Hasan Said.
Jangchining q o ‘shiqlari. — Т.: 0 ‘zdavnashr, 1942, 2-bet.
39
she’riy xatlar orasida Hamid Olimjon, Uyg‘un, M irtemir va
Sulton Jo‘raning asarlari alohida ajralib turadi.
NASR
Urush yillarida o ‘zbek nasri ham davr talablariga mos holda
o ‘sdi. Bu davr o ‘zbek nasrida kichik hajmli hozirjavob janrlar
yetakchilik qildi. F ro nt bilan front orqasining m ustahkam
aloqasini, yurtdoshlarim izning fashizmga cheksiz nafratini,
V atanga m u h ab b atin i aks ettirish d a H . O lim jon, Oybek,
S. Ayniy, G ‘. G ‘ulom , K. Y ashin, M. Shayxzoda singari
yozuvchilarimiz jangovar publitsistika janri imkoniyatlaridan
unum li foydalandilar va bu ja n rn in g yetuk nam unalarini
y aratd ila r. H. O lim jonning «M en o ‘zbek xalqi nom idan
s o ‘zlaym an», « D o ‘stligim iz h aq id a » , G ‘. G ‘u lo m n in g
«Onalar», «M omoi gisu naburida», S. Ayniyning «Y arador
yirtqichning jon talvasasi», «Ona Vatan», Oybekning «Falaba
bahori» kabi asarlari shular jumlasidandir.
« 0 ‘zbek xalqining jangchilariga ularning el-yurtlaridan
maktub» (1942, mualliflar jamoasi) nomli asar urush yillaridagi
o ‘zbek pviblitsistikasining ajoyib namunalaridan hisoblanadi.
U n d a bu u ru sh n in g asl m o h iy ati, o ‘zbek xalq in in g
vatanparvarligi, do ‘stga sodiqligi va boshqa ezgu m a’naviy
sifatlari ta ’sirli qilib ochib berilgan.
Bu davr o ‘zbek n asrid a q ah ram o n ask arla rn in g jo n li
o b ra z la ri g a v d a la n tirilg a n o ch erk la r ham y a ra tild i. Bu
ocherklarning b a ’zilari «Sakkiz botir» va «Mardlik qissalari»
t o ‘p lam larig a k iritilg an b o ‘lsa, k o ‘p la ri v aq tli m a tb u o t
sahifalarida, xususan «Front haqiqati», «Vatan sharafi uchun»,
«Qizil askar haqiqati», «Bong», «Sovet jangchisi» kabi o ‘zbek
tilida nashr etilgan front gazetalarida (bunday gazetalarning
soni o ‘n oltita) bosilgan.
Oybek, H. Olimjon, N. Safarov, I. Rahim , Z. Fatxullin,
Nazarmat, M umtoz Muhamedov ocherklarida k o ‘proq front
voqealari, o ‘zbek jangchilarining qahramonliklari aniq dalillar
asosida hikoya qilingan bo‘lsa, S. Ayniy, G ‘. G ‘ulom, Oydin,
K. Y ashin, Zulfiya, P. T ursun, Z afar D iyor, Said N azar
40
ocherklarida esa front orqasidagi mehnat qahramonlarining jonli
obrazlari chizilgan. M asalan, Oybekning «Fidokor qizlar»,
G ‘. G ‘ulomning «Eri bilan bahs boylashgan xotin», Oydinning
«Shiringa maktub», P. Tursunning «Oq oltin», Said Ahmadning
«Farhod ostonalarida», Oydin va Zulfiyaning «Vatan uchun jon
fido» kabi ocherklarida xalqimizning front orqasidagi, xususan,
Farhod GES qurilishi va paxta dalalaridagi fidokorona mehnatlari
ko‘tarinki ruhda aks ettirilgan. Vatanparvar kishilaming, ayniqsa,
fidoyi xotin-qizlarning va dono cholu kampirlaming jonli obrazlari
yaratilgan. Frontga ketgan erkaklar o ‘mida ham mardona mehnat
qilgan paxtakor qizlar («Fidokor qizlar»), mehnatda eri Boltaboy
bilan kim o‘zarga musobaqa o ‘ynagan Inoyatxon («Eri bilan bahs
boylashgan xotin»), Farhod GES qurilishida afsonaviy qahramon
Farhodday mehnat qilgan Norbobo («Shiringa maktub») kabi
obrazlar ana shundan dalolat beradi.
Urush yillarida hikoya janrida, ayniqsa, A. Qahhor va Oydin
barakali ijod qildi. A. Qahhoming «Asrorbobo», «Xotinlar»,
«Botirali», Oydinning «Umr sovg‘asi», «Asl yor», «Iroda», «Er
yurak» kabi hikoyalarida urush yillaridagi hayot lavhalari
yorqin chizilgan. Oydinning «Qizlarjon» (1943), «Shirin keldi»
(1944) to ‘plamlariga kirgan hikoyalar kitobxonlarga estetik
zavq berish bilan birga, ularning ruhini k o ‘tarishga, g‘alabaga
ishonchini orttirishga ham xizmat qilgan.
U rush davrida qissa ja n rid a A bdulla Q ahhor sam arali
mehnat qildi. U «D ardaqdan chiqqan qahram on» va «Oltin
yulduz» qissalarida o'zbek jangchilarning fashistlarga qarshi
ayovsiz kurashini tasvirlab, o'zbek xalqi orasidan yetishib
chiqqan urush qahramonlar. Qo'chqor Turdiyev va Ahmadjon
Shukurov obrazlarini yaratib berdi. Yozuvchining iste’dodi
shunda ediki, boshqa asarlardagi kabi u qahram onlarning
urushdagi sarguzashtlarinigina emas, balki ko'ngil holatlarini,
ruhiy dunyolarini aks ettirishga alohida e’tibor qaratdi.
U rush dav rid a o ‘zbek ad ab iy o tid a fa q a t b itta rom an
y ara tild i: O ybekning «N avoiy» (1944) ro m an i o ‘zbek
a d a b iy o tin in g u ru sh y illarid a q o ‘lga k iritg a n u lkan
muvaffaqiyati bo‘ldi va u jahon adabiyotining oltin xazinasidan
mustahkam joy oldi.
41
Biroq urush davrida о ‘zbek nasri qanchalik yutuqlarga
erishgan bo ‘lmasin, baribir, she’riyat singari faollik ko‘rsata
olmadi. Bu hoi qisman ja n r xususiyatlari bilan izohlanadi.
Chunki nasr nazmga qaraganda og‘irkarvon bo'lib, hodisalar
bilan baravar yurish imkoniga ega emas edi.
DRAMATURGIYA
Drama adabiy turlar orasida odamlarga bevosita va kuchli
ta ’sir k o ‘rsata olish imkoniyatiga egaligi bilan ajralib turadi.
U rush davrida xalqni dushmanga qarshi otlantirishda, yosh
avlodni qahramonlik, vatanparvarlik ruhida tarbiyalashda sahna
asarlarining ahamiyati nechog‘lik kattaligi yana bir bor sezildi.
Bu davrda teatrlar sahnasidan xalqning urush yillaridagi hayoti,
uning fashizmga qarshi mardona kurashi aks etgan pyesalar keng
o ‘rin oldi. « 0 ‘zbekiston qilichi» (N. Pogodin, H. Olimjon,
Uyg‘un, S. Abdulla), «Davron ota» (K. Yashin, S. Abdulla,
U y g ‘un, C hustiy), « 0 ‘lim bo sq in chilarg a» , «O ftobxon»
(K. Yashin), «Qasos» (Tuyg‘un, Amin Umariy), «Ota rozi»
(Hamid (7‘ulom), «Sinov kunlarida» (Z. Fatxullin), «Qo‘chqor
Turdiyev», «Azim pushka» (Sobir Abdulla), «Qurbon Umarov»
(S. Abdulla, Chustiy), «Ona» (Mirtemir, V. Smirnov) singari
sahna asarlari shu davming mevasidir. Bu pyesalar zamon talabiga
ko‘ra juda tezkorlik bilan yozilgan. Binobarin, ularning ayrimlari
turli badiiy kamchiliklardan xoli emas.
U muman olganda, dram aturgiya urush davri talablariga
javob bera oldi. Masalan, « 0 ‘zbekiston qilichi» (1941) musiqali
dramasini olaylik, unda davrning jangovar ruhi haqqoniy aks
etgan. Dramada front va front orqasining uzviy birligi, o ‘zbek
xalqining jangovar hayoti, mardligi, vatanga sodiqligi obrazli
qilib ifodalangan. Dramaning bosh qahramoni — о ‘zbek yigiti
leytenant Arslon. U armiya safida namunali xizmat qilgan.
0 ‘zbek otliq diviziyasi tuzish uchun 0 ‘zbekistonga keladi.
Jonkuyarlik k o ‘rsatib, diviziya tashkil etadi va otliqlar bilan
urushga ketib, jangda jasorat ko‘rsatadi. Asarda dushmanga
dahshat solgan o ‘zbek otliq diviziyasining qilichboz askarlari
o ‘tkir qilichga qiyos qilingan.
42
Bu davr o ‘zbek dramaturglari o'tm ish mavzularidan ham
unumli foydalandilar. N atijada, «M uqanna» (H. Olimjon),
«Alisher Navoiy» (Uyg‘un va I. Sulton), «Mahmud Tarobiy»
(Oybek), «Jaloliddin Manguberdi» (M. Shayxzoda) kabi yirik
ta rix iy d ra m a la r d u n y o g a keldi. Bu p y e sa la rd a ta rix
materiallaridan, o ‘tmish qahramonlik a n ’analaridan mohirona
fo y d ala n ib , ik k in ch i ja h o n u ru sh i d av ri u ch u n m uhim
ahamiyatga ega b o ‘lgan g‘oyalar olg‘a surildi. Ajdodlarning
vatanparvarlik, qahramonlik, insonparvarlik xislatlaridan ibrat
olishga chaqirildi. Biroq bu pyesalarning ayrimlarida b a’zan
tarixiy haqiqatdan chekinilgan, o ‘tmish bugunning manfaatiga
moslangan o ‘rinlar uchraydi.
Xullas, ikkinchi jahon urushi yillarida she’riyat va nasr
singari d ram a tu rg iy a ham o ‘z ta ra q q iy o tin in g m uayyan
bosqichini o ‘tadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |