9.4. QIL, SOCH VA JUNGA ISHLOV BERISH
Qil, soch va junning sifatini saqlash maqsadida ularga go'sht kombinatlarida, tayyorlov punktlarida va xomashyo bazalarida ishlov beriladi. Ishlov berish jarayoni asosan quyidagi jarayonlardan iborat: navlarga ajratish, yuvish, quritish, qadoqlash va tamg'alash.
Yulib olingan va qirqib olingan qil bog'lamlari navlarga ajratilganidan so'ng 20-30°C haroratdagi suvda yuviladi, so'ngra quritkichda quritiladi. Quritish 60-70°C harorat va 0,5 m/s havoning harakat tezligida 6-7 soat davomida yoki 30-40°C haroratda 10-12 soat davomida olib boriladi. Qilni haddan ziyod quritish mumkin emas. Shuningdek, tez fursatda quritish ham qil sifatiga ta'sir etadi. Qil sinuvchan bo'ladi va undan kuygan hid kelib turadi. Sekin quritib olingan qilni saqlashda mog'or va dimiqish hosil bo'lish mumkin. Yaxshi va to'g'ri quritilgan qilning namligi 12 % ga teng, qilni bukkanda u sinmasligi kerak. Quritilgan qil 1-1,5 soat sovutiladi va qadoqlanadi.
Bug'latib olingan qilni yuvishdan so'ng, epidermis va har xil iflosliklardan tozalash maqsadida qo'shimcha ishlov beriladi. Buning uchun yuvilgan qil sentrifugada siqiladi va 2 % li sulfonaften kislotasi eritmasining 30 - karrali miqdorda, 62-65°C haroratda 6-7 soat davomida ishlov beriladi.
248
So'ngra qil 3 marta yuviladi, sentrifugada siqib quritiladi. Ko'rsatilgan eritmada ishlov berilganda qil yog'sizlantiriladi, epidermisdan tozalanadi, shuningdek, uning qayishqoqligi qisman tiklanadi. Epidermis qoldiqlarini o'yuvchi natriy yoki kaliyning 0,5 % li eritmasida, shuningdek, 0,01 % li natriy sulfid eritmasida ham ishlov berib bartaraf etish mumkin. Bu holatlarda ham qil ishlov berishdan so'ng, xuddi shunday 3 marta yuvilishi zarur: avval 35-40°C haroratda, so'ngra 25-30°C va oxirida 15-20°C haroratda yuviladi. Shundan so'ng qil sentrifugada siqiladi, quritiladi, presslanadi va qoplarga qadoqlanadi.
Bitta cho'chqa tanasidan yuvilgan quruq qilning o'rtacha chiqimi yulib olinganda 120 g, qirqib olinganda 60 g, bug'latib olinganda 180 g ni tashkil qiladi. Quritilgan qil 100-200 gmassali bog'lamlarga qadoqlanadi. Qil bog'lamlari qutilarga qator qilib zich joylashtiriladi. Yukning massasi 40 kg dan oshmasligi kerak. Ot sochi agar toza bo'lsa, shamollatiladi, so'ngra bog'lamlarga bog'lab, 60 kg massasagacha qoplamlarga joylashtiriladi. Iflos soch 25-30°C haroratda suvga 2-3 soat davomida botiriladi va dush ostida yuviladi, so'ngra suvi siqilib, quritish apparatlarida 50-60°C haroratda, 8-10 soat davomida quritiladi. Quritishdan so'ng, soch sovutiladi, rangi bo'yicha navlarga ajratiladi, 40-50 sm diametrli bog'lamlarga bogiab, 50-60 kg massagacha qoplarga joylashtiriladi.
Yirik shoxli mol terilarining sochi quyidagi tartibda ishlov beriladi: dumning qirqib olingan shokilasi undagi naval va iflosliklarni yumshatish uchun suvga botiriladi, so'ng barkas yoki suvni aralashtirish qurilmasi bilan jihozlangan chanlarda 25-28°C haroratli suv bilan 1,5-2 soat davomida yuviladi. Yuvilgan shokilalar barkas yoki chandan tushiriladi va sentrifugada suvi siqiladi. Agar sentrifuga bo'lmasa, shokilalarni 30-40 daqiqaga oqizish uchun taxlov ko'rinishida joylashtiriladi.
Namlik bartaraf etilgandan so'ng shokilalar, qaychi yoki elektrma-shinkalar bilan qirqiladi. Qirqilgan soch tubida mato to'shalgan quti yoki savatlarning to'riga 3-5 sm qavat qilib joylashtiriladi va quritish bo'limiga yuboriladi. Dum sochi quritish apparatlarida 30-35°C haroratda 3-6 soat davomida quritiladi. Yoz paytlarida quyoshda ham quritish mumkin. Quritilgan sochning namligi 10-13 % bo'lishi kerak.
249
Yirik shoxli mollarning qirqib olingan quloq sochini dasta qilib bog'lab, yog'va terdan tozalash uchun 5-10 % li kalsiyli soda bilan 6-7 soat davomida ishlov beriladi. So'ngra soch 20-25°C haroratdagi iliq suvda chayiladi, yulib olingan quloq sochini diqqat bilan ildizini bir tomonga qilib to'rga joylashtiriladi va 35-40°C haroratda 4-5 soat davomida quritiladi. Quritilgan soch sovutilgandan so'ng navlarga ajratiladi, 2-3 sm diametrli bog'lamlarga bog'lanib, massasi 30 kg ga yetguncha qoplarga joylashtiriladi. Bir juft quloqdan quloq sochining chiqimi 4 g gacha bo'lishi mumkin. Echki sochini ishlov berish uchun qirqib olingan soqolchalarni 25-30°C haroratdagi suvda yuvib, so'ngra sovuq suvda chayiladi, suvi siqiladi va quritish shkafining to'rlarida yupqa qavat qilib 30-40°C haroratda, 8-10 soat davomida quritiladi. Sovutilgan soch rangi bo'yicha navlarga ajratiladi va 40 kg massagacha qoplarga joylashtiriladi. Kuyadan zararlanmaslik uchun qadoqlash vaqtida naftalin sepiladi.
Yig'ilganjun chanlarda yuviladi, sentrifuga yoki valslarda suvi siqiladi va quritkichda quritiladi. Yoz mavsumida ishlov berilgan junni ochiq havoda 15-18 % namlikkacha quritish mumkin. Tayyor jun 50 kg massagacha qoplarga joylashtiriladi. Kuyadan zararlanmaslik uchun xomashyo massasidan 0,2-0,3 % miqdorida naftalin sepiladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |