Saodat sadirova



Download 1,79 Mb.
bet119/133
Sana31.03.2022
Hajmi1,79 Mb.
#521535
1   ...   115   116   117   118   119   120   121   122   ...   133
Bog'liq
Чарм ва мўйна хомашиёларига дастлабкишлов бериш

Yarim kordon usuli bilan terilarni joylashtirib uzoqmuddatda saqlash fartushlash usuli singari amalga oshiriladi (65-rasm). Lekin ushbu usul bo'yicha har bir qatordagi fartuklarda kordon usuli kabi 15 sm qalinlikkacha konservalovchi aralashma solinadi. Bu aralashma qavati taxlovda yaxshi germetiklikni hosil qiladi. Shuning uchun ham mazkur usul teri xomashyosi korxonalarida keng tarqalgan.
237
8.1. QURUQ KONSERVALANGAN XOMASHYONI UZOQ MUDDATLI SAQLASH
Tuzlamasdan quritib konservalangan va tuzlab quritib konservalangan teri xomashyolarini yilning xohlagan vaqtida bir joyda faqat alohida taxlovlarda joylashtirib saqlash rrmmkin.
Saqlash uchun yaxshi quritilgan, namlik miqdori 20 % dan oshmagan, terixo'r va kuya lichinkalari bilan zararlanmagan terilar olinadi.
Quruq tuzlangan terilar oldindan naftalin yoki paradixlorbenzol sepilgan, balandligi 3,5, maydoni 4x3 m bo'lgan taxlovlarda va 5x6 m taxmonlarda joylashtiriladi. Taxmonlarning baladligi poldan kamida 10 sm yuqori bo'lishi kerak. Terilar taxlovga umurtqasini ichkariga qilib joylashtiriladi, faqat ma'lum qismi taxlovni tekislash uchun tashqariga qilib joylashtiriladi. So'ngra naftalin va paradixlorbenzol sepib chiqiladi. Quruq xomashyoni saqlashning umumiy davomiyligi 2 yildan oshmasligi lozim.
Xomashyoni vaqtincha saqlash
Oylik reja bo'yicha charm ishlab chiqaruvchi korxonalarga yuboriladi-gan charm xomashyosi uzoq muddatga emas, balki vaqtinchalik saqlanadi.
Bunday xomashyo partiyalarini g'aramlash uchun birinchi navbatda uzoq muddatli saqlashga bardosh bermaydigan (bakterial zararlangan, navali bor, bakterial parchalanish belgilari bor) terilar tanlab olinadi.
Charm xomashyosini vaqtinchalik saqlash uchun joylashtirish, xomashyoni taxlovda joylashtirib uzoq muddatda saqlash qoidalariga rioya qilgan holda olib boriladi. Xomashyoni vaqtinchalik saqlash uchun joylashtirishda saqlash tartibi, konservalovchi aralashmalarni sarflash me'yori va qo'llash tartibi xuddi xomashyoni uzoq muddatga saqlash uchun joylashtirish singari amalga oshiriladi (66-rasm).
Xomashyoni vaqtinchalik saqlash, uning holatiga qarab 1 oydan 2 oygacha bo'lishi mumkin.
238
8.3. XOMASHYONISAQLASH TARTIBI VA NAZORATI

Xomashyoni saqlash uchun qaysi usulda joylashtirishdan qat'iy nazar, taxlovlarga harorat tarnovchalari kiritiladi. Ularning uzunligi taxlov enining yarmiga teng kelishi kerak. Har bir taxlovga uning asosidan uchigacha bir xil oraliq masofada uchta harorat tarnovchalari o'rnatiladi.
Hoi tuzlangan xomashyo saqlanadigan xonalarda havoning nisbiy namligi 70-80 %, harorat 20°C dan oshmagan bo'lishi, quruq tuzlangan xomashyo uchun yuqoridagilarga muvofiq ravishda 65-70 % va 30°C dan oshmasligi kerak.
Saqlash uchun joylashtirilgan xomashyoning holatini nazorat qilish, avvalambor xona va taxlov ichidagi harorat hamda havo namligining o'zgarishini kuzatib borish yoii bilan amaiga oshiriladi. Odatda xona haroratidan taxlov ichidagi haroratning sezilarli darajada oshishi, taxlov ichida xomashyoda chirish jarayoni borayotganidan dalolat beradi. Harorat tarnovchalariga termometr kiritiladi va tarnovchaning tashqi teshigi bekitiladi (67-rasm). Taxlov ichidagi harorat har doim bir vaqtda oichanadi: yozda va kuzda - har kuni, bahorda - haftada ikki marta, qishda - haftada bir marta. Termometrning ko'rsatkichlari asosida har bir taxlov bo'yicha harorat jadvallari tuziladi va ular havoning harorat jadvallari bilan solishtiriladi. Agar taxlov ichidagi harorat xona haroratiga teng yoki undan past bo'lsa va ho'l tuzlangan xomashyo uchun 20°C dan, quruq tuzlangan xomashyo uchun 30°C dan oshmasa, teri xomashyosining saqlanganligi uchun xavotirlanishga asos yo'q.



Agar taxlovdagi harorat xona haroratiga muvofiq ravishda oshib borsa va 20°C ga yetsa, bunday taxlov agar unda yirik shoxli mol va cho'chqa terilari joylashtirilgan bo'lsa, 20 kungacha -saqlanishi mumkin. Agar taxlovda yirik
shoxli mol terilari joylashtirilgan bo'lsa, 66-rasm. Quruq
unda ko'rsatilgan harorat o'rnatilgan konservalangan terilarni
joylashtirish.
239


67-rasm. Qarshilik termometrini taxlovda joylashtirish tasviri:
1-taxlov; 2-himoyalovchi gilza; 3-qarshilik termometri;
4-shlangli chiqish yo'li; 5-shtepselli ajratma.
vaqtdan boshlab, haroratning oshmaslik sharti bilan 10 kungacha saqlanishi mumkin.
Agar taxlov ichidagi harorat xona haroratidan yuqori bo'lsa va xona harorati doimiyligiga qaramay, u oshishda davom etsa, bu holat taxlov ichida chirikli jarayon borayotganidan dalolat beradi.
Mazkur holatlarda taxlov ichidagi harorat ruxsat etilganidan yuqori bo'lsa, taxlov tez fursatda buzilib, xomashyo sinchiklab tekshiriladi. Agar buzilish belgilari kuzatilmasa, u holda terilar sovutilib, charm ishlab chiqarish korxonalariga jo'natiladi.
Bundan tashqari taxlovlarda qo'lansa hid, quruq xomashyoda kuya va terixo'r qo'ng'izlarning bo'lishi, shilimshiqning boshlanishi yoki rnezdra tomonining qizarishini aniqlash maqsadida vaqt-vaqti bilan ko'riklar amalga oshiriladi. Biror bir buzilish alomatlarini payqaganda, taxlovdagi terilar darrov tushiriladi.
Xomashyo saqlanadigan xonadagi havoning namligini aniqlash uchun psixrometrlar qo'Haniladi.
240














Psixrometr birga o'rnatilgan ikkita termometr ko'rinishiga ega (68-rasm). Termometrlardan birining simobli rezervuari doka yoki boshqa gigroskopik mato bilan o'raladi va suvli idishga tushiriladi. Suv matoni ho'llab termometr rezervuarigacha ko'tariladi va bug'lanadi. Xona havosi qanchalik quruq bo'lsa, mato sirtidan suvning bug'lanishi shuncha tez kechadi. Bug'lanishvaqtidaho'llangan matoga suyuqlik orqali issiqlik uzatish ro'y beradi. Buning natijasida ho'l termometrning ko'rsatkichi quruq termometrning ko'rsatkichiga qaraganda kichik yoki teng bo'ladi.


Download 1,79 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   115   116   117   118   119   120   121   122   ...   133




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish