Say d u lla m irzayev



Download 9,12 Mb.
Pdf ko'rish
bet17/296
Sana12.07.2022
Hajmi9,12 Mb.
#782854
1   ...   13   14   15   16   17   18   19   20   ...   296
Bog'liq
xx asr o\'zbek adabiyoti. mirzayev s

Gilam qizil,
Ranglar so ‘lg 'in, qahrabo,
О ‘z qoni-la to ‘qisharmi, ajabo!
Ikkisidan biri shilpiq, biri sil,
Basma-basga yo ‘talishar muttasil.
45


Bu davrda eskilik sarqitlariga, jamiyat taraqqiyotiga g‘ov 
b o ‘lgan illa tla rg a q arsh i k u ra sh m avzusi ham sh o irla r 
diqqatidan chetda qolmadi. Bu borada shoirlarimiz hajviyat 
im koniyatlaridan unumli foydalandilar. O qibatda satirik va 
yumoristik she’riyat ancha rivojlandi, xilma-xil satirik she’rlar, 
masallar, she’riy feletonlar, hajviy g‘azallar yozildi. Bu soha 
taraqqiyotiga G ‘.G'ulom , S. Abdulla, M. Boboyev, Habibiy, 
Uyg‘un, Charxiy kabi shoirlar o'z hissalarini qo'shdilar. Ular 
yangi mazmunni ifodalashda mumtoz she’riyat an ’analaridan 
barakali foydalandilar. Sobir Abdullaning «To‘n yangi, odat 
eski», «Erta keling», «Bir gap bo'lar-ketar deb», «Quruq gap 
quloqqa yoqmas», «Anqov rahbar, xushom adgo'y xo'jalik 
xodimi» singari she’rlarida xilma-xil tekinxo'rlar, firibgarlar, 
anqovlar, amalparastlar, xotin-qizlarga no to'g'ri munosabatda 
bo'luvchilar satira qamchisi bilan savalangan.
Bu davrda Hamza va Elbekdan keyin m a’lum vaqtgacha 
e’tiborsiz qolgan masal janri qayta jonlandi. Bu sohada Sami 
A bd uq ah h o r, Y am in Q urbon, Olim Q o 'c h q o rb ek o v kabi 
masalchilar faollik ko'rsatdilar. Tarbiyaviy jihatdan ahamiyatli 
b o 'lg a n q iziq arli m a sallar yozdilar va «M asallar» 
(S. Abduqahhor), «Qiziq hangomalar» (Ya. Qurbon), «She’r va 
masallar» (O. Qo'chqorbekov) singari to'plamlar nashr ettirdilar. 
Sami Abduqahhorning «Rahbar Xo'roz» masalida qobiliyatli 
kadrlami bo‘lmag‘ur bahonalar bilan ishdan bo'shatib, ularning 
o'rniga o'z yaqinlarini ishga oluvchi boshliqlar ustalik bilan fosh 
etilgan. Masalda tasvir etilishicha, rahbar X o'roz ansambldan 
Bulbul, Sa’va, Mayna kabi xushovoz, sayroqi qushlarni haydab, 
ularning o'rniga Tovuq va Jo'jalarni ishga olgan:
Ко ‘p kamchilik topdi hammadan Xo ‘roz,
Sa ’va sayrar emish bir xil ohangda,
Bulbulning yoqmadi sayrashi tongda.
Mayna kuy о 'rniga chalarmish hushtak,
To'rg'ay-chi? Atigi kelarmish mushtak.
Qisqasi, bu davrda hajviyat ancha o'sdi, uning rang-barang 
n am u n alari y a ra tilib , sh e’riy a td a ja n rla r xilm a-xilligiga 
erishildi.
46


Bu davr she’riyatidagi yana bir yangilik shu boMdiki, turkutn 
she’rlar yozish yaxshi bir an ’anaga aylantirildi. Mirtemirning 
« Q o ra q a lp o q d a fta ri» , M irm u h sin n in g «M eh m o nlar», 
M. B oboyevning «E ro n o sm oni o stid a» sin g ari sh e ’riy 
turkum lari paydo b o ‘ldi. «M ehm onlar» va «Eron osmoni 
ostida» turkum larida chet elliklarning hayoti, kurashi, orzu- 
ista k la ri, o ‘y -x ay o llari, ichki k ech in m alari ta sv irla n d i. 
Shuningdek, chet ellik порок shaxslarning razil kirdikorlari 
fosh etildi.
1945-1956-yillarda o ‘zbek dostonchiligida ham muayyan 
yutu q larg a erishildi. D ostonchiligim izning m avzu doirasi 
zamonaviy mavzular hisobiga kengaydi. A. Muxtorning «Katta 
yo‘lda», M irmuhsinning «Yashil qishloq», M. Boboyevning 
«Bog‘bon», Shukrulloning «Chollar» do sto n larid a o ‘zbek 
dehqonlarining hayoti, bunyodkorlik m ehnati tasvirlandi. 
Mirzacho'lga ko‘chib kelib, yangi qishloq yaratgan sobiq jangchi 
Umrzoq («Yashil qishloq»), jamoa xo‘jaligini rivojlantirish yo‘lida 
halol mehnat qilib, xalq boyligiga boylik qo‘shayotgan Arslonqul 
(«Katta yo‘lda») kabi zamondoshlar obrazlari yaratildi. «Qadrdon 
d o ‘stlar» (R. Bobojon), «Rossiya» (S hukrullo), « D o 'stlik
qo‘shig‘i» (D. Fayziy) dostonlarida esa xalqlar o ‘rtasidagi do‘stlik, 
m a’naviy-siyosiy birlik tarannum etildi. Xalqlar d o ‘stligi va 
birodarligining asl mohiyati va kuch-qudrati hayotiy voqea va 
jonli obrazlar vositasida ochib berildi. Oybekning «Zafar va 
Zahro», «Haqgo‘ylar» dostonlarida chet elliklar hayoti, ozodlik 
va tinchlik yo‘lidagi kurashi o ‘z aksini topdi.
Shuningdek, O ybekning «Qizlar», U yg‘unning «Vafo», 
M irm uhsinning «U sta G ‘iyos», H. G 'u lo m n in g « G ‘alaba 
y o ‘lida», S. A kbariyning «F arzand» d ostonlarida ikkinchi 
jahon urushi davridagi voqea-hodisalar hikoya qilindi. Masalan, 
«Usta G ‘iyos» dostonida front ortidagi hayot tasvirlanib, keksa 
o ‘zbek dehqoni u sta G ‘iyosning yorqin obrazi y aratildi. 
Ilgarilari qishloq ustaxonasida ishlab nom chiqargan usta 
G ‘iyos urush boshlanib, yigitlar frontga ketgach, dalaga chiqib 
m eh n at qilishga q a ro r q iladi. U fa q a t o ‘zining bevosita 
vazifasini bajarish bilangina kifoyalanib qolmaydi, balki jam oa 
xo‘jaligining hamma ishlarida faol qatnashadi. A sarda usta
47


G ‘iyosning o ‘ziga xos x a ra k te ri — uning jo n k u y a rlig i, 
c h o ‘rtk e sa rlig i, so f v ijd o n lilig i, ja m o a m u lk in i k o ‘z 
qorachig‘iday asrashi, mehnatsevarligi yaqqol k o ‘rsatilgan. 
Asarning ishontirish quvvati, badiiy jozibadorligi kuchli.
Bu d av r dosto nch iligid a tarix iy shaxslarning ijtim oiy 
faoliyatini tasvirlashga ham intilishlar b o ‘ldi. Oybekning 
«Hamza», M irmuhsinning «Abdulla Nabiyev» dostonlarida 
yaqin o ‘tmishdagi voqealar badiiy b o ‘yoqlarda aks ettirilgan. 
Tarixiy shaxs obrazlari yaratilgan.
Shunday qilib, bu davr she’riyati o ‘z m avzu doirasini 
kengaytirish, realistik obrazlar yaratish, hayot haqiqatini badiiy 
haqiqatga aylantirish yo‘lidan bordi. Biroq bu yillarda she’riyat, 
xususan, dostonchilik sotsrealizm iskanjasidan ko‘p chetga chiqa 
olmadi. Davr voqeligini aksariyat hollarda asossiz maqtash, 
ideallashtirib tasvirlashdek zararli tam oyildan ozod b o ‘la 
olmadi.
NASR
Bu d av rd a n asr ta ra q q iy o tid a ham b ir qancha ijobiy 
ta jrib a la r k o ‘zga ta sh la n d i. Bu y illa rd a Said A hm ad, 
A. M u x to r, H. N az ir, R a h m a t F ayziy, O. Y oq ub ov , 
P. Q odirov, S. A norboyev, S. Z unnunova, Yo. Shukurov,
I. R ahim , S h uhrat, M. Q oriyev singari n o sirlar ad ab iy o t 
maydoniga kirib kelishi nasriy asarlarning soniga ham, sifatiga 
ham ijobiy ta ’sir k o ‘rsatdi. N asrning hayotga yaqinlashish 
tamoyili kuchaydi. Zam ondoshlarim iz hayoti tasviri asosiy 
o ‘rinni egallay boshladi. Uning barcha janrlarida muayyan 
o ‘sish-o‘zgarishlar yuz berdi. Bu hoi, birinchi navbatda, ocherk 
va hikoya singari hozirjavob janrlarda ochiq namoyon bo‘ldi.
Bu davrda yaratilgan badiiy ocherklarni mavzu e’tibori bilan 
ikki katta guruhga ajratib o ‘rganish mumkin. Birinchi guruhga 
hozirgi voqelik va zam o n d o sh -y urtdo sh larim iz haqidagi 
ocherklar kirsa, ikkinchi guruhga chet el mavzusiga bag* ishlab 
yozilgan ocherklar kiradi.
Ocherkchilikda ixtisoslashish, muammoli ocherklar yaratish 
an ’anasi ancha o ‘sdi. A. M uxtor ocherklarida sanoat kishilari,
48


S. Anorboyev ocherklarida chorvadorlar hayoti, A. Qahhor, 
Y. S h am sh aro v , N . S afaro v , H . N azir, H ab ib N u ’m on 
ocherklarida paxtakorlarning sertashvish hayoti, fidokorona 
m eh n ati k o ‘p ro q q alam g a o lind i. A. Q ah h o rn in g « S o‘z 
G 'a n ish erg a » , « M irzach o ‘lda kuz» o ch erk larid a azam at 
cho‘lquvarlarning, dongdor paxtakorlarning jonli obrazlari 
m ahorat bilan tasvirlandi.
Oybek «P okiston taassu ro tlari» , H. G 'u lo m «Y evropa 
taassurotlari», A. M uxtor «Yevropa safari», I. Rahim «Xitoy 
xotiralari» kabi ocherklarida Yevropa va Osiyodagi bir qancha 
m am lakatlar xalqlarining turm ush tarzi, m adaniyati, urf- 
o d atlari, ozodlik va tinchlik y o ‘lidagi kurashlarini badiiy 
ifodalab berdilar.
H ikoya ja n rid a ham bir qancha yangiliklar yuz berdi. 
«Y illar» (A. Q a h h o r), « H ik o y alar» (O ydin), « H ay o tg a 
ch aq iriq » (A. M u x to r), « H ik o y alar» (S. A no rb o y ev ), 
«Hikoyalar» (S. Zunnunova), «Hikoyalar» (P. Qodirov), «Ikki 
m uh ab bat» (O. Y oqubov), «O dam ning qadri» (H. N azir) 
sin g ari t o ‘p la m la rd a n jo y olgan k o ‘p a s a rla r bu davr 
hikoyachiligining mahsulidir. Bu hikoyalar dastavval mavzu 
doirasining xilma-xilligi bilan diqqatni o ‘ziga jalb etadi. Ularda 
paxtakorlar, chorvadorlar, ishchilar, ziyolilar, cho‘lquvarlar 
hayotiga oid tipik lavhalar chizilgan. Zamondoshlarimizning 
jonli obrazlari yaratilgan. Shu bilan birga, hayotda va kishilar 
ongida uchrovchi ayrim illatla r fosh etilgan. C hunonchi, 
Rahm at Fayziyning oilaviy hayot va axloq-odob mavzusida 
yozilgan «Yodgor» hikoyasini eslaylik.
H ikoyada tasvirlanishicha, zavod m uhandisi Z uhurjon 
rafiqasi M a’sumaxon bilan Tohir-Zuhrolardek shirin-shakar 
yashaydi. Lekin Zuhurjonning peshonasiga bu baxt, bu totli 
hayot sig‘maydi. M a’sumaxon ko‘zi yorigach, tezda vafot etadi. 
0 ‘g ‘ilga Y o d g o r deb ism q o ‘y ad ilar. M a ’sum axo n n in g
dugonasi, m aktab o ‘qituvchisi Zarofatxon Zuhurjonga tegib 
olish m a q sad id a Y o dg org a g ‘a m x o ‘rlik q ila bo sh laydi. 
Zuhurjon Yodgorning tarbiyasini o ‘ylab, Zarofatga uylanadi. 
Ana shundan so‘ng Zarofat asta-sekinlik bilan o ‘z «hunar»ini 
ko‘rsata boshlaydi. U Yodgorga o ‘gaylik qilib, bolani xo‘rlaydi,
49


azoblaydi. Uni uradi, ovqat bermay qamab qo'yadi... Hikoyada 
Zuhurjon, Zarofat, Yodgor obrazlari vositasida axloq-odob, 
bola tarbiyasi va oila haqida muhim fikrlar obrazli tarzda 
ifodalangan. Hikoyada Zuhurjonning vazminligi, bolajonligi 
ulug‘lanib, Zarofatning usti yaltiroq, ichi qaltiroq axloqi fosh 
etilgan. Adib obrazlar xarakterini ochishda ruhiyat tahlilidan 
mohirlik bilan foydalangan.
T o ‘g‘ri, bu davrda yaratilgan hikoyalarning ayrim larida 
badiiy m ahorat yetishmaydi. Ba’zi hikoyalarda bir xillik, badiiy 
qolipbozlik alomatlari uchrab turardi. Hayot haqiqatini yuzaki, 
bir tomonlama aks ettirish hollari ko‘zga tashlanardi.
Roman va qissa janrlari bu davr nasrida salmoqli o ‘rin tutadi. 
S. A yniyning «E sdaliklar», A. Q ahhorning «Q o‘shchinor 
chiroqlari», P. Tursunning « 0 ‘qituvchi», A. Muxtorning «Opa- 
singillar», Oybekning «Oltin vodiydan shabadalar» singari 
rom anlari shu davrda paydo b o ‘ldi. Bu asarlard a XX asr 
voq elig in ing tu rli m a n z a ra la ri y o ritilg a n . M asalan , 
« 0 ‘qituvchi» (1951) romanida 0 ‘zbekistonda yangi tipdagi xalq 
ziyolilarining shakllanish tarix i tasv irlan ad i. U n d a bosh 
qahram on Elm urodning 1910-1930-yillardagi hayoti, ziyoli 
sifatidagi faoliyati misolida o ‘zbek xalqining o ‘sha davrdagi 
qismati k o ‘rsatiladi.
« 0 ‘qituvchi» rom anida avtobiografik m ateriallar k o ‘p 
q o ‘llanilgan. Bu haqda Parda Tursun: «Romanning mavzui 
o ‘zim b ilan b irg a o ‘sa b o rd i. R o m a n d a ta sv irla n g a n
narsalarning to ‘qson foizini men o ‘z ko‘zim bilan k o ‘rganman 
va ularda qatnashganman», — deb yozgan edi. « 0 ‘qituvchi» 
romani bir necha yillar davomida yozildi. Parda Tursun avval 
«H aq y o ‘l» va « 0 ‘qituvchining y o ‘li» qissalarini yaratdi. 
Keyinchalik ularni qaytadan jiddiy ishlab birlashtirdi, yangi 
voqea va yangi obrazlar bilan boyitdi. Shu tariqa « 0 ‘qituvchi» 
romani paydo b o ‘ldi.
Bu rom an «Yetimlik», «Baxt», «Qishloqda», «Haq yo‘l» 
deb nomlangan to ‘rt qismdan iborat. U kompozitsion jihatdan 
bir butun, yaxlit. Roman voqealari bir-biri bilan uzviy bog‘lanib 
ketgan. Rom an sujeti m am lakatda zulm va adolatsizlikning 
kuchayishi, dehqonlarning qashshoqlashishi, yangi tipdagi
50


ziyolilarning shakllanishi, xotin-qizlar ozodligi uchun kurash, 
qishloqlarda jam o a x o ‘jaliklarining tark ib topishi singari 
masalalarni o ‘z ichiga qamrab oladi.
Davrning ijtimoiy masalalari bosh qahramon Elmurodning 
hayot yo‘li va u boshidan kechirgan voqealar bilan chambarchas 
bog‘lab yoritilgan. Roman — sujet va kompozitsiya, til va tasvir 
aniqligi jih a tid a n ham ancha puxta. B iroq « 0 ‘qituvchi» 
rom anida zam onasozlikka borib, davr voqeligini ortiqcha 
maqtashga yo‘l qo‘yilgan.
«Oltin vodiydan shabadalar» (Oybek), «Hayot buloqlari» 
(I. Rahim), «C ho'lga bahor keldi» (R. Fayziy), «G ‘oliblar» 
(Sh. Rashidov), «Q adrdon dalalar» (S. Ahmad), «D aryolar 
tu ta s h g a n jo y d a » (A. M u x to r), «Jam ila» (M irm u h sin ), 
« K o ‘k o ro l c h iro q la ri» (H. N azir), «Y angi d ire k to r»
(S. Z unnunova), «Oqsoy» (S. A norboyev), «Tengdoshlar» 
(O. Yoqubov), «Kichik garnizon» (M. M uhamedov) singari 
rom an va qissalar zamonaviy m avzularda bitilgan. U larda 
paxtachilik sohasida fidoyilik k o ‘rsatayotgan, cho‘llarga suv 
chiqarib, q o ‘riq va b o ‘z yerlarni o ‘zlashtirayotgan, xo‘jalik 
iq tiso d in i m u s ta h k a m la y o tg a n , yangi q ish lo q la r b arp o
etayotgan zam ondoshlar hayoti 0 ‘ktam va Kom ila («Oltin 
vodiydan shabadalar»), Yulduz va Muhiddin («Cho‘lga bahor 
keldi»), Oyqiz va O lim jon (« G ‘oliblar») singari o b razlar 
misolida ko‘rsatilgan. Bu obrazlar vositasida qishloq ahlining 
ibratli ishlari va fazilatlari umumlashtirib aks ettirilgan. Biroq 
zam onaviy m av zu lard a yozilgan rom an va q issalarn in g
k o ‘p ch ilig id a voqelik b o ‘y ab -b ejab , sxem atik ta rz d a
tasvirlangan. Natijada, hayot ko‘pincha yuzaki, bir tomonlama 
aks ettirild i. B undan ta sh q a ri, bu d avr ro m an ch ilig i va 
qissachiligining badiiy saviyasi, umuman olganda, yuksak emas 
edi. «H ayot buloqlari» (I. R ahim ), «Y ashil boylik» (Said 
Nazar), «Fasllar» (H. N u’mon), «Saodat» (J. Sharipov) singari 
badiiy jihatdan me’yoriga yetmagan asarlarda hayot yuzaki 
tasvirlangan edi.
Bunday nuqsonlardan q at’i nazar, mazkur davrda o ‘zbek 
nasri o ‘zining badiiy saviyasini oshirishga intilish yo ‘lidan 
bordi.
51



Download 9,12 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   13   14   15   16   17   18   19   20   ...   296




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish