114 A b d u lla Q a h h o r z a m o n d o s h la r i x o tir a s id a . — Т.: G ‘ . G ‘u lo m
nom idagi A dabiyot va sa n ’at nashriyoti, 1987, 260-bet.
398
0 ‘tkir Hoshimovning, ayniqsa, «Dunyoning ishlari» qissasi
go‘zal tili va badiiy jozibasi bilan alohida e’tirofga sazovor.
Uni zahmatkash, mehribon, kam tar, insonparvar, pokiza va
mushfiq o ‘zbek onalari sha’niga bitilgan samimiy doston deb
atash mumkin. Adabiyotda onalarchalik ko‘p ishlangan mavzu
bo im asa kerak. Ular haqida yangi gap aytish, o ‘quvchi bexabar
m a’lumotni topish, kitobxon qiziqishini uyg‘otish imkonsizday.
Biroq «Dunyoning ishlari» ularni aslo takrorlamaydi, tubdan
farq qiladi. Asar mazmun-mundarijasini hisobga olmaganda
ham, shaklining o ‘zi bilanoq badiiy yangilik yaratgan.
Qissa o ‘ttiz hikoyadan iborat. H ar bir hikoya tugal, mustaqil
mazmunga ega, ayni damda bir-biri bilan o'zaro bog'liq, biri
ikkinchisini to'ldiradi. Bosh qahramon ona obrazini ochishga
y o ‘naltirilgan hikoyalar shu tarzda birlashib, yaxlit sujet
chizig‘ini hosil qiladi. Bu yaxlitlik sun’iy, zo'rlab yasalmay,
balki tabiiy bo'lgani uchun hikoyalarning bittasini bo‘lsa ham
tashlab o ‘qigan kitobxon butun qissani tushunmasligi mumkin.
0 ‘tkir Hoshimov yaratgan Ona obrazi boshqalardan nimasi
bilan farqlanadi? Aytish mumkinki, mehri bilan. Ammo barcha
asarlarda aynan ona mehri tasvirlanadi, deyishingiz mumkin.
Darhaqiqat, shunday. Adib gavdalantirgan Ona o‘z mehri, qalb
q o ‘rini b o sh q alar kabi fa q at o ‘z bo lalariga emas, b utun
bolalarga, millati, yoshi, jinsidan qat’i nazar, har bir insonga
b axsh eta oladi. M ana shu x u su siy ati b ilan u yorqin,
takrorlanmas, original va suyumlidir. H ar qanday narsaning
m e’yoridan ortig‘i kishi k o ‘nglida shubha uyg'otadi. Ammo
«Dunyoning ishlari»dagi Onaning mehribonligi, bolajonligi,
donoligi, k am tarligi, barchaga yaxshilikni ravo k o ‘rishi
o ‘quvchiga g‘alati tuyulmaydi. Chunki bu tasvirlarda yozuvchi
kundalik turm ushdan olingan aniq dalil va m ateriallardan
ustalik bilan foydalangan.
«A ytilavergach, h ik m atning ham siyqasi chiqadi», —
deyishadi. Ammo 0 ‘tkir Hoshimov asari haqida bunday deya
olm aym iz. «D un yo nin g ish lari» qissasid ag i o ‘g ‘li uyga
kelguncha m ijja qoqm ay, b ed o r yu rg an ona tasv iri h ar
birimizning hayotimizda uchraydigan odatiy hoi. Ammo uning
tu g allan ish i — O naning tu sh id a chiroq k o ‘ta rib yurishi
399
hikoyaga butunlay o ‘zgacha ruh baxsh etgan. Qissadagi Ona
begona b o la larn i ham jo n -d ilid a n sevadi. U m eh n atd an
qochishni ju d a yom on k o ‘rad i. F a rro sh sifatid a k o ‘cha
supuradigan Ona bundan zavqlanadi. U halollikni, poklikni
ulug‘laydi, o ‘z elini juda-juda sevadi. Ona — bolasi hayotini
saqlab qolish uchun o ‘z jonidan kechishga ham tayyor. Bolasini
tabibga olib borish m obaynida oyog‘ini sovuqqa oldiradi,
ammo bundan xafa b o ‘lmaydi.
Ona hatto begona bolaning ham yig‘isiga befarq qarab
turolmaydi. Shu bois yosh onaga dashnom-tanbeh beradi. Ona
xiyonatni, xususan, « do‘stning d o ‘stga xiyonati»ni qattiq
qoralaydi. Lekin shunda ham o ‘g‘liga: «Bardoshli b o ‘l, sen
odam larga xiyonat qilma», — deb nasihat qiladi. Ona elga
tanilgan yozuvchi bolasi bilan suratga tushmoqchi b o ‘ladi. Bola
esa vaqti ziq ekanini bahona qilib, suratga tushishni paysalga
soladi va keyinchalik bu qilmishidan qattiq pushaymon bo‘ladi.
Yuqoridagiday misollarni «Dunyoning ishlari» qissasidan yana
va y an a k eltirish m um kin. C h u n k i, q issad ag i « K itob »,
«M ahallaning shayxi», «Toy», «Q anoat», «M ening Acha
xolam », «O ltin baldoq», « 0 ‘ris bolaning oyisi», «Iltijo»
sarlavhali novellalarda ham ona hayoti bilan bog‘liq bo‘lgan
voqealar ta’sirli va qiziqarli qilib tasvirlangan. Adib rang-barang
voqea va epizodlarni sinchkovlik bilan topib, ustalik bilan aks
ettiradi. Ulardan katta hayotiy xulosalar chiqaradi. Binobarin,
qissada inson va hayot haqidagi ibratli umumlashmalar, chuqur
falsafiy fikrlar ko‘p. Bu fikrlar bevosita ona obraziga bog‘liq
holda m ahorat bilan tasvirlab beriladi. Bunda yozuvchi ruhiyat
tasviri san’atidan, shuningdek, har bir detalni, har bir voqea
va fik rn i o b ra zli ta rz d a aso slash u su lid a n m o h iro n a
foydalangan.
0 ‘tkir Hoshimovning romannavislik faoliyati ham ibratli.
U «N ur borki, soya bor» (1979), «Ikki eshik orasi» (1986),
«Tushda kechgan umrlar» (1992) kabi yirik asarlarni yaratib,
rom anchiligim iz rivojiga m unosib hissa q o ‘shdi. Adib o ‘z
romanlarida hayotdagi nurli tomonlarni aks ettirish bilan birga,
soyalar (salbiy hodisa va nusxalar)ni ham ustalik bilan k o ‘rsatib
bergan. Binobarin, bu romanlar mavzuning yangiligi, hayotiy
400
voqea-hodisalarning yangicha talqini, xarakterlarning jonli va
yorqinligi, sujetning qiziqarliligi, uslubning ravonligi, tilning
obrazliligi bilan kitobxonlarga manzur b o ‘ldi.
Shunisi ib ra tlik i, 0 ‘tk ir H oshim ov o ‘z ro m an larid a
sotsrealizm talablariga zid holda hayotni hech qanday pardozsiz
tasvirlash yo‘lidan borib, jiddiy yutuqqa erishgan.
«Ikki eshik orasi» rom anida voqea Toshkent atrofidagi
qishloqlardan birida, asosan ikkinchi jahon urushi yillarida
bo‘lib o ‘tadi. Shu bilan birga, adib asarda o ‘rni-o‘rnida qishloq
kishilarining urushdan oldingi va urushdan keyingi hayotidan
ham hayajonli lavhalar chizadi. Shunday qilib, romanda kolxoz
qurilishi, urush va Toshkent zilzilasi bilan bog‘liq b o ig an qariyb
qirq yillik hayot qamrab olinadi.
0 ‘tkir Hoshimov mazkur asar sujeti va kompozitsiyasini
ishlashda mum toz adabiyot (masalan, N avoiyning «Sab’ai
sayyor» dostoni)da mavjud bo'lgan qoliplash san’atidan ijodiy
foydalangan. Roman voqeasi Robiya, Qora amma, Kimsan
Husanov, Muzaffar Shomurodov, Munavvar Aliyeva, R a ’no,
Umar zakunchi, Olimjon Komilov singari turli xarakter va turli
toifadagi to ‘qqiz obraz tilidan hikoyalar tizmasi shaklida
berilgan. Bu hikoyalar mazmunan o ‘zaro mahkam bog‘langan
b o ‘lib, bir-birini to ‘ldiradi. Shu tariqa ular rom anning bir
butun, tugal, original va jozibador sujetini hosil qiladi.
Adib kundalik hayot voqealarini, qishloq kishilarining
m e h n a tu
ta sh v ish la rin i,
x a tti-h a ra k a tla rin i,
o ‘zaro
m unosabatlarini ro ‘yirost tasvirlab, turli qism at va taqdir
sohiblari b o ‘lgan odam larning yorqin obrazlarini yaratadi.
E ’tiqodi m ustahkam , vijdoni pok, diyonati m ahkam O rif
oqsoqol, mard va dono ayol Qora amma, Husan duma, Komil
tabib, R obiya kabi odam larning insonparvarlik, halollik,
fidoyilik, m ehr-m uhabbat singari ajoyib fazilatlarini ehtiros
b ilan ta sv irla y d i. R o m a n q a h ra m o n la ri h a y o td a ne-ne
qiyinchilik, adolatsizlik, kulfatu zo ‘rlik k o ‘rgan, fojialarga
duch kelgan bo‘lmasinlar, baribir to ‘g‘ri yo‘ldan toymaydilar,
iymonlarini yo‘qotmaydilar, adolat va aql bilan ish tutadilar.
Chunki, bu kishilar qalbida nur bor, pok vijdon borligini
yozuvchi ta ’sirli va haqqoniy aks ettiradi. Shu orqali o ‘zbekka
401
xos b o ‘lgan milliy xarakter belgilarini m ahorat bilah ochib
beradi. Masalan, Orif oqsoqol ba’zi rahbarlarning adolatsizligi
tufayli kolxoz raisligidan nohaq b o ‘shatilganida ham, ikki
azamat o ‘g‘lining jangda halok bo‘Igani haqidagi shum xabarni
esh itg an id a ham sh o sh ib -d o v d ira b qo lm ayd i, ruh iy
tushkunlikka berilmaydi. Chin insonligini amalda namoyish
qiladi. Qora amma va Husan duma obrazlarida ham tantilik,
odamiylik, sabr-bardosh, m ehr-oqibat kuchli. Bular o'zlari
qiynalsalar-da, boshqalarga faqat yaxshilikni ravo ko‘radilar,
atrofidagilarga doimo beminnat xizmat qiladilar.
Romanda R a’no va Umar zakunchi obrazlari ham muhim
o‘rin tutadi. R a ’no obrazida frontga ketgan eri Shomurodga
vafosizlik qilib, yo‘ldan adashgan suluv kelinchakning og‘ir
qismati, pushaymoni va fojiasi g‘oyat ta ’sirli qilib ochib berilgan.
Umar zakunchi obrazida esa urush davrida kolxozda o ‘zi xon,
k o 'lan k a si sulton b o ‘lgan b a ’zi raislarning порок ishlari
mohirona fosh etilgan.
«Ikki eshik orasi» romanidagi asosiy obrazlargina emas, balki
Rashid abzi, Bashor opa, Oysara, Samadov singari epizodlik
obrazlar ham kitobxon yodida uzoq vaqt saqlanib qoladi.
Chunki asarda sun’iylik yo‘q. Aksincha, ishontirish san’ati
kuchli. Adib qaltis, m urakkab masalalarni ham favqulodda
topqirlik bilan ishonarli qilib tasvirlaydi. Qora ammaning o ‘z
o ‘g‘li Kimsanning sevgilisi Robiyani Shomurodga to ‘y qilib
uzatishi, Orif (jqsoqolning yoshlik qilib y oidan ozgan kelinini
birovga nikohliashi, qismatlari chalkashib ketgan Muzaffar va
Munavvar sevgisi tasvirlangan sahifalarda bu hoi, ayniqsa, ochiq
k o ‘rinadi.
Rom anda har bir voqea, har bir tafsilot puxta asoslanib,
chuqur tasvirlangan. Yozuvchi bolani bolaga xos, kampirni
kampirga xos, cholni cholga xos, kelinni kelinga xos xususiyat,
fe’l-atvor va til bilan ta ’minlay bilgan.
0 ‘tkir Hoshimovning «Tushda kechgan umrlar» romanida
XX asrning 80-yillaridagi hayot ustalik bilan aks ettirilgan.
Asarda oshkoralik va tanqidiy ruh kuchli. Yozuvchi o ‘zbek
xalqining milliy xususiyatlarini, kishilar ongi va ruhiyatida
tarkib topgan insoniylik, halollik, poklik, m ehnatsevarlik,
402
v a ta n p a rv a rlik sin gari x isla tla rn i u lu g ‘lash b ilan b irga
adolatsizlik, m ansabparastlik, nopoklik, diyonatsizlik kabi
illatlarni ochib tashlagan.
R o m an v o q e alari qism an A fg ‘o n isto n d a va aso san,
0 ‘zbekistonda bo‘lib o ‘tadi. Asarning bosh qahramoni Rustam
— Afg‘onistonda «o‘z burchini» bajarib, nogiron bo‘lib kelgan,
vijdonli, pok yigit. U o ‘z yurtiga qaytib kelgach; adolat va
haqqoniyat uchun imkon boricha kurashadi. Biroq adolat
topolmay, oxir-oqibatda o ‘z-o‘zini o ‘ldirishga majbur boiadi.
Rustam — hayotiy va jonli obraz.
«Tushda kechgan umrlar» romanida «o‘zbek ishi», «paxta
ishi» voqealari mahorat bilan tasvirlangan. Asarda Moskvadan
0 ‘zbekistonga «adolat o ‘rnatam iz» deb kelgan desantchi-
tergovchilar zulmidan azob chekkan sof vijdonli, halol o ‘zbek
dehqonlari obrazi yaratilgan. Rustamning otasi beayb «aybdor»
Shomansur Shomatov obrazi buning jonli dalilidir. U romanda
usta p ax tak o r, butun um ri davom ida halol ishlab, halol
yashagan kam tarin inson sifatida gavdalanadi. Desantchilar
tomonidan asossiz holda hibsga olinib, xor-zor etilgan rais bobo
yaxshi oila boshlig‘i, mehribon ota sifatida ham o ‘quvchida
u n u tilm a s ta a s s u ro t q o ld ira d i. S h o m an su r o ta n in g
qam oqxonadan o ‘g‘li R ustam ga y o ‘llagan m aktubi uning
olijanob inson ekanini tasdiqlash bilan birga, sofdil odamlar
tom onidan sh o‘rolar tuzumi va am aldorlariga o ‘z vaqtida
berilgan tavsifnoma sifatida ham aks sado beradi:
Do'stlaringiz bilan baham: |