Say d u lla m irzayev



Download 9,12 Mb.
Pdf ko'rish
bet12/296
Sana12.07.2022
Hajmi9,12 Mb.
#782854
1   ...   8   9   10   11   12   13   14   15   ...   296
Bog'liq
xx asr o\'zbek adabiyoti. mirzayev s

IKKINCHI BOB
40-50-YILLARDAGI 0 ‘ZBEK ADABIYOTI
IKKINCHI JAHON URUSHI YILLARIDAGI
0 ‘ZBEK ADABIYOTI (1941-1945)
DA VRNING QISQA СНА ТА VS1F1
1941-yil 22-iyunda fashistlar Germaniyasi hujum qilmaslik 
to ‘g‘risida tuzilgan shartnomani buzib, SSSRga qarshi urush 
boshladi. Mamlakatdagi barcha xalqlar fashist bosqinchilariga 
qarshi hayot-mamot urushiga otlandilar. Ular o‘zlarining butun 
kuch va imkoniyatlarini dushman ustidan g‘alaba qozonishga 
safarbar etdilar. Urush davrida mamlakat о ‘ziga xos bir ulkan 
harbiy lagerga aylandi. «Hamma narsa front uchun, hamma 
narsa g‘alaba uchun» shiori urush davri hayotining asosiy shiori 
b o ‘lib qoldi.
0 ‘zbek xalqi sobiq Ittifoqdagi barcha xalqlar qatori urush 
davrida o ‘z burchini sharaf bilan o ‘tadi. 1941-1945-yillarda 
0 ‘zbekistondan bir million 433 ming kishi frontga safarbar 
qilindi. Shulardan qariyb yarim millioni urushdan qaytmadi. 
0 ‘zbek xalqining farzandlari bosqinchi yovga qarshi mardlarcha 
jang qildilar. A na shuning uchun ham o ‘zbekistonliklardan 
170 ming soldat va ofitser orden va medallar bilan taqdirlandi. 
338 jangchi esa Sovet Ittifoqi qahram oni unvoniga sazovor 
b o ‘ldi. 0 ‘zbek xalqi fashizm u stid an qozonilgan tarixiy 
g‘alabaga katta hissa qo‘shdi.
33


Tarixda misli ko‘rilmagan bu urush adabiyot oldiga ham 
yangi, dolzarb vazifalar qo‘ydi. Bu davr har bir yozuvchining 
xalq va Vatan oldidagi vijdoniy burchini bajarishida qattiq 
sinov b o ‘ldi. M amlakatdagi barcha xalqlarning yozuvchilari 
dushmanga qarshi umumxalq kurashida faol ishtirok etdilar. 
Mingdan ziyod yozuvchi qo‘liga qurol olib, fashizmga qarshi 
janglarda bevosita ishtirok qildi, front gazetalarida ishladi. 
Harbiy muxbir sifatida o‘q yomg‘irlari ostida okopdan okopga 
o ‘tib, jangovar topshiriqlarni bajardi, askarlar ruhini ko‘tarib, 
ularni botirlarcha jang qilishga undadi.
Ik k in ch i ja h o n u ru sh id a o ‘zbek yozuvchilari m ardlik 
nam unalarini k o ‘rsatdilar. Bu urushda yuzlab yozuvchi va 
ad ab iy o tsh u n o slarn in g qoni to ‘kildi. S ulton J o ‘ra, Olim 
S h aro fid din ov , H asan Said singari is te ’d o dli ijo d k o rla r 
fashizmga qarshi jangda halok b o ‘ldilar. Bu yozuvchilar o ‘z 
hayotlari evaziga minglab begunoh kishilarning hayotini saqlab 
qoldilar. Taniqli o'zbek shoiri Sulton J o ‘raning komandiri 
marhumning oilasiga frontdan quyidagicha xat jo ‘natgan:
«Hurmatli о ‘rtoq Jo ‘rayeva!
Sizning turmush yo ‘Idoshingiz, gvardiyachi jangchi Sulton
Jo ‘rayev insoniyatning ashaddiy dushmanlari— nemis bosqinchilari
bilan olib borilgan jangda kurashib, 1943-yil 14-noyabrda Gomel
oblasti, Losevsk rayon, Borshevka qishlog

yaqinida mardlarcha
haloq b o ‘Idi.
Hurmatli о ‘rtoq Jo ‘rayeva!
Siz sevimli Vatan oldida о ‘zining ulug ‘ burchini sharaf bilan
bajargan turmush yo ‘Idoshingiz bilan faxrlansangiz arziydi. U
muqaddas urush tarixiga kiradi va kelgusi nasllar uni fa x r bilan
tilga oladilar...
Turmush o 'rto g 'in g izg a berilgan hukum at m u ko fo tin i
V atanim izning m ustaqilligi uchun o 'z qonini to 'k k a n
о ‘rtog 'ingizning xotirasi va fa x ri deb saqlab qo 'ying...
Sizga hurmat bilan gvardiyapolkovnigi X. I. Aliyev.
Harakatdagi armiya, 15260 dala pochtasi,
10-may 1944-yil».
34


Bu davrda o ‘zbek yozuvchilari ikki frontda jang qildilar. 
Ulardan bir qismi bevosita jang maydonida, ikkinchi qismi esa 
m ehnat m aydonida dushm anga qarshi m ardona kurashdi. 
Sulton Jo ‘ra, Olim Sharofiddinov, Hasan Said, Nazir Safarov, 
Ibrohim Rahim, Sharof Rashidov, Ilyos Muslim, Parda Tursun, 
Zinnat Fatxullin, M amarasul Boboyev, Mirzakalon Ismoiliy, 
Mumtoz Muhamedov, N azarm at, Adham Rahm at, Shuhrat, 
Sunnatulla Anorboyev, Jumaniyoz Sharipov, Sulton Akbariy
Bahrom R ahm onov, A dham H am dam ov, Y ong‘in M irzo, 
Zohidjon Obidov, T o‘g‘on Ernazarov, Dushan Fayziy, Odil 
Yoqubov, Ulug‘ Rahim, Rahimjon Sattorov singari ellik nafar 
o ‘zbek shoir-yozuvchilari to ‘g ‘ridan-to‘g ‘ri janglarda ishtirok 
etishdi. U lar goh jan govar qurol, goh o ‘tk ir qalam bilan 
bosqinchi yovga qarshi jang qildi11.
Ikkinchi jahon urushi badiiy adabiyotning mavzu doirasi 
va g‘oyaviy mundarajasiga katta o ‘zgarishlar kiritdi. Natijada, 
adabiyotimizda Vatan mudofaasi bilan bevosita bog‘liq bo'lgan 
vatanparvarlik, qahramonlik, do‘stlik mavzulari asosiy o‘rinni 
egalladi. A garda 30-yillarda о ‘zbek adabiyotida tinch hayot 
va halol mehnat masalasi asosiy mavzuni tashkil etgan bo‘lsa, 
urush davriga kelib, adabiyotning asosiy mavzusi vatanparvarlik 
va qahram onlikdan ib o rat b o ‘ldi. Bu davrda yozuvchilar 
xalqning yovuz dushmanga qarshi olib borgan kurashini va 
front ortidagi fidokorona mehnatini tasvirlash orqali xalqning 
ulug'vor yaratuvchilik kuchini namoyish qildilar.
Urush yillarida 0 ‘zbekistonda harbiy-mudofaa mavzularida 
« 0 ‘lim yovga», «Vatan uchun» (1941), «Mard o ‘g‘il» (1942), 
« 0 ‘zbeklar», «Vatan jonbozlariga», « 0 ‘zbekiston bahodirlari», 
«Qasam» (1944) singari adabiy-badiiy to ‘plamlar nashr etildi. 
Bu to ‘plam larda o ‘zbek yozuvchilari bilan birga A. Tolstoy 
(«Fidokorlik»), I. Erenburg ( « 0 ‘zbeklar»), V. Vasilevskaya 
(« Isteh k o m n i zab t etgan q a h ram o n » ), L. P ervom ayskiy 
(«Qardoshlik»), YEfim D orosh («Farg'onaning qora kuni»), 
K. C h u k o v skiy («X alqim iz d o ‘stla ri» ), V. L ugovskoy 
(« 0 ‘zbekiston») singari rus, ukrain, belorus yozuvchilari ham 
o ‘z asarlari bilan qatnashdilar.
11 

Download 9,12 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   8   9   10   11   12   13   14   15   ...   296




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish