Say d u lla m irzayev


Qaysi biri yozdi?



Download 9,12 Mb.
Pdf ko'rish
bet240/296
Sana12.07.2022
Hajmi9,12 Mb.
#782854
1   ...   236   237   238   239   240   241   242   243   ...   296
Bog'liq
xx asr o\'zbek adabiyoti. mirzayev s

327


Qaysi biri yozdi?
Mehrisimikin?
Salimasimikin, Halimasimi?
Halimasi b o ‘Isa koshkiydi...
K o ‘rinadiki, «Terimda» she’ri voqeaband bo‘lgani tufayli, 
birinchidan, o ‘quvchida mavzuga doir to ‘liq tasavvur hosil 
qiladi. Ikkinchidan, u osonlik bilan yod olinadi.
A. M uxtorning «O talarga m aslahat» asari ham sujetli 
she’rning yaxshi bir namunasidir. U nda tasvirlanishicha, bir 
kishining ikki o ‘g‘li va bir qizi bor ekan. K atta o ‘g‘li otasiga 
taqlid qilib aroq ichishni, papiros chekishni istab qoladi. Buni, 
ya’ni «tirmizakning buzilishi» xavfini sezgan ota zudlik bilan 
bola tarbiyasiga jiddiy kirishadi: ota aroq ichishni, papiros 
chekishni tashlaydi. R o ‘zg‘or ishlarini bajarishda xotiniga 
yordamlashadi. Otaning bu ezgu harakatlari bolalarga ijobiy 
t a ’sir qiladi va ularning xulqu odobida, fe’l-atvorida sifat 
o ‘zgarishlari yuz beradi. Shoir ana shu voqeani samimiyat bilan 
hikoya qilib, undan quyidagicha poetik xulosa chiqaradi:
Shunday tajribani qo ‘llab ко ‘ring-a,
Bola, axir, umrning naqshi.
Yoshligidan boshlang tarbiyasini,
Tug'ilmasdan boshlasangiz yana ham yaxshi.
Asqad M uxtor lirik asarlar, sujetli she’rlar yozish bilan birga, 
«Bizning avlod» (1939), «Sheralining do‘sti barhayot», «Po‘lat 
quyuvchi» (1947), «Adolat» (1948), «K atta y o ‘lda» (1949), 
« M an g u lik k a dax ldo r» (1969), «D ol qoya» (1986) kabi 
d o s to n la r ham y a ra td i. Bu a s a rla rd a k ito b x o n la rn i 
qiziqtiradigan turli mavzular, xilma-xil voqealar tasvirlangan.
«Po‘lat quyuvchi» о ‘zbek she’riyatida ishchilar sinfi haqida 
yaratilgan birinchi realistik doston b o ‘lib, unda 0 ‘zbekiston 
metall quyuvchilarining urush va urushdan so‘nggi dastlabki 
yillardagi hayoti va mehnati aks ettirilgan. Asarda Bekobodda 
o ‘zbek metallurgiya kombinatining tashkil etilishi jarayonida 
o ‘zbeklar orasidan malakali ishchilarning yetishib chiqqanligi 
tasvirlangan. D oston sujeti m arkazida oddiy o ‘zbek yigiti
328


S h o m u ro d n in g p o ‘la t quyuvchi b o i i b y etishishi, uning 
ongidagi o ‘sish-o‘zgarishlarni ko‘rsatish turadi. Asarda bu holat 
jonli va tabiiy qilib ifodalangan.
A. M uxtor ijodida «K atta y o id a » dostoni ham muhim 
o ‘rin tutadi. Bu asarda urushdan keyingi qishloqlardagi halol, 
fidokor kishilar haqida maroqli tarzda hikoya qilingan. 0 ‘zbek 
dehqonlariga xos ajoyib xislatlar asarning bosh qahram oni 
A rslonqul obrazida u stalik bilan k o ‘rsatilgan. A rslonqul 
m e h n atsev ar, so fdil, o ‘ty u ra k p a x ta k o r yigit sifatid a 
gavdalanadi. U q o ‘riq va b o ‘z yerlarni o ‘zlashtirishda katta 
tashabbus va jasorat k o ‘rsatadi. Taqir dashtdan yangi yer ochib 
paxta ekadi. G ‘ayrat va m atonat bilan ishlab, tengqur o‘rtoqlari 
yordamida turli qiyinchiliklarni yengib chiqadi.
* * *
A. M uxtorning nasri ham serm a’no va serjilodir. U 40- 
yillaming o ‘rtalaridan boshlab nasrda ham muntazam suratda 
ijod qila boshladi. Adibning dastlabki ocherk va hikoyalari 
« P o ia t shahri» (1949), «Istiqbol» (1951), «Hayotga chaqiriq» 
(1956) to ‘plam larida jam langan. Y ozuvchi o ‘z hikoya va 
ocherklarida O'zbek paxtakorlari va sanoat ishchilari obrazini 
yaratishga intildi. H ayotdagi yangiliklarni u lu g ia b , ayrim 
kishilar ongidagi illatlarga qarshi kurash olib bordi. «Hayotga 
chaqiriq» t o ‘plam idagi asarla r badiiy baquvvatligi bilan 
A. Muxtorning 50-yillarga kelib iste’dodli hikoyanavis sifatida 
ham shakllanganligini isbotladi.
A. Muxtor, ayniqsa, qissa va roman janrlarida barakali va 
sam ara li ijod etdi. « D a ry o la r tu ta sh g a n jo y d a» (1950), 
«Qoraqalpoq qissasi» (1958), «Bo‘ronlarda bordek halovat» 
(1975), «Buxoroning jin k o ‘chalari» (1980), «Manba» (1986), 
«Jar yoqasidagi chaqm oq» (1982), «K um ush tola» (1987), 
«Insonga qulluq qiladurman» (1994) kabi qissalar yozdi.
A. M u x to r « D a ry o la r tu ta s h g a n jo y d a » q issasida 
G ‘zbekistonning to ‘n g ‘ich m etallurgiya zavodi, bu zavod 
ishchilarining hayoti, mehnati, kurashi, orzu-istaklari haqida 
hikoya qiladi. Bu qissa o ‘z vaqtida mavzu e’tibori bilan yangilik
329


b o ‘ldi. Qissada aqliy va jismoniy m ehnat o ‘rtasidagi asosiy 
tafovutning kun sayin yo‘qolib borayotganligini k o ‘rsatishga 
h a ra k a t qilin g an . Shu m a q sad d a zavod ish ch ilari va 
injenerlarining xilma-xil obrazlari yaratilgan. U lar orasida, 
ayniqsa, injener M anzura obrazi ajralib turadi. Bu ishchan va 
tashabbuskor ayol zavodda paydo b o ‘layotgan novatorlik 
harakatida faol qatnashadi.
A sard a zavod hay o ti va ish ch i-injenerlarning m ehnat 
faoliyati haqida to ‘g‘ri tasavvur beruvchi jonli va qiziqarli 
lavhalar anchagina. Lekin qissada yozuvchining zavod hayotini, 
ishchi va injener-texniklar turmushini yaxshi bilmasligi bilan 
bog‘liq b o ‘lgan b a ’zi nuqsonlar ham uchraydi98. Unda, ayrim 
sahifalarda sxematizmga, yuzakichilikka, bayonchilikka yo‘l 
q o ‘yilgan.
A. M uxtor bunday nuqsonlarni keyingi qissalarida tuzata 
bordi. « Q oraq alp oq qissasi» asarid a m u allif q o raq alp o q
xalqining XX asrning yigirmanchi yillaridagi hayotini Japaq, 
Stepan, Suluv, Allon, Palm an, Eremet singari obrazlarning 
faoliyati, ruhiy olami, ular o ‘rtasidagi ziddiyatlar tasviri orqali 
ochib berdi. «Qoraqalpoq qissasi»da adib xarakter yaratishda 
ruhiyat tahlilidan foydalana olish va hayotiy sujet to 'q ish
m alak asin i eg allag an lig in i nam oyish etdi. « Q o raq alp o q
qissasi» dagi bu y u tu q « B u xo ro n in g jin k o ‘ch alari» , 
«B o ‘ro n la rd a b o rd ek h alo v at» q issa la rid a y a n a d a
mustahkamlandi.
A. M uxtor qissalaridagi k o ‘p fazilatlar adibning «Opa- 
singillar» (1955), «Tug‘ilish» (1960), «Davr mening taqdirimda» 
(1964), «Chinor» (1969), «Amu» (1985) rom anlariga ham 
tegishlidir. Chunki bu romanlarda hayot haqiqati ko‘p hollarda 
bevosita obrazli tarzda tadqiq etilgan.
«Ора-singillar» romanida о ‘zbek xalqining o ‘tgan asr 20- 
yillaridagi murakkab hayoti tasvirlangan. Unda yangi jamiyat 
bilan bir qatorda, yangi kishilarning yuzaga kelishini, yangicha 
ong va dunyoqarashning shakllanish jarayonini k o ‘rsatishga 
harakat qilingan. 0 ‘zbekistonda katta sanoat korxonasining

Download 9,12 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   236   237   238   239   240   241   242   243   ...   296




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish