Say d u lla m irzayev



Download 9,12 Mb.
Pdf ko'rish
bet236/296
Sana12.07.2022
Hajmi9,12 Mb.
#782854
1   ...   232   233   234   235   236   237   238   239   ...   296
Bog'liq
xx asr o\'zbek adabiyoti. mirzayev s

322


ASQAD MUXTOR
(1 9 2 0 -1 9 9 7 )
Iste’dodli yozuvchi Asqad M uxtor adabiyotning deyarli 
ham m a ja n rla r id a m a h o ra t bilan qalam te b ra tg a n . 
Adabiyotimizga yangi mavzu, yangi obrazlar olib kirgan. Uning 
adabiyotda o ‘z o ‘rni, o ‘z salmog‘i bor.
A. M uxtor 1920-yil 23-dekabrda F arg‘ona shahrida temir 
yo‘l ishchisi oilasida tug'ilgan, bolalar uyida tarbiyalangan. 
Yoshligidan adabiyotga qiziqib, badiiy asarlar mutolaasiga 
berilgan. A. M uxtor 1938-1943-yillarda avval 0 ‘zDU (hozirgi 
Sam D U )da, so ‘ngra T oshD U (hozirgi 0 ‘zM U )da o ‘qib, 
universitet ta ’limini oldi. Shundan keyin Andijon pedagogika 
institutida o ‘qituvchi va kafedra mudiri, «Yosh leninchi», «Qizil 
0 ‘zbekiston» gazetalari tah ririyatida adabiy xodim b o ‘lib '
ishladi. «Sharq yulduzi», «Guliston» jurnallarida, « 0 ‘zbekiston 
adabiyoti va san’ati» gazetasida bosh muharrir, 0 ‘zbekiston 
Yozuvchilar uyushmasida rais o ‘rinbosari bo‘lib xizmat qildi.
A. M uxtorning badiiy ijodi 1938-yildan boshlangan. U 
dastlab «Tilak», «Tong edi», «Qasam», «Abadiyat» kabi ilk 
she’rlarini, «Bizning avlod» nomli birinchi dostonini nashr 
ettirdi. Ikkinchi ja h o n urushi yillarida yosh shoir harbiy 
m udofaa m avzularida «B ugunning xitobi», «Jangchining 
bayram kechasi», «G ‘alaba ishonchi», «Vatan», «Yevropadan 
xat», «Nur oshiqlari», «G‘alaba» singari she’rlar yozib, o ‘sha 
jangovar davr talablariga hozirjavoblik k o ‘rsatdi. A. M uxtor 
ijodi urushdan keyingi davrlarda har tom onlam a o ‘sdi va u 
iste’dodli shoir va adib sifatida tanildi.
A. M uxtor she’riyati XX asrdagi o ‘zbek adabiyotining 
yorqin bir sahifasini tashkil etadi. Uning asarlari chuqur poetik
323


fikrlarga, ehtirosli tuyg‘ularga, yorqin va jonli tasvirlarga boy. 
A. Muxtorning «Po‘lat quyuvchi» (1947), «Hamshaharlarim» 
(1949), «Rahm at, mehribonlarim» (1954), «Chin yurakdan» 
(1956), «Tanlangan asarlar» (1958), «99 miniatyura», «Dunyo 
bolalari» (1962), «Karvon qo‘ng‘irog‘i», «Quyosh belanchagi» 
(1971), «Charxpalak» (1976), «Sizga aytar so‘zim» (1978), 
«Qaysi asrdan gapirayapsiz» (1982), «Sirli nido» (1984), 
«Tundalik» (1997) kabi she’riy to ‘plamlarida bu fazilatlar ochiq 
ko‘rinadi. Shu bilan birga, bu kitoblar shoir mahorati asardan 
asarga o ‘sib borganini ham tasdiqlaydi.
A. M u x to rn in g sh e ’riy atd ag i k am o lo ti silliq va oson 
kechgani yo‘q. Shoirning urushdan so‘nggi dastlabki yillarda 
yozilgan b a’zi she’rlarida zamon ruhi ochiq sezilmaydi, yorqin 
badiiy umumlashmalar va teran xalqona mazmun yetishmaydi. 
Chunonchi, «Poyezdda va poyezddagina emas», «Daqiqa va 
abadiylik», «Kitob chiqqan soat» kabi she’rlarini mavhum, 
tushunilishi qiyin bo ‘Igan mulohazalar, noaniq fikrlar egallab 
olgan. Ammo bunday nuqsonlar shoir she’riyatida ko‘p emas.
A. M uxtor o ‘z hayoti davom ida xilma-xil m avzularda 
ko‘plab rang-barang lirik she’rlar yaratdi. «Keksa master so‘zi», 
«B obom ning bobosi», «B og‘im», «Tong otdi», «D adam
mashhur pechkachi o ‘tgan», «Tanish», «Shunday o ‘tgan umr 
armonsiz» kabi she’rlarida inson va uning fe’l-atvori, xalqning 
b u n y o d k o rlik fao liy a ti ixcham va nafis ifo d alan g an . 
«Insonlikning m a’nosi o‘zgardi» she’rida inson hayoti va ruhiy 
olamida yuz bergan buyuk sifat o ‘zgarishlari sodda va ixcham 
shakllarda aniq qilib ko ‘rsatib berilgan:

Download 9,12 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   232   233   234   235   236   237   238   239   ...   296




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish