Cho'chqa terilari turi. Cho'chqa terilari mayda, o'rta va yirik terilarga bo'linadi. Mayda jinsidan qat'iy nazar, yosh cho'chqa terilari, maydoni 30-70 dm2, qalinligi 2,0-2,1 mm. O'rta jinsidan qat'iy nazar, yarim voyaga yetgan cho'chqa terilari, maydoni 70-120 dm2. Yirik voyaga yetgan ona cho'chqa va borovlar terisining maydoni, 120 dm2 dan yuqori, qalinligi 2,7-3,7 mm, ayrim yirik terilarning massasi 6 kg dan oshadi. Xryaklar terisi juda qalin, ularning massasi xuddi shu o'lchamdagi ona cho'chqa terilaridan 1,5-2 marta og'ir.
Baliqcha - cho'chqa terisining etaksiz qismi. Ular 60 kg dan ortiq boigan tanadan shilib olinadi. Bunda bosh qismi tanada qoladi. Baliqcha to'g'ri burchak shaklida bo'lishi lozim. Uning eni taxminan uzunligining yarmiga teng. Kesiklarning hamma chiziqlari tekis bo'lishi kerak, ammo sag'ri shakli saqlanishi lozim. Baliqchaga yon tomonlarining bo'sh qismlari kirmasligi kerak. Baliqchalar yog' qiyqimlaridan tozalanib, qil tomonidan yuviladi (10-rasm).
Baliqchalar kichik - maydoni 20-50 dm2 va yirik - maydoni 50 dm2 dan yuqori bo'lgan terilarga bo'linadi.
Cho'chqa terilarida g'uddali va to'rli qavatlar orasida chegaraning yo'qligi tufayli tayyor terida otdushistost nuqsoni boshqa charmlarga nisbatan kam uchraydi. Ushbu nuqson yuza qavatining ajralishi bilan tavsiflanadi. Cho'chqa terilarida yuza qavatining ajralishi konservalash hamda pardozlash jarayonlarida (sun'iy qoplamaning ajralishi) noto'g'ri ishlov berish oqibatida yuzaga keladi. Cho'chqa terilarida odatda hayot davridagi nuqsonlardan chaqa, tirnalish, shuningdek, o'lgandan keyingi nuqsonlardan kesiklar, o'yib olingan joylar kabi nuqsonlar uchraydi.
Ishlatilishi. Cho'chqa terilaridan bulg'ori charm, poyabzalning ustki qismi uchun xromli charm, patak charmi, tag charm va xomcharm ishlab
56
chiqariladi. Lekin, asosan, poyabzalning ustki qismi uchun charm va kiyim -attorlik charmlari ishlab chiqarishda foydalaniladi.
Cho'chqa bolasi terilaridan esa attorlik va qo'lqop charmlari, cho'chqaning yengil terilaridan loklangan charm, poyabzalning ustki qismi uchun xromli charm, astarlik va attorlik charmlari ishlab chiqariladi. O'rta terilardan ham xuddi shu assortimentdagi charmlar ishlab chiqariladi.
10-rasm. Cho'chqa terisining
topografiyasi:
1-baliqcha; 2-etak.
Yirik cho'chqa terilaridan tag charm, patak charmi, rantli biriktirish uslubi bilan ishlab chiqariladigan poyabzal uchun tag charm, egar-jabduq charmi, bulg'ori charm va xomcharm ishlab chiqariladi. Xryak terilari tag charm va pergament ishlab chiqarishda ishlatiladi.
Cho'chqa terilarining baliqcha qismlaridan tag charm, patak charmi, egar-jabduq uchun charm, bulg'ori charm, xom charm va poyabzalning ustki qismi uchun xromli charm ishlab chiqarishda foydalaniladi.
Cho'chqaning har xil zotlaridan olingan teri sifati ham turlicha boiadi. Eng pishiq va mustahkam terilar cho'chqalarning go'shtdor zotlaridan olinadi. Cho'chqaning yogii zotlaridan olingan teri pishiqligi va mustahkamligining kichikligi bilan farq qiladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |