Say d u lla m irzayev



Download 9,12 Mb.
Pdf ko'rish
bet282/296
Sana12.07.2022
Hajmi9,12 Mb.
#782854
1   ...   278   279   280   281   282   283   284   285   ...   296
Bog'liq
xx asr o\'zbek adabiyoti. mirzayev s

0 ‘TKIR HOSHIMOV
(1941-yilda tug'ilgan)
«M enim cha, ch in ak am b ad iiy a sar y a ra tish uch u n , 
odam larni hayajonga soladigan, har gal ta k ro r o 'q ig and a 
ko‘ngilga zavq bera oladigan asar yaratish uchun, eng avvalo, 
xudo bergan talant — iste’dod kerak»113. 0 ‘zbek xalqining 
sevimli yozuvchisi 0 ‘tkir Hoshimovning bu gapini adibning 
o‘z hayoti va ijodiga nisbatan ham qo'llash mumkin.
B o'lajak yozuvchi 1941-yil Toshkent shahrida dunyoga 
kelgan, m aktabni m edal bilan bitirgach, T oshkent davlat 
universiteti (hozirgi 0 ‘zMU)da tahsil oldi. Talabalik yillaridan 
ju rn alistik faoliyat bilan shug‘ullandi. Avval, «Toshkent 
h a q iq a ti» , «Sovet 0 ‘zb ek isto n i» , « T o sh k en t oqshom bv 
gazetalarida, G ‘afur G ‘ulom nomidagi A dabiyot va san ’at 
nashriyotida turli lavozimlarda ishladi. So‘ng «Sharq yulduzi» 
jurnalida bosh muharrir vazifasida mehnat qildi. Ayni paytda 
«Teatr» jurnali bosh muharriri lavozimida ishlamoqda.
Yozuvchi «Ikki eshik orasi» rom ani uchun 1986-yilda 
respublika Davlat mukofotiga loyiq deb topilgan, 1991-yilda 
0 ‘zbekiston Xalq yozuvchisi unvoni bilan taqdirlangan.
0 ‘tkir H oshimov ijodini 60-yillarda she’r va ocherklar 
yozishdan boshlagan. Ilk kito b i 1962-yilda chop etilgan 
«P o‘lat chavandoz» nomli ocherklar to ‘plamidir. Shundan 
so ‘ng y aratilg an «C ho ‘l havosi» (1963), «O dam lar nim a 
derkin», «Shamol esaveradi», «B ahor qaytm aydi» (1970), 
«Q albingga q uloq sol» (1973), «U zun kechalar» (1975),
113 «Y ozuvchi» gazetasi, 1997-yil, 12-fevral.
397


« N im a d ir b o ‘ldi» (1976), « Q uy osh ta ro z u s i» (1980), 
«D unyoning ishlari» (1982), «Yalpiz somsa» (1983), «Oq 
kam alak» (1984), «Sirli yulduz» (1985), «Xazina» (1987), 
«Iztirob» (1991), «N otanish orol» (1990), «Shumlik» (1993), 
«Umr savdosi», «Nurli dunyo» (1998), «D aftar hoshiyasidagi 
b itik la r » (2001) k a b i k ito b la r n in g h a r b iri 0 ‘tk ir
Hoshimovning o ‘ziga xos iste’dodiga dalil b o ‘ldi. Yozuvchi 
asarlarda favqulodda bir gap aytishga, kutilm agan sujetlar, 
v o q e a la rn in g s h id d a tli riv o ji b ilan o ‘q u v c h ila rn i lol 
qoldirishga intilm aydi. U dunyoni o ‘zbek b o ‘lib k o ‘radi, 
qabul qiladi va o ‘zbek sifatida bayon etadi. Shu bois ona 
m eh ri, V a ta n g a m u h a b b a t, h ijro n , a y riliq k a b i bo q iy
m avzular haqida bitsa-da, ravon ifoda, jonli til, samimiy 
b a y o n va o ‘z b e k k a g in a xos x u s u s iy a tla rn in g m e h rli, 
h aqqoniy ifodasi k ito bxo n larn i o ‘ziga rom etadi, o ‘zbek 
xalqiga m uhabbatini oshiradi.
Barcha nasriy turlarda asar yaratgan yozuvchining, ayniqsa, 
qissa va roman janridagi yutuqlari katta. Talabalik davrida 
yozilgan «C ho‘l havosi» qissasini A bdulla Q ahhor yuksak 
baholab, yosh yozuvchiga yo‘llagan maktubida: « 0 ‘tkir, «Cho‘l 
havosi»ni o ‘qib, suyunib ketdim. Birdan lov etib, alanga bilan 
boshlangan ijodning kelajagi porloq bo‘ladi. Qissa sof, samimiy, 
tabiiy, iliq, rohat qilib o ‘qiladi... Shu alanga hech qachon 
pasaymasin. Ijodingiz hech qachon tutam asin. Salom bilan 
Abdulla Qahhor»114, — degan edi.
0 ‘tkir Hoshimov asarlarida atrofda sodir bo‘layotgan har 
bir narsani o ‘zbekning k o ‘zi bilan ko‘rib, dunyo voqealariga 
sof o ‘zbekcha munosabat bildirish yetakchilik qiladi. Aynan 
shu tufayli yozuvchining deyarli har bir asari kitobxonlar 
tomonidan iliq kutib olingan, qalbidan muqim o ‘rin egallagan. 
«O dam lar nim a derkin», «Bir tom chi shudring», «B ahor 
q ay tm ay d i» , «Q albingga q u lo q sol», «U zun k ech alar» , 
«Dunyoning ishlari» qissalari kirib bormagan o ‘zbek xonadoni 
yo‘q deyish mumkin.

Download 9,12 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   278   279   280   281   282   283   284   285   ...   296




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish