334
ODIL YOQUBOV
(1926-yilda t.ug‘ilgan)
Yuksak saviyadagi badiiy asarlar yaratishga qodir b o ig an
haqiqiy iste’dodlar kam uchraydi. Zabardast adib va jam oat
arbobi Odil Yoqubov ana shunday noyob iste’dod sohiblaridan
biridir. U o ‘z ijodi bilan XX asr o ‘zbek adabiyotini boyitib,
badiiy tafakkur taraqqiyotiga salmoqli hissa qo'shdi.
Odil Yoqubov, aslida 1927-yilda Qozog‘istonning Chimkent
viloyati Turkiston tumanidagi Otaboy qishlog‘ida tug'ilgan.
Ikkinchi jahon urushida qatnashish uchun yoshini bir yoshga
k;Wta ko‘rsatib, 1945-yilda frontga ketgan. Yaponiyaga qarshi
oljib borilgan harakatlarda qatnashish uchun bepoyon Gobi
sahrosini yayov kezib chiqib, o'limlardan omon qolgan. Burch
tujyg‘usi yuksak Odil uchun harbiy xizmat 1950-yilga qadar
clio‘zildi. F ro ntd an qaytgach, Toshkent davlat universiteti
(hozirgi 0 ‘zMU)ning filologiya fakultetida o ‘qib, uni imtiyozli
d ip lo m b ilan tu g atg an (1956). 0 ‘zb ek isto n Y ozuvchilar
ta s h k ilo tid a m a slah atc h i (1955-1959), « L ite ra tu rn a y a
g ^ zeta » d a m axsus m u x b ir (1959-1963, 1967-1970),
« 0 ‘zb ekfilm »da, 0 ‘z b ek isto n K in o m a to g ra fiy a d av lat
q o ‘m itasida bosh m u h a rrir (1963-1967), G ‘afu r G ‘ulom
riom idagi A d abiy ot va sa n ’at n ash riy o tid a (1970-1982),
« 0 ‘zbekiston adabiyoti va san’ati» gazetasida bosh muharrir
(1982-1987) b o ‘lib ishlagan. O. Yoqubov 1987-yildan 1996-
yilgacha O ‘zbekiston yozuvchilar uyushmasi boshqaruvining
raisi bo ‘lib mehnat qildi. 0 ‘zbekiston mustaqillikka erishgach,
Odil Yoqubov ijod qilish bilan birga, Vazirlar M ahkamasi
q o sh id ag i R esp u b lik a atam ash u n o slik q o ‘m itasig a rais,
3.35
Markaziy Osiyo xalqlari madaniyati assambleyasining vitse-
prezidenti sifatida samarali ishlamoqda.
Odil Yoqubov — serqirra ijodkor. U o ‘zining hikoya va
ocherklari, publitsistik maqola va pyesalari, xususan, qissa va
romanlari bilan kitobxonlar ommasiga sevimli yozuvchi b o iib
qolgan. Adib, ayniqsa, hikoya, qissa va roman janrlarida o ‘z
iste’dodini to iiq namoyon qilgan. Zero, u Abdulla Qodiriy,
C hoipon, Oybek, G ‘afur G ‘ulom, Abdulla Qahhor kabi ustoz
yozuvchilarning an ’analarini yangi davrda davom ettirgan va
rivojlantirgan. Odil Yoqubovning «Vido», «Muzqaymoq» singari
asarlari o ‘zbfek hikoyachiligining go‘zal namunalaridir.
O. Y o q u b o v n in g
« N a v ro ‘z. a ra fa s id a g i
o ‘y lar» ,
« M u ru v v a tn i u n u tm a y lik » , «Q ach o n o dam b o ia m iz » ,
«Qishloqdagi- fojia», «N utq», «N am angan to m on lard a» ,
«Qashqadaryo gurunglari» kabi publitsistik asarlarida ham
xuddi shu xususiyat b o ‘rtib turadi. Zero, ularda mavzu va
material yangi boiganidek, olg‘a surilgan fikr va uning ifodasi
ham go‘zal va yangidir. Shunga k o ‘ra, Odil Y oqubovning
p u b litsistik asarlari m avzu, g ‘oyaviy m azm un va badiiy
m a h o ra t jih a tid a n a d a b iy o tim iz d a y a n g ilik b o i d ; .
D arh aq iq at, Odil Y oqubovning publitsistik m aqolalaridla
m am lakat va,xalq uchun hayot-m am ot masalalari b o ig a n :
m ustaqillik, erk, taraqqiyot, adolat va tinchlik m asalalari
k o ‘ta rilg a n h am d a dad illik va ja su rlik b ilan y o ritilg a i.
Shuningdek, ularda qishloq ahli, xususan, qishloq xotin-qizlari
hayotini tubdan yaxshilash, uni hozirgi kun talablari darajasiga
ko ‘tarish, oikam izni yanada obod va k o ‘rkam qilish, tabiatni
sevish, asrash, tabiat boyliklaridan tejab-tergab foydalanish
haqida bong urilgan.
Odil Yoqubov o ‘z publitsistik maqolalarida ona tabiat, uning
daxlsizligini ta ’minlash, qadimiy chiroyini qaytarish, Orol dengizi
fojiasi va uning asl sabablari haqida kuyunchaklik bilan fikr
yuritgan. Yozuvchi tabiatga zulm qilish gunohi azim, kelajak
avlodlar kechirmaydigan ayb ekani haqida juda ta ’sirli yozadi.
Paxta yakkahokimligiga, paxtachilikda zaharli dorilarni haddan
ziyod ishlatishga qarshi, paxtaning xarid narxini k o ‘tarish
to ‘g‘risida qimmatli fikrlarni o ‘rtaga tashlaydi.
336
Odil Yoqubov tabiat boyliklarini isrof etishni, adolatsizlik
va nohaqlikni, ko‘zbo‘yamachilik va qo‘shib yozishni jamiyat
ta n a sid a g i ja ro h a t deb atay d i. M a q o la la rid a b u n d ay
jarohatlarga qarshi kurashish, inson qadr-qimmatini ko‘tarish
g‘oyasini olg‘a suradi.
Odil Yoqubovning qissachilik sohasidagi ijodiy izlanishlari
g‘oyat samaralidir. Adib turli yillarda «Bir felyeton qissasi»,
«Tilla uzuk», «Muqaddas», «Ota izidan», «Qanot juft boiadi»,
«Izlay m an », « L arza» , «B illur q an d illa r» , « M atlu b a» ,
«Qaydasan, M orika» kabi asarlar yozib, o ‘zbek qissachiligi
taraqqiyotiga katta ulush qo‘shdi.
Odil Y oqubov qissalari — mavzu jihatidan rang-barang,
m azm u n an boy. Bu q issa la rd a zam o n d o sh larim izn in g
m urakkab va jonli obrazlari chizilgan. Adib qissalarida tugal
sujet va yorqin obrazlar yaratib, inson va zamin, vijdon va
burch, sevgi-muhabbat, axloq-odob, m ehnat va tinch hayot
haqida chuqur fikr yuritadi. Xalq hayotidagi ezguliklarning
aham iyatini k o ‘rsatib, halol ishlab, halol yashash g'oyasini
ustalik bilan ifodalaydi. Q in g ‘irlik, nopoklik, xiyonat va
sotqinlikni keskin qoralab, ularni badbaxtlikka, yuzi qoralikka
qiyos qiladi.
S hunisi m uhim ki, O. Y o q u b o v q issa la rid a a d o la t va
haqqoniyat, halollik va sadoqatning xiyonat, fitna-fasod,
tuhmat, hiylayu makr ustidan g‘alabasi quruq bayon etilmaydi.
Aksincha, badiiy tarzda, to ia q o n li obrazlar vositasida jonli
va tabiiy qilib ifodalanadi. Bu fazilat «M uqaddas» qissasida
ochiq k o ‘rinadi. Asar sujetiga Sharif bilan M uqaddasning
hayoti asos qilib olingan. Yozuvchi bu ikki yosh qalbning sevgi
sa rg u z a sh tla ri, oliy m a k ta b g a k irish u ch u n im tih o n
topshirishlari bilan b o g iiq kechinmalarini hayajonlantirarli
tarzda mohirona aks ettirgan. Sharif o ‘z sevgilisi Muqaddas
b ila n b irg a kirish im tih o n la rin i to p s h ira d i. B iroq yigit
imtihonda порок yo‘l tutib, o ‘zi sezmagan va istamagan holda
M uqaddasga jabr qilib qo‘yadi. Qiz im tihondan o ‘tolmaydi.
Bu voqea yigit qalbida chuqur iz qoldiradi, binobarin, u ruhan
qiynaladi, iztirob chekadi. Uning m a’naviy hayoti ostin-ustun
b o iib ketadi.
337
Yozuvchi «M uqaddas» qissasida bir qarashda kundalik
oddiy voqeaday b o ‘lib tuyuluvchi hayot lavhalarini chuqur
tadqiq etgan. Shu orqali axloq-odob va yoshlar tarbiyasiga oid
m uhim m uam m olarni k o ‘targan. Poklik, vijdoniy soflik,
to ‘g ‘rilik va halollikni u lu g ‘lab, yoshlar hayoti va ongida
uchrovchi olg‘irlik va qing‘irlik singari yaramas odatlarni keskin
qo ralag an . Shu bilan birga, qissani o p tim istik ruh bilan
sug‘organ.
Odil Yoqubov turli mavzularda qator hikoya, ocherk va qissalar
yozib, nasrda muayyan tajriba hosil qilgach, o ‘z kuchini roman
janrida sinab ko‘rdi. Birin-ketin oltita roman yozib, katta nasming
mohir ustasi ekanini namoyish etdi. Odil Yoqubov romanlari —
mavzu jihatidan rang-barang. «Er boshiga ish tushsa...» (1965),
«Diyonat» (1981), «Oq qushlar, oppoq qushlar» (1986), «Adolat
manzili» (1994) romanlarida zamonaviy mavzular aks ettirilgan.
«Ulug‘bek xazinasi» (1973), «Ko‘hna dunyo» (1983) romanlarida
esa tarixiy o‘tmish mavzulari tasvirlangan.
Odil Yoqubov romanlarining aksariyati g‘oyaviy mazmun
boyligi va badiiy barkam olligi bilan kitobxonlarga manzur
b o ‘ldi. X ususan, « U lu g ‘bek xazinasi» rom anchiligim iz
sh u h ratig a sh u h ra t q o ‘shdi. R o m an d a salkam qirq yil
p o d sh o h lik qilgan buyuk olim va m u tafak k ir U lu g 'b ek
hayotining dramatik voqealarga boy b oigan so‘nggi davri aks
ettirilgan. Ulug‘bek obrazining yangi qirralari, buyuk olimning
ajoyib insoniy fazilatlari r o ‘y-rost ochib berilgan. A sarda
tasvirlanishicha, Ulug‘bek podshohlik qilish bilan birga, ilm-
fanda, xususan, osmonshunoslikda olamshumul yangiliklar kashf
etadi. Nodir kitoblarni yigib, boy xazina yaratadi. Ulug‘bek
ilm-fanni o ‘stirish orqali mamlakatda adolat o ‘rnatishni, el-ulus
ahvolini yaxshilashni, jaholatga barham berishni orzu qiladi.
B iroq U lu g ‘bek qan ch alik h a ra k a t qilm asin, o ‘zining
m a’rifat va adolat yoiidagi ezgu maqsadlariga erisha olmaydi.
C h u n k i, te sk arich i k u c h la r U lu g ‘b ek n ing y o ii g a g ‘ov
boiadilar. Unga qarshi turli y o ilar bilan kurash olib boradilar.
Q ora guruhchi johillar va fitnachi beklar U lug‘bek boshliq
m a’rifatparvar kuchlarga qarshi kurashda turli fisqu fasod va
tuhm atdan foydalanadilar. U lar o ‘z qora niyatlarini amalga
338
oshirishda U lug‘bekning o ‘g‘li — m ansabparast va xudbin
A b dullatifdan ham foydalanadilar. M irzo U lu g ‘bek qora
guruhchilarning mudhish niyatidan, mamlakat osmonini qora
bulut qoplayotganligidan voqif bo‘ladi. Biroq uni hokimiyat
taqdiridan k o ‘ra, ko‘proq uzoq yillar davomida yig‘ilgan xazina
— kitoblarning taqd iri qiynaydi:
Do'stlaringiz bilan baham: |