Saodat sadirova


Teri kasalliklari keltirib chiqaradigan nuqsonlar



Download 1,79 Mb.
bet67/133
Sana31.03.2022
Hajmi1,79 Mb.
#521535
1   ...   63   64   65   66   67   68   69   70   ...   133
Bog'liq
Чарм ва мўйна хомашиёларига дастлабкишлов бериш

5.2.1. Teri kasalliklari keltirib chiqaradigan nuqsonlar
Ushbu nuqsonlarga oqma, teri chaqalari va qirchang'i nuqsonlari kiritiladi.
Oqmayirik shoxli mollar, otlar, bug'ularvaechki terilarining yopqich qismida uchraydi. Oqma, bu - teri osti so'na g'umbaklari (lichinkalari) yorib chiqqan joyda hosil bo'lgan teshik ko'rinishidagi jarohat. Ular bitgan yoki bitmagan bo'lishi mumkin. Ishlov berilgan terida bitmagan oqmalar doira shaklidagi ochiq teshiklar, bitganlari - aylana chandiqlangan teshik hosilqiladi. Bujoylarda derma o'zgargan tuzilish va kichik mustahkamlikka ega bo'ladi. Bitmagan oqmalar terida bahorda uchraydi. Bu paytda g'umbaklar terini burg'ilab tashqariga chiqadi. Teri osti so'nalarining g'umbaklari bilan zararlangan hayvonlar tezda sutdorligini yo'qotadi va oriqlaydi.



Xonaki echkilar tanasida g'umbak bosqichidagi echki so'nalari uchraydi. Juda kam hollarda teri - so'nasi kasalligi ot va qo'ylarda uchraydi. Bug'u terilarini yirik o'lchamdagi so'nalar shikastlantirib, katta diametrli teshiklar hosil qiladi. Yirik shoxli mollarda teri osti so'nasining ikki turi: oddiy va janubiy turlari uchraydi. O'rta Osiyoda ko'proq janubiy turi keng tarqalgan. So'na hayotining 12-oylik muddatidan 10 oyi lichinka hosil qilish bosqichiga, bir oyi g'umbak bosqichiga va yana bir oyi g'umbaklarning rivojlanishi va voyaga yetgan hasharotlarnmg yashash bosqichiga to'g'ri keladi. Erkak va urg'ochi hasharotlar bir necha kun yashaydi. Erkagi urg'ochisini urug'lantirgandan so'ng darhol o'ladi, urg'ochisi esa hayvonning soch qoplamida tuxum qo'ygandan so'ng o'ladi. 4-5 kundan keyin tuxumlardan 0,7-0,8 mm o'lchamdagi lichinkalar tug'iladi, aynan shular teri ostiga suqilib kirib, 6-9 oy davomida biriktiruvchi to'qimalarda ko'chib yuradi (28-rasm).
Oddiy so'na lichinkalari asta-sekin
umurtqa kanalida, janubiy so'na
g'umbaklari qizilo'ngach devorlarida 28-rasm. Yirik shoxli mol
to'plana boradi. Rivojlanishning terisi ostidagi so'na lichinkasi.
141



oxirida ular teri qoplami orqali hayvonning orqasiga chiqib oqmani hosil qiladi. Bunda g'umbaklarning ichagidan atrofdagi to'qimaning yallig'lanishi va buzilishiga olib keladigan modda ajralib chiqadi. Bu davrda g'umbaklar tullaydi va harbiri asta-sekin biriktiruvchi to'qimadan kapsula bo'lib o'sadi. Kapsula ichida g'umbaklar yana bir marta tullab, rivojlanishining oxirigacha yashaydi. Uzunligi 25 mm va massasi 1 g atrofidagi yetilgan lichinkalar oqma 29-rasm. Bitmagan oqma. orqali tashqariga chiqadi, tuproqning
yuza qavatlarida g'umbak shakliga kirib, so'naga aylanadi. Ular o'znavbatida lichinkalarning hosil bo'lish bosqichida yig'ilgan zaxira hisobidan yashaydi.
So'na bilan qarshi kurashda, mollarga yalpi ishlov berish uchun amalda purkagichlar bilan ta'minlangan dezinfeksiyalovchi mashinalar qo'llaniladi. Dezinfeksiyalash uchun xlorofos, gipoderminxlorofos va boshqa preparatlar qo'llaniladi. Ular mollarga bahorgi-yozgi va yozgi-qishki mavsumlarda har 20-25 kunda purkaladi. Teri so'nasiga qarshi doimiy o'tkaziladigan kurash tadbirlari natijasida, yirik shoxli mollar terisining zararlanishi ancha kamaygan va hozirgi kunda 5-7 % ni tashkil etadi. Ishlov berilgan terida bitmagan oqmalar doira, ya'ni oval shaklidagi ochiq teshiklarni hosil qiladi, bitganlari chandiqlangan to'qimaning ochiq rangdagi dog'lari ko'rinishida ajralib turadi (29-rasm).

Download 1,79 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   63   64   65   66   67   68   69   70   ...   133




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish