Saodat sadirova



Download 1,79 Mb.
bet23/133
Sana31.03.2022
Hajmi1,79 Mb.
#521535
1   ...   19   20   21   22   23   24   25   26   ...   133
Bog'liq
Чарм ва мўйна хомашиёларига дастлабкишлов бериш

Ishlatilishi. Yirik shoxli mol terilari qimmatli teri xomashyolaridan biri hisoblanadi va ulardan ancha keng assortimentdagi terilar ishlab chiqariladi.
Barra buzoq terisidan attorlik charmlari, poyabzalning ustki qismi uchun charm, astarlik charm va zamsha ishlab chiqariladi.
Emadigan buzoq terisi poyabzalning ustki qismi uchun charm, velyur, lokli charmlar ishlab chiqarishga yuboriladi. Bosh qismidan yuqori navli jelatin ishlab chiqariladi.
Buzoq terisi - poyabzalning ustki qismi uchun charm, ishlab chiqarishga, past navlari astarlik va attorlik charmlari ishlab chiqarishga yuboriladi.
Yarim teridan poyabzalning ustki qismi uchun charm va bulg'ori charm ishlab chiqarishda foydalaniladi.
50
Novvos terisi asosan poyabzalning ustki qismi uchun charm, patak va bulg'ori charm ishlab chiqarishga topshiriladi. Teri maydonining У* qismini egallagan dag'al burmalar novvos terisidan poyabzalning ustki qismi uchun yuqori sifatli charm olishni qiyinlashtiradi.
Ho'kiz terisi - teri xomashyosining qimmatli turi, undan tag teri, egar-jabduq va texnik terilar ishlab chiqarishda foydalaniladi. Hozirgi paytda ho'kizning yengil terisidan ko'proq poyabzalning ustki qismi charmi ishlab chiqarilmoqda.
Buqa terisi, asosan, tag charm va texnik charmlarnmg ba'zi turlarini ishlab chiqarishga yuboriladi.
Sigir terisidan har xil charmlar olish mumkin. Uning qanday maqsadda ishlatilishi vazni va qalinligiga bog'liq: yengil terilardan -xromli oshlangan charmlar, bulg'ori charm, poyabzalning ustki qismi uchun yuqori sifatli arralangan charm, patak charmlari; о'rta terilardan rantli usulda qotiriladigan poyabzal uchun patak charmlari, xom teri va tag charm; og'ir terilardan - poyabzalning ustki qismi uchun charm, shuningdek, tag charm, egar-jabduq va texnik charmlar olinadi.
Qo'tos terilari ancha bo'sh, qalin va og'ir. Vazni va qalinligiga qarab, poyabzalning ustki qismi uchun xromli charm, xom teri, texnik charmlar, shuningdek, past navli tag charm va patak charmlari ishlab chiqariladi.
Yak terilari tuzilishi va tovar-texnologik xossalari bo'yicha yirik shoxli mollar terisiga yaqinvaxuddishundaybo'linadihamda sinflanadi, faqat ulardan yon tomonlaridagi uzun qalin junlari bilan farq qiladi.
2.2. ОТ TERILARI
Gistologik tuzilish xususiyatlari. Voyaga yetgan ot va toy terilari charm xomashyosi hisoblanadi. Toycha (qulun) terisi va toychoq mo'yna xomashyosiga kiritiladi.
Charm xomashyosining umurniy hajmida ot terilarining ulushi kam.
Yirik shoxli mol terilaridan farq qilib ot terilari qalinligi bo'yicha notekis (old teri yupqa, xaz qalinlashgan). Ot terilari qalinligining notekisligi, old terida katta miqdorda ter va yog' bezlarining bo'lishi,
51
tola va bog'lamlarning anchagina ingichkaligi, hamda to'qimalarining bo'shligi bilan izohlanadi. Old terming xazdan ahamiyatli farqi shundaki, ot terilari qismlarga bo'lishni hamda ishlab chiqarishda ularni alohida uyumlarga ajratib, har xil usullar bilan ishlov berishni taqozo etadi. Ot terilarini ikki qismga bo'lish chegarasi - soch bo'linishi hisoblanadi, u umurtqa chizig'idan perpendikulyar o'tib, sochni orqaga bir tomonga, kruponda boshqa tomonga qarab o'sishi natijasida hosil bo'ladi. (9-rasm)
Xaz sohasida umurtqa chizig'ining ikkala tomonida simmetrik ravishda maxsus xossalar va tuzilishga egabo'lganikkita ovaljoylashgan. Ushbu qismlar yuqori zichlik va mustahkamlik bilan tavsiflanadi. Mikroskop ostida derma o'rta qavatlarining ko'ndalang qismi xuddi oyna yoki tog'aysimon bo'lib ko'rinadi. Shuning uchun bu qismlar "shpigel" deb nomlanadi, bu so'z nemis tilidan olingan bo'lib, "oyna" ma'nosini anglatadi.
Gistolik tuzilishi bo'yicha ot terilari yirik shoxli mollar terisidan bir oz farq qiladi. Epidermisning qalinligi derma umumiy qalinligining 2-3 % ni tashkil etadi. Dermaning g'uddali qavati, derma umumiy qalinligining 30 % dan ko'pini egallaydi va unda ko'psonli soch xaltachalari borligi sababli, tuzilishi bo'sh. Ot terilarining to'rli qavati yirik shoxli mol terilariga nisbatan kamroq rivojlanadi. Ingichka tolalar terining butun yuzasi bo'ylab bo'sh o'rilishlarni hosil qiladi va faqat shpigelda ancha tarang va zich o'rilishlar hosil bo'ladi.
Ter va yog' bezlari kuchli rivojlangan, etak qismida esa xuddi tutashib ketgan qavatni hosil qiladi. Bu esa tayyor charmda to'rli va g'uddali qavatning bir-biriga bog'lanish mustahkamligini pasaytiradi.

Download 1,79 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   19   20   21   22   23   24   25   26   ...   133




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish