Bilimingizni tekshirib ко'ring
Charm vamo'yna xomashyosisaqlanadigan omborxonalarga qanday talablar qo'yiladi?
Ho'I tuzlangan xomashyoni fartushlash usulida joylashtirib saqlanishning mohiyatini tushuntiring.
242
3.Ho'l tuzlangan xomashyonikordon usulidajoylashtiribsaqlash qanday amalga oshiriladi?
Kordon usuli yarimkordon usulidan qanday farq qiladi?
Quruqtuzlanganxomashyoni uzoq muddatli saqlash tartibini tushuntiring.
Quruq tuzlangan xomashyoni vaqtincha saqlash shartlarini tushuntiring.
Xomashyo saqlanadigan taxlov va xonalarning harorati qanday nazorat etiladi?
Xonalarning nisbiy namligi qanday aniqlanadi?
Agar taxlov ichidagi harorat xona haroratidan sezilarli darajada oshsa, qanday chora-tadbirlar ko'riladi?
10. Psixrometrning ishlash tartibini tushuntiring.
243
IX BOB. QIL, SOCH VA JUNGA DASTLABKIISHLOV BERISH
9.1. QILNING TAVSIPl VA FTZIK-MEXANIK XOSSALARI
Charm sanoatida cho'chqa terilaridan turli xil assortimentdagi charmlar ishlab chiqarish ahamiyatli miqdorda osliib bormoqda. Bu esa o'z navbatida cho'chqa terilari bilan birgalikda, uning qilidan ham unumli foydalanish vazifalarini belgilaydi. Qilning qayishqoqlik, mustahkamlik va elastiklik kabi qimmatli xossalarga egaligi uni bir qator sanoat korxonalarida keng qoilash imkonini beradi. Qildan bosh kiyim, tish, kiyim va poyabzal cho'tkalari, turli mo'yqalamlar va bo'yoq cho'tkasi, shuningdek, ba'zi mashinalarning detallarini tayyorlashda foydalamladi.
Qil deb, cho'chqalarning mustahkamligi va qayishqoqligi bilan ajralib turuvchi o'q sochlariga aytiladi. Qil ikkita asosiy qism: o'zak (sochning teridan ko'tarilib turadigan qismi) va ildizdan tashkil topgan bo'lib, o'zakning uchi bayroqcha ko'rinishiga ega. Qilning mikrostrukturasi sochning tuzilishidan farq qilmaydi. Qilning strukturasida o'zak qavatining rivojlanish darajasi ko'proq ahamiyatga ega bo'lib, bu qavat qalinligining oshishi bilan qilning sifati pasayadi. Qilning tovar qiymati va ishlab chiqarish maqsadi uning uzunligi, qalinligi, uzilishga nisbatan mustahkamligi, qayishqoqligi, to'g'ri chiziqligi, tusi va yaltiroqlik kabi xossalariga bog'liq. Qilning fizik-mexanik xossalari cho'chqalarning zoti, yoshi, yil fasllari, saqlash sharoiti, tanada joylashgan joyi va shilish uslubiga bog'liq holda o'zgaradi. Bir tanadan o'rtacha yig'ilgan qil miqdori 120-300 g ni tashkil etadi. Qilning uzunligi 3-10 sm, ba'zan 15 smgacha bo'lishi mumkin. Umurtqa qismida joylashgan qilning qalinligi 250-300 mkm, yon tomonlarida - 175-225 mkm ga yetadi. Qil qanchalik uzun va qalin bo'lsa, shuncha yuqori baholanadi. Eng yaxshi qil zotsiz cho'chqalardan olinadi. Ularning qili uzun, qayishqoq va to'g'ri chiziqli bo'ladi. Katta yoshdagi cho'chqa qillarinmg sifati yosh cho'chqalarnikidan yaxshiroqdir.
Qishki qil qattiqroq, qayishqoq va yaxshigina yaltiroqlikka ega. Kuzgi qil xuddi shunday qattiq va qayishqoq, ammo qishkiga
244
qaraganda ingichka. Bahorgi qil ingichkarok, lekin momig'i kam bo'ladi. Yozgi qil ingichka, qayishqoqligi kichik va yaltiroqligi bo'lmaydi.
Cho'chqa bo'ynining yuqori qismi va orqasidan shilingan qil qayishqoqroq va uzunroq bo'ladi. Cho'chqaningyon tomonlari, kuragi va sag'risidan shilingan qilning sifati umurtqa qilidan pastroq turadi. Qil uch xil usul: yulib olish, qirqish va bug'latish bilan olinadi. Yulib olingan qil sifat jihatdan eng yaxshisi hisoblanadi. Unda qilning hamma xossalari va ildizi saqlangan bo'ladi. Ildizli qilning cho'tka ishlab cliiqarishda ahamiyati katta, chunki ildizli qil cho'tkada yaxshi ushlanadi.
Qirqib olingan qilning uzunligi kichik va ildizi bo'lmaganligi sababli qimmati pastroq. Qil odatda bichish-oqlash jarayonidan oldin junni qirqishda qo'llaniladigan mashinalar yordamida qirqib olinadi.
Bug'latib olingan qil eng sifatsiz hisoblanadi. Bug'latganda issiq suv ta'sirida qil bir qator qimmatli sifatlarini - qayishqoqligini, mustahkamligini, to'g'ri chiziqligini yo'qotadi va judayam aralashib ketadi.
9.2. ОТ VA SIGIR SOCHI
Ot, sigir vaboshqasochlardanturlixil xo'jalikva texnik maqsadlarda foydalaniladi. Sanoatning qurilish, transport, to'qimachilik, poyabzal va poligrafiya tarmoqlari yirik soch iste'molchilari hisoblanadi. Ushbu tarmoqlarda soch cho'tka, sochqalam va jilvirlovchi val ko'rinishida qo'llaniladi.
Soch hayvonlarning hayot davrida, shuningdek, shilingan terilardan yig'ib olinadi. Odatda soch ot, yirik shoxli mol, qo'tos va echkilardan olinadi.
Ot sochi - otning dumi, yoli, peshanasi va tuyog'i atrofidan qirqib olinadi. Ot sochi yuqori mustahkamlik, qayishqoqlik, yaxshi cho'ziluvchanlik xossalariga ega. Ot sochi kimyoviy hamda fizikaviy ta'sirlarga juda chidamli. Soch dum qismidan 350-450 g, yolidan 175-200 g, peshanasidan 35-60 g, tuyoq atrofidan 15-40 g miqdorida
245
olinadi. Ot sochlarining qalinligi butun uzunligi bo'yicha deyarli bir xil. Ot sochlari qattiq, yumshoq, tarandi va o'ralashgan xillarga bo'linadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |