2.5. ECHKI TERILARI
Charm ishlab chiqarishda echki terilarini qayta ishlash muhim o'rin egallaydi, chunki undan yuqori sifatli poyabzal va attorlik charmlari ishlab chiqariladi.
"Shevro" (fransuzchadan - echki terisi) deb nomlanadigan echki terisidan tayyorlanadigan charm birinchi marta Fransiyada, o'tgan asrning ikkinchi yarmida ishlab chiqarilgan. Ushbu charm yaltiroq ko'rinishga ega bo'lib, uni ishlab chiqarish uchun maxsus ishlov qo'llanilgan. Shevroning qalinligi nisbatan katta bo'lsa-da, tannidli oshlangan charmlardan yumshoqligi, mustahkamligi va elastikligi bilan farq qiladi. Mutaxassislarning fikriga
64
ko'ra, fransuz shevrosining yuqori sifati ishlov berish xususiyatlaridan emas, balki mahalliy xomashyoning yuqori sifatliligi bilan izohlanadi.
Teri ishlab chiqarishda xromli oshlashning qo'llanishi boshqa davlatlarda ham echki terilaridan charm ishlab chiqarishni yo'lga qo'ydi. Echki terilari qo'y terilaridan pishiq dermasi, kalta qiyiqsimon dumi hamda kalta dumli qo'y zotlariga nisbatan junining dag'alligi, qattiqligi va uzunligi bilan farq qiladi. Echki terilarining qalinligi har xil topografik qismlarda bir xil emas: eng qalin qismi yag'rin, orqaning old qismi va dumg'aza, bo'yinning yuqori qismi, kurak hamda yon tomonlariga to'g'ri keladi. Yupqarog'i orqaning o'rta qismi va soniga, shuningdek, yanada yupqarog'i pastga qarab va yoniga, eng yupqasi oldingi oyoqlarining ichki yuzalari va qo'ltiq osti sohalariga to'g'ri keladi. Echki terilarining o'rtacha qalinligi 1,4-2,5 mm atrofida bo'ladi. Yangi shilingan terisining massasi hayvonning yoshiga qarab 1,5 dan 4 kg gacha bo'lishi mumkin. Voyaga yetgan hayvonlar terisining maydoni 60-90 dm2 ni, ba'zan 120 dm2 ni tashkil etadi.
Gistologik tuzilish xususiyatlari. Echki terilari dermasining tuzilishi bo'yicha upuka va qo'y terilari orasida o'rtacha holatni egallaydi. Echki terilari dermasining g'uddali qavati, qo'y terilarining g'uddali qavatiga nisbatan bo'shroq, to'rli qavati esa baquvvat va pishiq. Dermaning yuza qavatida elastin tolalarining ko'pligi tayyor terida yuza qavatlarining mustahkamligini ta'minlaydi.
Echki terilarining epidermisi nisbatan yupqa bo'lib, teri qalinligining 2,5-4,0 % ini tashkil qiladi. G'uddali qavat ulushiga derma qalinligining 60 % i to'g'ri keladi. To'rli qavat qalinligi terming barcha qalinligiga nisbatan yirik shoxli mol terilariga qaraganda bir oz kichik, ammo qo'y terilariga qaraganda kollagen bog'lamlarining bog'lami yuqori zichligi bilan farq qiladi. Soch xaltachalari tekis, ikki-uchtasi bir bo'lib, qiya joylashgan. Bunday struktura tufayli, echki terilari dermasi yuqori mustahkamligi, undan ishlab chiqarilgan echki charmi esa yumshoqliligi va elastikligi bilan ajralib turadi.
Echki terilarining mereyasi o'zgacha: voyaga yetgan hayvonlar terisida chuqur jo'yakchalari va notekisliklari hamda egri qatorlar bo'ylab, guruh (5-8) bo'lib joylashgan teshiklar yaqqol ajralib turadi. Qil sochlar yarim oy shaklidagi teshiklarni, tivit sochlar kichik teshiklarni hosil qiladi.
65
Mereyaning o'ziga xos bunday tasviri echki terilarini qo'y terilaridan ajratib turadi. Qo'y terilari yuzasida faqat yakka hamda uzoqda joylashgan teshiklar (to'g'nag'ich boshchasi kattaligida) uchraydi. Yosh echki (5-6 oy) terisi 1,4-2,1 mm, voyaga yetgan echki terisi 1,8-2,5 mm, serka (taka) terisi 2,6-3,3 mm qalinlikka ega.
Do'stlaringiz bilan baham: |