DRAMA TVRGIYA
Ikkinchi jahon urushidan keyingi dastlabki yillarda o ‘zbek
dramaturgiyasining hayot bilan aloqasi ancha mustahkamlandi.
Zam ondoshlar obrazini yaratishga qiziqish ortdi. N atijada,
hozirgi zamon mavzularida qator sahna asarlari vujudga keldi.
T o ‘g‘ri, bu davrda uzoq va yaqin o ‘tmish m avzulari ham
d ra m a tu rg la r d iq q a tid a n ch etd a q olm adi. «R av shan va
Zulxumor» (K. Yashin), «Alpomish», «Muqimiy» (S. Abdulla),
«Aziz va Sanam» (A. Bobojon), «Qiz qal’asi» (Said Nazar) kabi
sahna asarlari yaratilib, ularda xalqning hayoti, orzu-umidlari,
y u rt o ‘g ‘lo n larin in g bo sq in ch i y o v larg a q arsh i k u rash i
ko'rsatildi.
D ram aturgiyada folklor m ateriallari va xalq dostonlari
sujetiga ham m urojaat qilindi. Xalq og‘zaki ijodida mavjud
b o ‘lgan sujetlardan foydalanib, «R avshan va Zulxum or»,
«A lpom ish» sin g ari q iz iq arli p y e sa la r y a ra tild i. S obir
A bdullaning o ‘zbek xalq og‘zaki ijodi m ateriallari asosida
yozilgan «Alpomish» dram asi rom antik qahram onliklarga,
hayotiy voqealarga va yorqin obrazlarga boy. Muallif folklor
materiallariga ijodiy munosabatda bo‘lib, dostondagi barmoq
vaznda yaratilgan she’riy parcha va qo‘shiqlarni aruzda yozilgan
q o ‘shiq va ariyalar bilan almashtirgan. «Alpomish» musiqali
d ram a si v afo d o rlik , sevgiga so d iq lik , v a ta n p a rv a rlik ,
q ah ra m o n lik va d o 's tlik n i u lu g 'lo v c h i a sa r sifa tid a
tomoshabinlarga manzur bo‘ldi.
Bu davrda xalqning O ktabr to ‘ntarishi (1917) arafasidagi
m urakkab hayotini va ozodlik yo‘lida olib borgan kurashini
aks ettiruvchi sahna asarlari ham yaratildi. Shulardan Nazir
Safarovning «Sharq tongi» dramasida 1917-yil fevralidan so‘ng
Toshkentda yuz bergan voqealar, inqilobiy vaziyat va uning
kun sayin keskinlashishi ko‘rsatilgan. Asar sujeti keskin kurash
va dram atik kolliziyalar zam inida rivojlana boradi. Voqea
inqilobiy harakatning Toshkentdagi g‘alabasini ko'rsatish bilan
tugaydi.
Bu davrda o ‘zbek dramaturgiyasida ikkinchi jahon urushi
mavzusini yorituvchi, xalqning fashistlarga qarshi kurashdagi
52
q ah ram o n lig in i, v a ta n p a rv a rlig in i tasv irlo v ch i « H ay o t
q o ‘sh ig ‘i» (U y g ‘un), « G en eral R ahim ov» (K . Y ashin),
«Onalar» (Ismoil Akram), «Zafar» (Umarjon Ismoiliy) kabi
pyesalar ham yuzaga keldi. Bu sahna asarlarida xalqlar d o ‘stligi,
insonparvarlik va vatanparvarlik g‘oyalari ta rg ‘ib qilingan,
qirg'inbarot urushlar qoralangan.
Shunisi xarakterliki, bu davr dramaturgiyasida asosiy e’tibor
zam ondoshlar hayoti va ijtim oiy turm ushini tasvirlashga
qaratildi. Zamonaviy mavzularda yaratilgan sahna asarlarining
aksariyatida qishloq xo‘jaligidagi barakali m ehnat, o ‘zbek
dehqonlarining paxtachilikni rivojlantirish, yangi yerlar ochish
sohasidagi faolligi, shuningdek, ularning hayotda mavjud
b o ig a n illatlarga qarshi kurashlari ancha keng tasvirlandi.
«Shohi s o ‘zana» (A. Q ahhor), «O ltin k o ‘l», «N avbahor»
(U y g ‘un), « M u h ab b at» (T u y g 'u n ), «C hin m u h a b b at»
(O. Yoqubov), «Hayot maktabi» (N. Safarov) kabi pyesalarda
bu xususiyat ochiq k o 'rin a d i. B ulardan, ayniqsa, «Shohi
so‘zana», «Oltin ko‘1», «Muhabbat» asarlari tomoshabinlarga
k o ‘p ro q m a n zu r b o 'ld i. T u y g ‘u n n in g « M u h ab b at»
komediyasida, xususan, frontga borib kelganligi bilan o'rinsiz
gerdayib, jam oa ishiga mensimay qarovchi Yetov obrazi jonli
va muvaffaqiyatli chiqqan.
Ziyolilar hayoti m avzusida yaratilgan «O g‘riq tishlar»
(A. Q a h h o r), « Y u rak sirlari» (B. R ah m o n ov ), « S o‘nggi
pushaymon» (Uyg‘un), «Farog‘at» (I. Akram), «Kechirilmas
gunohlar» (I. 0 ‘ktam ) kabi sahna asarlari ham e ’tiborga
loyiqdir. U larda asosiy mavzu bilan b o g liq holda hayotda
uchrovchi har xil illatlarga qarshi kurash, shuningdek, sevgi-
m uhabbat, axloq-odob m asalalari ham yoritildi. Xususan,
«Yurak sirlari» (1958) komediyasi tomoshabinlar tomonidan
qizg‘in kutib olindi. Unda k o ‘pchilikni qiziqtiradigan hayotiy
masalalar ko ‘tarilgan va haqqoniy hal qilingan. Pyesadagi bosh
obraz Surmaxon beibo, tannoz va satang shaxs sifatida mohirlik
bilan yaratilgan. Ilhom, Sattor, kampir, shofyor kabi obrazlar
ham a sa r g ‘oy asin i o ch ish d a, asosiy k o n flik tn i yuzaga
chiqarishda, dram atizm ni ku chaytirishda, kom ik va lirik
holatlarni jonlantirishda muhim rol o ‘ynagan.
53
K o m ed iy ad a ru h iy a t ta h lili m u v a ffa q iy a tli ch iq q an ;
psixologik tah lil s a n ’atid a n u sta lik bilan foydalanilgan.
Natijada, asosiy obrazlar xarakteri, ularning m a’naviy qiyofalari
— yurak sirlari yorqin ochilgan. Asarda personajlarning o ‘z-
o ‘zini fosh etish usulidan ham mohirona foydalanilgan. Ana
shuning uchun ham obrazlarning, xususan, Surmaxonning har
bir so‘zidan, har bir harakatidan uning ichki va tashqi dunyosi
b o ‘rtib ko'rinadi.
T o‘g‘ri, bu davrda «Shohi so‘zana», «Og‘riq tishlar», «Yurak
sirlari» kabi yetuk komediyalar bilan bir qatorda, «Hikmat»
(T u y g ‘u n ), «H ay o t m a k tab i» (N. S afarov ), «O n alar»
(I. Akram) kabi badiiy jihatdan b o ‘sh pyesalar ham yuzaga
keldi. R. Hamroyev va M. Melkumovning «Yorqin hayot»,
Sh. S a’dullaning «D alada bayram» pyesalari «konfliktsizlik
nazariya»si asosida yozilgan b o ‘lib, ularda o ‘sha yillardagi
qishloq hayoti bo‘yab-bezab, kam-ko‘stsiz va dabdabali qilib,
yuzaki k o ‘rsatilgan.
Umuman olganda, urushdan so‘nggi birinchi o ‘n yillikda
o ‘zbek adabiyoti ko‘p jihatdan olg‘a siljidi. Bu davrda nazm,
nasr va dramaturgiyada zamonaviy mavzularni aks ettirishga,
zamondoshlar obrazlarini ko‘rsatishga bag'ishlangan xilma-xil
asarlar, jumladan, yirik badiiy polotnolar yuzaga keldi.
0 ‘zbek adabiyoti 40-50-yillarda mamlakat hayotidagi jiddiy
qiyinchiliklarga, xususan, sotsialistik realizm va kommunistik
mafkura tazyiqlariga qaramay, haq so‘zni aytishga, o ‘z burchini
bajarishga harakat qildi. Yozuvchilarimiz k o ‘p hollarda realistik
badiiy asarlar yaratib, so‘z san’ati xazinasini boyitishga munosib
hissa qo‘shdilar.
U C H IN C H I
Do'stlaringiz bilan baham: |