishi, shu bilan 
b o g iiq holda, yangi shaharning qad ko‘tarishi, shu shaharning 
quruvchisi va birinchi fuqarolari b o ig an yangi avlodning behad 
qiyinchiliklarni yengishga qodir b o ig a n kishilarga aylanishi 
tasvirlangan. Rom anning dastlabki boblarida uyushmagan, 
tarqoq, allaqanday quramalarni eslatuvchi va bir-biriga begona 
b o ig an quruvchi yoshlar asar so‘ngida uyushgan, katta jamoaga 
aylanganligi k o ‘rsatiladi. Asarda jam oaning yangi kishilarni 
tarbiyalab yetishtiruvchi o ‘ziga xos maktab ekanini ko‘rsatishga 
alohida e’tibor berilgan. T o‘g‘ri y o id a n adashib, boshi berk 
ko‘chaga kirib qolgan Abubakir (Bek)ning, jam oadan ajralib 
qolgan Pochchayev, behuda shuhrat ketidan quvib, soxtalikka
331


yo‘l qo‘ygan Samadiy, shuningdek, Adolat va Sadbarning qayta 
tug‘ilishi tasvirlangan sahifalarda hayot nafasi ufurib turadi.
Asarda ishchi-injenerlarning rang-barang va yorqin obrazlari 
chizilgan. U ndagi Luqm oncha, Jum an, Elchibek, N afisa, 
Adolat kabi obrazlar samimiylik, mehnatkashlik, tirishqoqlik, 
odamiylik singari xislatlari bilan bir-birlariga o ‘xshasalar-da, 
ayni vaqtda, o ‘zlariga xos individual xususiyatlarga ham ega 
shaxslar sifatida bir-birlaridan farq ham qiladilar. Romanda, 
ayniqsa, bosh qahram on L uqm oncha (Rahim Luqm onov) 
obrazi m u vaffaqiy atli chiqqan. U o ‘zining tirishqoqligi, 
o d a m p a rv a rlig i, x u sh fe’lligi, k a m tarlig i, d o n o lig i va 
bilimdonligi bilan o ‘quvchi qalbidan chuqur o ‘rin oladi.
Yozuvchi Luqm onchaning ichki dunyosini ochish uchun 
zarur b o ‘lgan xarakterli voqea va detallarni topib, m ahorat 
bilan ishlatgan. Bunda adib Luqmonchaning yong‘inda qolgan 
uydan olovga chap berib o ‘z hujjatini olib chiqishi, k o ‘prik 
qurilishida yuz bergan halokat natijasida xavf-xatarda qolgan 
o ‘rtoqlari hayotini o ‘z joni evaziga saqlab qolishi, adashgan 
sevgilisi Sadbarni to ‘g‘ri yo‘lga solish va uni isnoddan saqlab 
qolish uchun harakat qilishi tasviridan mohirona foydalangan.
R om andagi Jum an Sariyevda y osh larg a xos halollik, 
q a t ’iy at, t o ‘g ‘rilik o ‘z ifo d asin i to p g an . Ju m an sa n o a t 
korxonasi qurilishida uchragan barcha qiyinchiliklarni matonat 
bilan yengib, boshqalarga ibrat b o ‘ladi. Asarda Pochchayev 
obrazi ham h ay o tiy ta sv irlan g an . Pochchayev tim solida 
« in k u b a to rd a tay y o rlan g an » ra h b a rn in g qiyofasi ochib 
ta sh lan g an . Pochchayev — h ay ot u n iv e rsitetid an saboq 
olm ag an , oson lik b ilan « sh u h ra t» q o zo n g an , «yoshiga 
yarashmaydigan darajada jiddiy va sipo, odamlarni esnatadigan 
darajada quruq» rahbarlardan hisoblanadi. Romanda Elchibek 
B o ‘riyev P ochchayev o b razig a q a ra m a -q a rsh i h o ld a
tasvirlangan. Elchibek obrazida rahbar bilan omma o ‘rtasidagi 
m unosabat, aloqa qanday b o ‘lishi kerakligi ochib berilgan. 
Elchibek — jo ‘shqin qalb egasi, o ‘z qaram og‘idagi kishilarga 
mehribon, g‘amxo‘r. U yoshlar guruhiga rahbar bo‘lib kelgach, 
«hali m o‘rt, qotmagan betonga o ‘xshash» mehnat jamoasini 
to ‘g‘ri boshqarib, uni oyoqqa turg‘izadi, uning kuchlarini bir
332


m arkazga jipslashtirib, qudratli ishchi jam oasi hosil etadi. 
Bo‘riyev jamoasidagi har bir kishining ruhiyati, shaxsiy hayoti, 
orzu-istaklari, ichki dunyosini yaxshi biladi, ularni hayot 
so‘qmoqlaridan dadil olg‘a boshlab boradi.
Asqad M uxtorning «Davr mening taqdirimda» romanida 
ham muhim zamonaviy mavzu yoritilgan. R om anda butun 
k u c h -q u d ra ti, a q l-id ro k in i d av rn in g bu y uk ish la rig a 
bag‘ishlagan, o ‘z burchini chuqur his etadigan zamondoshlar 
u lu g ia n g a n . R o m an da zam on va inson, odam hayoti va 
baxtining m ohiyati h aq id a chuqur falsafiy fikrlar, asosli 
xulosalar badiiy shakllarda ifodalangan.
Romanning bosh qahramoni Ahmadjon — zamondoshlar 
vakili. U inson baxt-saodati uchun kurashadi, astoydil mehnat 
qiladi. Ahmadjonning hayot yo‘li misolida yozuvchi butun bir 
davrning o ‘ziga xos xususiyatlarini va asosiy voqealarini 
u m u m lash tirib k o ‘rs a ta d i. A dib A h m ad jo n n i u ru sh va 
urushdan keyingi dastlabki yillarning turli xil voqealari, rang- 
barang qiyinchiliklari ichidan olib o ‘tib toblaydi, chiniqtiradi. 
A sar q a h ra m o n i b ev o sita m u ra k k a b h a y o t q o ‘y n id a 
tasvirlanadi.
«Davr mening taqdirimda» romani qiziqarli va hayotiy qilib 
yozilgan. A sar m azm uni — tugal va jo zib ad o r. A yniqsa, 
romanning birinchi fasli (qismi) kitobxonni о ‘ziga maftun etadi. 
A d ib o b ra z la r fe ’l-a tv o rin i, x u susan, A h m ad jo n va 
So‘nagulning m a’naviy qiyofasini ochishda ruhiyat tahlili 
imkoniyatlaridan mahorat bilan foydalangan. Ana shu sababli 
romandagi k o ‘p qahram onlar jonli va hayotiy b o ‘lib chiqqan. 
Biroq romanning birinchi fasliga nisbatan ikkinchi va uchinchi 
fasllari birmuncha bo‘shroq, yuzakiroq yozilgan. Natijada, ayrim 
p e rso n a jla r g ‘oyan in g o dd iy ja rc h isig a ay lan ib qolgan. 
R o m a n d a ayrim h o lla rd a realizm g a zid ta sv irla rg a , 
zamonasozlik mayllariga yo‘l qo‘yilgan.
Bunday qusurlar «Chinor» romanida ham uchraydi. Shunga 
qaramay, «Chinor» urushdan keyingi o ‘zbek nasri taraqqiyotida 
m unosib o ‘rin egallaydi. «C hinor» rom ani sharq adabiy 
an ’analarini eslatuvchi yangi bir shaklda yozilgan. Asar sujeti 
va k o m p o zitsiy asini y a ra tis h d a A sqad M u x to r m um toz
333


adabiyotimizda mavjud b o ‘lgan qoliplash usulidan samarali 
fo y d a la n g an . R o m an besh qissa, besh h ik o y a t va besh 
rivoyatdan tashkil topgan. Qissalarda hozirgi zamon voqealari 
tasvirlanadi. Hikoyatlarda esa bu voqealarning teran ildizlari
— yaqin o ‘tmish voqea-hodisalari haqida bahs yuritiladi. 
Rivoyatlar qadim afsonalarga borib tutashadi.
Romandagi barcha qissa, hikoyatu rivoyatlar ichki mantiq 
jihatidan bir markazga kelib birlashadi va kompozitsion bir 
butunlikni hosil qiladi. Ana shuning uchun ham ularni ulkan 
b ir 
ch in o rn in g
te ra n
to m irla rig a
qiyos 
etish 
m u m k in .R o m an n in g asosiy g ‘oyasi ch in o r h a q id ag i ilk 
rivoyatdayoq aks etgan. Keyinchalik bu bosh g‘oya rivoyatdan 
hikoyatga, hikoyatdan qissaga o ‘tib rivojlanib, takomillashib 
va chuqurlashib borgan. Shu jarayonda yozuvchi Ochilbobo, 
Orif, Azimjon, Komila, Matniyoz, Abdulahad qori, Said kabi 
rang-barang obrazlar yaratib, hayot haqiqatini keng ko‘lamda 
tasvirlagan.
Asqad M uxtor «Chinor» romani uchun respublika Davlat 
mukofotini olgan.
* * *
Asqad M uxtor dramaturg sifatida ham tanilgan. «Mardlik 
c h o ‘qqisi», «Yosh y u rak lar», «Z ar q adri», «Sahro tor», 
«Yaxshilikka yaxshilik», «Samandar» dramalari uning qalamiga 
mansub. Bu sahna asarlarida turli zamonaviy mavzular aks 
ettirilib , v atan p arv arlik , m ehnatsevarlik, inso n parvarlik, 
qiyinchiliklardan qo‘rqmaslik, ezgulikka intilish g‘oyalari olg‘a 
surilgan.
A sqad M u x to r — ta rjim o n sifatid a ham m ashhur. 
A. P u sh k in , M. L erm ontov, M. G o rkiy , T. Shevchenko, 
V. Mayakovskiy, A. Blok, K. Simonovning bir qancha poetik 
va d ra m a tik asarla rin i, Sofokl, V. Shekspir, F. Shiller, 
A. Korneychuk, A. Isaakyan, A. Safronovning ba’zi pyesalarini, 
R. Tagor, P. Pavlenko, V. Vasilevning ayrim qissalarini o ‘zbek 
tiliga mahorat bilan tarjima qilgan.

Download 9,12 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   237   238   239   240   241   242   243   244   ...   296




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish