Tinsiz jangu jadal bilan о 'tdi hayotim,
Balki qancha umrlarga zomin b o 'Iganman.
Oxiratda etagimdan tutmasmi ular?
«Sohibqiron» she’riy dramasida Turkistonning mashhur va
aziz avliyosi Ahmad Yassaviy obrazi ham yaratilgan. Yassaviy
buyuk m u tafak k ir sifatida cheksiz ixlos va h u rm at bilan
tasvirlangan. Amir Tem ur X itoyga yurish qilishdan oldin
Turkistonga borib Yassaviy maqbarasini ziyorat qiladi, ulug‘
avliyodan oq fotiha olmoqchi bo‘ladi. Asarda bu voqea g‘oyat
ta ’sirli va dramatizmga boy qilib aks ettirilgan. Dramaturg bu
sahnada qabrda yotgan Yassaviy hazratlari ruhini jonlantirib,
394
uni Amir Temur bilan muloqot qildiradi. M uloqotda Ahmad
Yassaviy sohibqiron savollariga javoban:
N iyat qancha jozibali bo ‘Isa ham, Temur,
Qilich bilan murod hosil bo ‘Imog ‘i gumon,
—
deydi.
Bu javob dramaning leytmotivi sifatida aks-sado beradi. Zero,
dram ada umuman urush va qon to ‘kishlar m a’qullanmaydi.
Aksincha, chigal muammolar o‘zaro kelishib, maslahatlashib tinch
yo‘l bilan hal qilinishi lozim degan g‘oya olg‘a suriladi.
A sarda Amir Tem ur obrazi bilan birga, sulton Boyazid,
Bibixonim, Amir Husayn, Ahmad Yassaviy kabi timsollar ham
jonli va ishonarli qilib yaratilgan. Bunda ruhiyat tahlilidan
o ‘rinli foydalanilgan.
«Sohibqiron» dramasining g‘oyaviy mazmuni va obrazlar
talqinida, asar sujeti va kompozitsiyasida qusur bo‘lmaganidek,
un d a k o n flik t va dram atizm m uam m osi ham t o ‘g ‘ri hal
qilingan. Dramaturg asar konfliktini keng va teran aks ettirgan.
Binobarin, asar konflikti yaxshilik bilan yomonlik, adolat bilan
adolatsizlik, insof bilan insofsizlik, poklik bilan nopoklik,
m ardlik bilan q o ‘rqoqlik, sadoqat bilan xoinlik o ‘rtasidagi '
tafo v u t va kurash asosiga qurilgan. D ram a tili sodda va
xalqchil, qisqa va lo‘nda. U nda chuqur mazmunli va obrazli
baytlar ko‘p va ular m a’lum bir maqsadni ko‘zlab joy-joyida
ishlatilgan.
Shunday qilib, Abdulla Oripov asarlari chuqur hayotiyligi,
falsafiy teranligi, jozibadorligi, shoirona fikr-mushohadalarga
boyligi bilan ibratlidir. Shoir she’rlari va dostonlari til va badiiy
m ahorat jihatidan ham namunalidir. Shoir asarlarining tili boy,
ixcham, serjilo va ravon. U lar mavhumlikdan, noaniqlikdan,
yaltiroqlik va «qizil so‘z»likdan xoli b o iib , jonli xalq tili
boyliklari, hik m atlar bilan bezalgan. B inobarin, xalqona
so d d alik va c h u q u r m a zm u n d o rlik A b d u lla O rip o v
she’riyatining asosiy xususiyatini tashkil etadi.
Abdulla Oripov o ‘z asarlarining badiiy mukammalligini
t a ’m inlashda qofiya va vazn im ko niy atlarid an m ohirona
395
foydalanadi. Barmoq, aruz va sarbast vaznlarida yetuk asarlar
yozib, rang-barang she’riy ohanglar yuzaga keltiradi.
Abdulla Oripov — mohir tarjimon. U Pushkin, Shevchenko,
Nizomiy Ganjaviy, Qaysin Quliyev singari shoirlarning bir
qancha she’rlarini yuqori saviyada tarjima qilgan. Ayniqsa,
Dantening mashhur «Ilohiy komediya» asarini o ‘zbek tiliga
o‘girib, xayrli ishni muvaffaqiyat bilan bajargan. Abdulla Oripov
— buyuk shoir. Uning asarlari xalqimizning milliy boyligidir.
Abdulla Oripovning m ehnatlari hukumatimiz tom onidan
munosib taqdirlangan. U1990-yili « 0 ‘zbekiston Xalq shoiri»,
1998-yili esa « 0 ‘zbekiston Qahramoni» unvonlariga sazovor
bo'lgan.
Do'stlaringiz bilan baham: |