Nutq so'zlovchi yoki yozuvchi tomonidan shakllantirilgan matnning tashqi ko'rinishi bo'lib, u faqatgina lisoniy hodisa sanalmasdan, balki ham ruhiyat, ham nafosat hodisasi hisoblanadi. Shuning uchun ham yaxshi nutq deyilganda, aytilmoqchi bo'lgan maqsadning tinglovchi yoki kitobxonga to'liq etib borishi, ularga ma'lum ta'sir o'tkazishi nazarda tutiladi. Shunga ko'ra nutq oldiga ma'lum talablar qo'yiladi. Bu talablar nutqning kommunikativ sifatlari bo'lib, unda nutqning mantiqan to'g'ri, aniq, chiroyli va maqsadga muvofiq bo'lishi nazarda tutiladi. Nutq to'g'ri bo'lishi uchun, asosan, ikki me'yorga - urg'u va grammatik normaga qattiq amal qilishni talab qiladi. So'zlardagi urg'uning ko'chishi bilan ma'noning ham o'zgarib ketishi mumkinligini esdan chiqarmaslik lozim. Masalan: olma so'zi. Bu so'zni alohida urg'usiz olib qaraganda, uning qanday ma'noda qo'llanilayotgaiini aniqlash qiyin Faqat urg'u undagi ma'noning aniqlanishiga ko'maklashadi. Ya'ni olma tarzida wfu birinchi bo'g'inga tushganda, harakat, olma kabi oxirgi bo'g'inga tushganda esa mevaning bir turi ma'nosi anglashiladi. Tilimizda bunday so'zlar anchagina. Masalan, hozir-hozir yangi-yangi, yigitchayigitcha, o'quvchimiz-0'quvchimiz so'zlarining ma'nosi ham faqatgina urg'u yordamida oydinlashadi. Grammatik normaga rioya qilish deganda, gap tuzish qoidalaridan to'g'ri foydalanish, o'zak va qo'shimchalarni qo'shishda xatoga yo'l qo'ymaslik, kelishik qushimchalarini o'z o'rnida qo'ullash, ega va kesimning mosligi, ikkinchi darajali bo'laklarning ularga bog'lanish qonuniyatlari tushuniladi. Nutqning madaniyligini ta‘min etadigan to‘g‘rilik , aniqlik mantiqiylik ifodalilik boylik soflik jo‘yalilik kabi bir qator kommunikativ sifatlar mavjud. Ana shu kommunikativ sifatlarning barchasini o‘zida mujassamlashtirgan nutq madaniy hisoblanadi. Har qanday nutqning asosiy maqsadi muayyan axborotni tinglovchi (o‘quvchi)ga etkazish, shu yo‘l bilan unga ta‘sir qilishdan iborat bo‘lib, mazkur sifatlarning jami nutqning ta‘sirchanligini yo'zaga keltiradi. Alabiy me‘yor til unsurlaridan til sistemasi qonuniyatlariga uyg‘un, jamiyat taraqqiyotinin muayyan davrida barqarorlashgan ijtimoiy-nutqiy amaliyot va an‘anaga muvofiq holda foydalanish qoidalaridir. Adabiy me‘yorning shakllanishi va rivojlanishida jamiyatdagi nutq: amaliyot va, ayniqsa, atolii yozuvchilar — so'z ustalari hal qiluvchi rol o‘ynaydi. Xuddi shu amaliyotda barqarorlashgan so'z (yoki boshqa lisoniy birlik)ni qo‘llash doimiy qoida shaklini oladi. O‘zbek adabiy tilida, asosan, quyidagi me‘yorlar farqlanadi: 1)leksik (so'z qo‘llash me‘yorlar; 2) talaffuz(orfoepik) me‘yorlari; 3) so'z yasalishi me‘yorlari; 4) morfologsh me‘yorlar; 5) sintaktik me‘yorlar; 6) uslubiy me‘yorlar. Tabiiyki, adabiy tilning yozma shaklida imlo (orfografik) tinish belgilari (punktuatsion) me‘yorlari ham mavjud bo‘ladi. Bu me‘yorlar mutaxassislar tomonidan til qonuniyatlari, shuningdeq tarixiy an‘analarga suyangan holda aniq qoidalar shaklida tayyorlanadi va tegishli davlatorgani tarafidan tasdikdanadi. Bu qoidalar ayni paytda imlo lug‘atlarida o‘z aksini topadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |