Saodat sadirova


Sibir yarasining sporalari yuqqan terilarni dezinfeksiyalash



Download 1,79 Mb.
bet112/133
Sana31.03.2022
Hajmi1,79 Mb.
#521535
1   ...   108   109   110   111   112   113   114   115   ...   133
Bog'liq
Чарм ва мўйна хомашиёларига дастлабкишлов бериш

7.6.1. Sibir yarasining sporalari yuqqan terilarni dezinfeksiyalash
Sibir yarali xomashyoni aniqlash bakteriologik va bakterioskopik usullar, shuningdek, Askoli uslubiga muvofiq pretsipitatsiya reaksiyasi bo'yicha amalga oshiriladi. Bu uslubning mohiyati shundaki, sibir yarasi kulturasi kiritilgan hayvondan olingan va maxsus tayyorlangan zardobni, tekshirilayotgan hayvon to'qimasidan olingan tortma bilan aralashtirilganda pretsipitat nomli cho'kma tushadi. Olingan tortma maxsus probirkalarda sibir yarali zardobga qavatlanadi. Agar tekshirilayotgan teri sibir yarasi yuqqan hayvondan shilingan bo'lsa, bunda ikki suyuqlik chegarasida cho'kkan oqsildan hosil bo'lgan oqishroq loyqaning halqalari hosil bo'ladi. Bu halqa darhol yoki tortma
226
qavatlanishining birinchi daqiqalarida hosil bo'ladi. Ikki suyuqlikning aralashib ketmasligi uchun, qavatlanishni ehtiyotkorlik bilan amalga oshirish lozim. Sibir yarasi yuqqanligi tasdiqlangan terilar dezinfeksiyalanishi shart. Sibir yarasining sporalari o'ta chidamli bo'lganligi sababli, ularni zararlantirish uchun kuchli ta'sir etuvchi dezinfeksiyalovchi moddalar talab etiladi. Bular esa o'z navbatida teriga shikast yetkazishi mumkin.
Sibir yarali charm xomashyosini dezinfeksiyalash uchun bir necha uslublar tavsiya etilgan. Bulardan Shattenfro usuli ko'proq tarqalgan. Mazkur usulga muvofiq xomashyo 2 % xlorid kislotasi va 10 % natriy xlordan iborat pikel suyuqligida dezinfeksiyalanadi. Dezinfeksiyalash 40 soat davomida + 30°C haroratda va suyuqlik koeffitsenti = 10 da olib boriladi. Quruq usulda konservalangan yirik charm xomashyosi dezinfeksiyalashdan oldin 0,05 % li xlorid kislota eritmasi va 5 % li natriy xlor eritmasida sk = 5 ivitiladi. Ivitish + 30° С haroratda 48 soat davom etadi. Dezinfeksiyalash jarayonida har 3-4 soatda terilarga mexanik ta'sir o'tkazilishi zarur. Dezinfeksiyalangan terilardagi suyuqlikni ketkazish uchun ular 2-3 soat davomida taxmonlarga joylashtiriladi. Shundan so'ng 6 % li natriy xlor eritmasiga, xomashyo massasidan 0,5 % miqdorda natriy karbid qo'shib terilar neytrallanadi. Jarayon 30°C harorat va sk=4 olib boriladi. Pikelni boshlang'ich konsentratsiyaga to'yintirib, uch marta qayta ishlatishga ruxsat beriladi. Charm xomashyosini ivitishdan so'ng eritmani xlorli ohak bilan dezinfeksiyalash tavsiya etiladi.
Dezinfeksiyalash maxsus kamerada olib boriladi. Kamera ikki bo'limga ajratilgan xonalardan iborat bo'lib, biri zararlangan xomashyo uchun, ikkinchisi dezinfeksiyalangan terilar uchun mo'ljallangan.
Dezinfeksiyalash kamerasining devor va pollari suv o'tkazmaydigan (kafel plitalari bilan qoplangan) bo'lishi lozim. Dezinfeksiyalash, yaxshisi, parrakli barkaslarda o'tkazilsa maqsadga muvofiq bo'ladi.
Sibir yarasi yuzaki yuqqan terilarni dezinfeksiyalashda konservalash usulidan qat'iy nazar, geksaftorsilikat natriyning nordonlashtirilgan eritmasi qo'Uaniladi. Bu usuldan pretsitatsiya reaktsiyasi tasdiqlangan terilarni dezinfeksiyalashda foydalanilmaydi.
Xomashyoni dezinfeksiyalash 1 % li geksaftorsilikat natriy, 0,7 % li sulfat kislota va 10 % li natriy xlor eritmalarining aralashmasida sk=10,
227
+35°C haroratda olib boriladi. So'ngra neytrallanish jarayoniga yuboriladi.

Download 1,79 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   108   109   110   111   112   113   114   115   ...   133




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish