7.6.2. Oqsim, brutselyoz va vabo bilan zararlangan terilarni dezinfeksiyalash
Oqsim bilan zararlangan terilar tuzliqli eritmaga 0.5 % li natriy gidrosulfit yoki 0,2 % li o'yuvchi natriy yoki 5 % kalsiyalangan soda qo'shib, sk = 4 va 15°C haroratda ishlov beriladi. Dezinfeksiyalash yuqoridagiga muvofiq, 6,12 va 24 soat davom etadi.
Dezinfeksiyalovchi eritmani zarur kimyoviy reagentlar va osh tuzi bilan dastlabki konsentratsiyaga to'yintirish sharti bilan 5 martagacha ishlatishga ruxsat etiladi.
Brutsellyoz bilan zararlangan terilarni quruq osh tuzi bilan konservalab, 2 oy mobaynida taxlovlarda saqlash bilan dezinfeksiyalanadi. So'ngra ushbu terilarga odatdagi tartibda ishlov beriladi.
Vabo bilan zararlangan cho'chqa terilarini 5 % li kalsiyli soda eritmasi qo'shilgan tuzliqli eritmaga ishlov berish yo'li bilan dezinfeksiyalanadi. Terilar sk - 4, harorat 17-20°C bo'lgan eritmada 24 soat davomida ishlov berib, vaqt-vaqti bilan aralashtirib turiladi.
7.6.3. Kuya va terixo'r qo'ng'izlar bilan zararlangan teri xomashyosini dezinfeksiyalash
Bunday hollarda terilarga xlorofosning suvli eritmasi purkaladi. Xlorofos oq, kristallmoddabo'lib, maxsus hidga ega, yong'inga xavfsiz, suvda yaxshi eriydi. Charm xomashyosini dezinfeksiyalash uchun xlorofosning 1 % li suvdagi eritmasi qo'llaniladi. 11 eritmani tayyorlash uchun zarur bo'lgan xlorofos miqdori quyidagi formula bo'yicha aniqlanadi:
iocm
В Bunda: 1000 - suv miqdori, ml;
228
А - eritmaning zarur bo'lgan konsentratsiyasi, %
В - xlorofosdagi faol ta'sir etuvchi modda miqdori, %.
Xlorofos eritmasi lm2 teri maydoniga 0,04 1 hisobidan tayyorlanadi. Zahira uchun oldindan eritmani tayyorlab qo'yishga ruxsat etilmaydi. Terilarga ishlov berish uchun OPR ( pnevmotik), ORD (dezinfeksiyalovchi) va boshqa tipdagi purkagichlar tavsiya etiladi. Eritma charm xomashyosiga jun va mezdra tomonidan purkaladi. Xlorofosning ta'siri kuya va terixo'r qo'ng'izlar uchun 7-10 kun. Ishlov berilgan terilar tekislanadi va biri ikkinchisining ustiga qo'yib joylashtiriJadi. Dezinfeksiyalashdan so'ng, terming juni odatdagi tartibda quritiladi. Ishlov berilgan terilarga xlorofos salbiy ta'sir ko'rsatmaydi.
Charm xomashyosini xlorofos bilan ishlov berish, veterinar vrach rahbarligi ostida zaruriy ehtiyoj choralariga rioya qilgan holda amalga oshiriladi. Hamma xlorofosli ishlar xalat, rezinali qo'lqop va respiratorlarni kiyib olib borilishi kerak. Ish vaqtida ovqatlanish, suv ichish yoki chekish man etiladi. Xlorofos bilan ishlashda 18 yoshga to'lmaganlar, homilador ayollar va emizikli onalarga ruxsat etilmaydi. Kuyava terixo'r qo'ng'izlar bilan zararlangan katta miqdordagi charm xomashyo qabul qilinganda, dixloretan bilan kamerali dezinfeksiyalash usulini qo'llash mumkin. Kameralar charm xomashyosini yuklash va tushirishvositalari, shuningdek, dixloretanni purkash uchun moslamalar va ventilyatorlar bilan jihozlangan bo'lishi kerak. Xomashyo kameraga aravachalarga yuklanadi, dixloretan 1 m3 kamera hajmiga 600 g hisobidan purkaladi. Ishlov berish kameraning germetikligi sharti bilan 48 soat davom etadi. So'ngra terilar 2-3 soat davomida shamollatiladi va navlarga ajratish bo'limiga yuboriladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |