Bog'liq Чарм ва мўйна хомашиёларига дастлабкишлов бериш
Kordon usuJi Kordon usuli qo'llanganda terilarning jun qoplamini pastga qaratib, konservalovchi aralashma yoyilgan taxmonni chekkasi bo'ylab shunday joylashtirish zarurki, har bir terining umurtqasi taxlov chegarasidan 10-15 sm chiqib turishi kerak (terining kichikroq yarmi taxmonda, kattarog'i taxlovdan chiqib tursin). Har bir teriga konservalovchi aralashma shunday yoyilishi lozimki, terining o'rtasida uning bosh va dumg'aza qismiga nisbatan ko'proq boiishi maqsadga muvofiqdir. Shundan so'ng taxlovning chegarasidan chiqib turgan terining yarmini, ichkariga shunday buklash zarurki, u yoyilgan konservalovchi aralashmani qoplab, umurtqa bo'ylab teng buklanishi va taxlov chegarasiga mos tushishi lozim. Ikkinchi terini yoyganda uning dumg'azasi birinchi terining yarmiga yetib, so'ngra uni xuddi shuncha miqdordagi tuz bilan toidiriladi. Shu tarzda terilar taxlovning butun perimetri bo'ylab joylashtirib chiqiladi. Natijada taxlovning chegarasida kordon hosil boiadi. Terilarni joylashtirishda kordon ichida chuqurlik hosil boiadi. Unda terilar yoyilgan holatda devorchalardan biri bo'ylab, boshini bir tomonga va mezdra tomonini yuqoriga qaratib bosh chizig'idan 20-25 sm ga surib joylashtiriladi. Terilarning birinchi qatorigaikkinchisijoylashtiriladi. Lekin boshqismini teskariyo'nalishda shunday joylashtirish kerakki, umurtqa chizig'i birinchi qator terilarining chekkasiga to'g'ri kelsin. Har bir qatorga bir tekisda konservalovchi aralashma yoyilib chiqiladi.
236
65-rasm. Yarim kordon usulida joylashtirilgan terilar taxlovi:
1-yopiq fartuk; 2-konservalovchi aralashma qavati; 3-taxlov chegarasida
"baliqcha" shaklida buklangan terilar; 4-yog'och taglik; 5-joylashtirilgan
partiya; 6-termometr uchun tarnov; 7-ochiq fartuk; 8-partiya yorlig'i.
Odatda har bir kordonga bitta ishlab chiqarish partiyasi joylashtiriladi. Keyingi yaruslarni joylashtinsh birinchi yarus singari amalga oshiriladi (64-rasm).
Teri xomashyosini ushbu usulda joylashtirib saqlash ishonchliroq hisoblanadi, chunki bunday taxlovlarda zich yoyib joylashtirilgan terilar har tomondan osh tuzining katta miqdori bilan qurshab olingan. Bu esa o'z navbatida ularni tashqi muhit ta'siridan yaxshi himoya qiladi.
Teri xomashyosini kordon usulida joylashtirib saqlashning kamchiligiga ushbu usulning fartushlash usuliga nisbatan ko'p mehnat talab qilishi va konservalovchi aralashmaning ko'p sarflanishini kiritish mumkin.