Saodat sadirova


Ot terilarida uchraydigan asosiy nuqsonlar qnyidagilar



Download 1,79 Mb.
bet25/133
Sana31.03.2022
Hajmi1,79 Mb.
#521535
1   ...   21   22   23   24   25   26   27   28   ...   133
Bog'liq
Чарм ва мўйна хомашиёларига дастлабкишлов бериш

Ot terilarida uchraydigan asosiy nuqsonlar qnyidagilar: yuz buzilishi, kesiklar, terining egik joyi, yag'ir, chandiq, tamg'a, tirnalish va qamchi qadoqlari.
Ishlatilishi. Xazlar tag charm va patak charmlari ishlab chiqarishda qo'llaniladi. Old teridan poyabzalning ustki qismi uchun xromli charm va bulg'ori charm ishlab chiqariladi. Old terining mereyasi juda chiroyli va nafis.
Toy terisi poyabzalning ustki qismi uchun xromli charm ishlab chiqarishda foydalaniladi. O'z navbatida toy terisi old teri va xazga boiinadi.
Toychoq terisi soch qoplamining holatiga qarab mo'yna ishlab chiqarish uchun yoki xromli hamda loklangan charmlar ishlab chiqarish uchun ishlatiladi.
2.3. CHO'CHQA TERILARI
Cho'chqa teri xomashyolariga uy va yovvoyi cho'chqalar, axtalangan cho'chqa va to'ng'izlarning terilari kiritiladi.
Gistologik tuzilish xususiyatlari. Cho'chqa terilari strukturasi bo'yicha boshqa charm xomashyosi turlaridan anchagina farq qiladi. Cho'chqa terisining dermasi g'uddali va to'rli qavatlarga bo'linmaydi, chunki butun dermaning ichidan yaxshi rivojlangan soch xaltachalari o'tib ketgan. Bu xomashyo hamda undan ishlab chiqarilgan terining yuqori darajada g'ovakligi va bo'shligi bilan izohlanadi. Cho'chqa terilarining epidermasi ancha qalin va derma qalinligining 5-6 % ini tashkil etadi. Buni nisbatan kam rivojlangan soch qoplami bilan tushuntirish mumkin. Baquvvat epidermis o'zining g'uddalari bilan dermaning ichiga chuqur singib, ishlab chiqarilgan charm yuzasida o'ziga xos mereyani hosil qiladi. Cho'chqa terisini ag'darma tomonidan ham osongina farqlash mumkin. Unda qilning soch xaltachalari bartaraf etilgandan so'ng qolgan teshiklar yaqqol ko'rinadi. Teri osti kletchatkasi juda yaxshi rivojlangan bo'lib, qalinligi bo'yicha dermadan ustun turadi. Tarkibida katta miqdorda yog'li tuzilmalari mavjud boiib, ular bo'sh birikuvchi to'qimalar orasida qavatma-qavat joylashgan.
54
Yog' qavatlari dermaga singib, uning straktura bo'shligini yanada yaqqolroq ifoda etadi. Qabul qilinadigan cho'chqa terilarida 6 % dan ortiq yog' bo'lmasligi lozim.
Dermaning yuqori qismidagi kollagen tolalar va bog'lamlar ingichka va ular ancha tekis joylashgan, o'rtasiga borib ular qalinlashadi va ancha pishiq to'qimalarni hosil qiladi. Etak qismida kollagen tolalari bog'lamlarining bog'lami ancha bo'sh, yopqichda esa xiyla takomillashgan turda bo'ladi. Bu esa terming mazkur topografik qismidan olingan terming pishiq va mustahkam ekanligini izohlaydi.
Cho'chqa terilarining soch qoplami - qil xuddi shunday boshqa turdagi hayvonlarning soch qoplamidan farq qiladi. Qil dag'al, qalin, qattiq va qayishqoq bo'ladi. Qilchalar bir-biridan ancha uzoqda, bittadan yoki ikki-uchtasi bir bo'lib egik holda joylashgan. Qilchalar dermadan o'tib, teri osti kletchatkasiga yetadi. Cho'chqa terilari kichik zichligi, g'ovakliligi bilan ajralib turadi. Bu ulardagi teri bezlarining, yog'li hujayralar va muskullarning kuchh rivojlanganligi, soch xaltachalarining dermaga chuqur joylashganligi, shuningdek, yog' qavatlarining borligi bilan tushuntiriladi. /
Soch xaltachalari, teri bezlari va yog'li tuzilmalarning ishlab chiqarish jarayonlarida buzilishi natijasida tayyor charm katta suv o'tkazuvchanlikka sabab bo'ladigan ikki tomonlama teshiklarga ega bo'ladi. Suv o'tkazuvchanlikni kamaytirish uchun teriga ishlab chiqarish jarayonlarida turli xil to'ldiruvchilar va gidrofobizatorlar shimdiriladi. Fiziologik va jinsiy o'zgaruvchanlik. Hayvonlarning yoshiga qarab, terilar cho'chqa bolasi terisi va cho'chqa terilariga ajratiladi. Cho'chqa bolasi terisining maydoni 30 dm2 gacha, qalinligi 2 mm, massasi 1,5 kg dan ko'p emas. Undagi qil voyaga yetgan hayvonlarga nisbatan ingichkaroq, nafisroq va qalin joylashgan.
1 sm2maydonga 5-15 donagacha qil to'g'ri keladi. Kollagen tolalarining bog'lamlari qalinligi bo'yicha tekis va juda ingichka. Cho'chqa bolasi terisidagi yog'li tuzilmalar voyaga yetgan hayvonlarga nisbatan kuchsizroq rivojlangan.
Jinsiy belgilari bo'yicha cho'chqa terilari erkak cho'chqa - xryak (axtalanmagan) terilari, borov (axtalangan) terilari va voyaga yetgan cho'chqa terilariga bo'linadi.
55
Xryaklar ona cho'chqa terilaridan yirikroq bo'lib, ularning massasi 1,5-3 marta katta. Xryaklar terisining ikkala yon tomonida dermaning pishiq, tog'aysimon qalinliklar - xryashevina bo'lib, ularning qalinligi 30 mm gacha yetadi. Xryaklar terisi qalin peshona qismi, bo'yin va etaklarga ega. Cho'chqa terilarining qili xryaklarga nisbatan yumshoqroq va qalinroq joylashgan. Xryaklar terisi dermasining kollagen tolalari bog'lami cho'chqa va borovlar terisiga nisbatan ancha pishiq. Borovlar terisi cho'chqa terisidan kam farq qiladi.

Download 1,79 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   21   22   23   24   25   26   27   28   ...   133




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish