Bog'liq oziq ovqat maxsulotlarining sifat ekspertizasi uslubij kursatma
3 – Laboratoriya mashg’uloti 1-ish. QANDOLAT MAHSULOTLARI TARKIBIDAGI INVERT QANDNI ANIQLASH Ishning maqsadi: Non va qandolat mahsulotlari tarkibidagi
inversiyalangan shakarni aniqlash.
Nazariy qism. Mazkur laboratoriya ishi qanday mahsulotlardagi
umumiy qand va saharoza miqdorini redutsirlangan moddaning massa
ulushini aniqlashga asoslangan. Redutsirlangan qand deb ishqoriy
muhitda mis gidroksid yordamida qaytarilishiga aytiladi, ya’ni
boshlang‘ich va oxirgi zvenolarida gidrooksid gruppasida reaksiya
jarayoni ketadi.
Redutsirlangan qand invert qandlarning (shakar kislotalar ta’sirida
saxarozaning sirop ko’rinishi) miqdori bilan aniqlanadi. Bu esa
yodometrik usul bilan olib boriladi. Bu usul qandolat mahsulotlarining
hamma turiga qo‘llaniladi.