68-rasm.
Psixrometr.
Havo qanchalik quruq bo'lsa, quruq va ho'l termometrlar ko'rsatkichlarining orasida shuncha katta farq bo'ladi, o'z navbatida, havoning nisbiy namligi kichik bo'ladi. Nisbiy namlikni aniqlash uchun maxsus jadvaldan foydalaniladi.
Yoz vaqtida saqlash xonalarini, aniqsa ho'l xomashyo saqlanadigan xonalarni vaqt-vaqti bilan sliamoUatish va sovutish zarur. Yaxshisi buni salqinkunda yoki kunning salqin qismidaamalgaoshirganma'qul. Xonadagi nisbiy namlikni tushirish uchun shamollatishni quruq ob-havoda, kunning o'rtasida o'tkazish kerak.
Yoz vaqtida nisbiy namlikni oshirish uchun har kuni kunning o'rtasida poUami ho'Hash zarur. Harorat va havoning nisbiy namligini boshqarishda ventilyatordan foydalanish ham o'rinli.
8.4. XOMASHYONITAMG' ALASH, QADOQLASH VA TASHISH
QOIDALARI
Charm xomashyosini talab etiladigan korxonalarga uzatishda tamg'alash, qadoqlash va tashish qoidalariga rioya qilinishi lozim. Har bir terining mezdra tomonida tamg'asi yoki o'ng orqa oyog'iga bog'langan 30-60 sm2 o'lchamdagi fanerali yorliq bo'lishi lozim. Tamg'a yoki yorliqda tashkilotning nomi, xomashyo turi, navi, jun qoplamining
241
69-rasm. Ho'I tuzlangan 70-rasm. Tuzlamasdan quritib
charm xomashyosini va tuzlab quritilgan charm
qadoqlash. xomashyosini qadoqlash.
uzunligi (qo'y terilari uchun) massasi yoki detsinietr kvadratlarda maydoni ko'rsatiladi. Ho'I tuzlab konservalangan charm xomashyosi junli yoki mezdrali tomonini tashqariga qaratib toy qilib joylashtiriladi va arqon bilan mahkam bog'lanadi (69-rasm).
Tuzlamasdan quritib va tuzlab quritib konservalangan terilarni yoyil-gan holatda junli tomonini bir biriga qaratib, uch marta ko'ndalangiga va bir marta uzunasiga arqon bilan mahkam bog'lanadi (70-rasm).
Charm xomashyosini transporting hamma turida (avtotransportdan tashqari) tashishda, toylar maxsus qadoqlovchi matolar bilan o'ralmaydi. Charm xomashyosini tagliklarda tashishga ham ruxsat etiladi. Bir toyga yoki taglikka faqat bir turdagi va bir xil usulda konservalangan terilar joylashtiriladi. Bir toyning massasi 40 kg dan, bir taglikka joylashtirilgan terilar massasi - 1000 kg dan oshmasligi Iozim.
Har bir toy yoki taglikka maydoni 100-150 sm2 gacha bo'lgan terilar bog'lanadi. Unda xomashyo yuboruvchi korxonaning nomi, teri turi, toydagi yoki taglikdagi terilar soni, toy yoki taglik raqami, massasi, terilarning umumiy maydoni, dm2 va konservalash usuli ko'rsatiladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |