Qamchi (kaltak) - qadoqlari terida (ko'proq ot va eshak terilarida) hayvonlarni qamchi, arqon yoki kaltak bilan urishdan qolgan qaramtir - qizil izlar (qontalashlar)dan paydo bo'lgan nuqson, yuzasi va, hatto teri dermasi yorilgan yoki yorilmagan bo'lishi mumkin.
Terming shox tekkan nuqsoni - hayvonlar o'zaro urishganda shoxlari bilan terilarni tilib shikastlanishi oqibatida terining jun tomonida paydo
149
bo'ladigan yirtilishlar yoki chuqur tirnalishlar ko'rinishidagi nuqsonlardir.
Teridagi tishlangan joylar- hayvonlar tiriklik paytida yulib olingan bir tutam jun o'rnida yoki boshqa hayvonlar tishlagan joyda hosil bo'lgan terming jun qoplamidagi mayda kamchiliklardir. Teri qoplamining bu joylarida ko'pincha tishlashdan qolgan asoratlar yoki yangi junlar o'sib chiqib, pigmentatsiyalangan dog'lar uchraydi.
Jun qoplami chaqasi- qo'ylarning juni olinayotganda yoki teri kasalligini davolashda jarohat natijasida jun qoplamining shikastla-nishidir (34-rasm). Agar qirqilgan joyda qolgan jun uzunligi 20 mm ga yetsa, bunday jun yulinishi nuqsoni po'stinbob va mo'ynabop qo'y terilarida e'tiborga olinadi.
5.2.3. Terming ifloslanish oqibatida hosil bo'ladigan nuqsonlar Ushbu guruh nuqsonlariga naval, nakostish, morjevina, terining ifloslanganligi kiradi.
Naval-hayvon terisi jun qoplamining najosatlar va loy-iflosliklar tegib bulg'anishidan hosil bo'ladigan nuqson (35-rasm). Naval qo'ylarni yomon sharoitlarda saqlash oqibatida hosil bo'ladi.
150
Ifloslangan qo'y terisi maromida konservalanadi. Unda yuz buzilishini keltirib chiqaradigan prelina hosil bo'ladi. Mo'ynabop qo'y terisining 25 % dan ko'proq maydoni ifloslanganda naval nuqson hisoblanadi. Naval bilan ifloslangan mo'ynabop qo'y terisidan ishlab chiqarilgan mo'yna yarim mahsulotining sifati past bo'ladi, chunki zararlangan joylarda mog'or, jun to'kilishi, yuza qavatining yorilishi ro'y beradi.
Nakostish - tikanli o'tlar - kovil (chalov)ning qo'y terilariga kirib hosilqilgan mayda teshiklar va ular urug'larining teri osti kletchakalarga hamda dermaga qadalib orasida qolib ketishidir. Zararlangan joylarda yiring boylagan joy hosil bo'ladi. Nakostish yangi shilingan va ho'l tuzlab konservalangalh terilarda yaxshi seziladi. Ko'proq dashtli hududlardan qabul qilingan xomashyoda uchraydi.
Nakostishli qo'y va echki terilarini mezdralash qiyinlashadi: pichoqlar o'tmaslashadi, terilar teshiklar bo'ylab yirtiladi.