Saodat sadirova


Konservalashning yangi usullari



Download 1,79 Mb.
bet110/133
Sana31.03.2022
Hajmi1,79 Mb.
#521535
1   ...   106   107   108   109   110   111   112   113   ...   133
Bog'liq
Чарм ва мўйна хомашиёларига дастлабкишлов бериш

7.5.10. Konservalashning yangi usullari
Hozirgi kunda xomashyoni konservalashning yangi usullarini yaratish va amalda qo'llabkelinayotganlarini takomillashtirish bo'yicha samarali ishlar olib borilmoqda. Bunda asosiy e'tibor xomashyoning sifatini saqlagan holda, uning narxi oshmasligi, jarayonlarni mexanizatsiyalashtirish va tezlashtirish, oqava suvlar ifloslanishini kamaytirish va ularni tozalashni soddalashtirishga qaratilgan. Ushbu yo'nalish bo'yicha mamlakatimizda va xorijiy davlatlarda olib borilgan ishlar ijobiy natijalar bermoqda.
Germaniyada konservalash go'lakda olib boriladi. Konservalash tuzliq usuli bilan amalga oshiriladi. Goiakni uzoq muddatda saqlash uchun tuzliq eritmasiga 0,5 dan 1 % gacha xlorkrezol qo'shiladi. Shuningdek, konservalangan go'lakning sifatini oshirish uchun natriy nitrat va ammoniy sulfatning ta'siri ham o'rganilgan.
Chexiya olimlarining xomashyoni konservalash bo'yicha olib borilgan ishlarida osh tuzi bilan natriy karbonat, naftalin hamda rux tuzlari, kaliy fosfat va bor kislotasi qo'llanilgan. Natijada ijobiy ko'rsatkichlar olingan.
Yuqorida terilarni konservalashning turli xil usullari yangi shilingan xomashyoni charm zavodlariga ishlov berish uchun qabul qilinganiga qadar uning qimmatli xossalarini saqlashga yo'naltirilgan. Ammo so'nggi yillarda charm va mo'yna xomashyosiga dastlabki ishlov berishning boshqa yo'nalishlari haqida yangi ishlar va takliflar tavsiya qilinmoqda.
Terilarga ishlov berishning yangi takomillashgan usullaridan biri yangi shilingan xomashyoni go'sht kombinatlarida junsizlantirish
222
hisoblanadi. Bu holda konservalash kabi mehnat hajmi katta jarayonni olib borish zarurati qolmaydi, materiallar sarfi kamayadi, charm zavodlarida bir qator jarayonlar o'tkazilmaydi. Bu muammoni hal etish uchun ivitish-kullash jarayonlarining bir qismini go'sht kombinatlariga ko'chirish maqsadga muvofiqdir. Yirik go'sht kombinatlarining maxsus sexlari pikellangan va, hatto xromli yarim mahsulotni ishlab chiqarishi, so'ngra charm zavodlariga topshirishni nazarda tutadi. Bu charm xomashyosidan unumli foydalanish va sifatni keskin oshirish imkonini beradi.
Ushbu muammoni yechishning у ana bir yo'li xomashyoni go'lak bosqichigacha charm xomashyosi korxonalarida ishlov berish, so'ngra batamom ishlov berish uchun charm zavodlariga uzatish hisoblanadi. Yangi shilingan xomashyoga dastlabki ishlov berishning ко'rib chiqilgan variantlari ikkala holatda ham konservalash jarayonlarini to'liq chiqarib tashlaydi va shu yo'sinda standart xossalarga ega bo'lgan, yarimmahsulot olish imkonini yaratadi. Masalaning bunday qo'yilishi charm xomashyosi chiqindilaridan unumli foydalanishni ta'minlaydi, ishlov berish va tayyor charmni ishlatish sifatini keskin yaxshilash, shuningdek, charm zavodlarining asosiy jarayonlarini to'liq mexanizatsiyalashtirish imkonini beradi.
Rossiyaning ba'zi go'sht kombinatlarida mollarni qabul qilish va so'yish aniq tashkil etilgan bo'lib, bir xil turdagi va massadagi terilarni shilish tufayli 30 % gacha xomashyo charm zavodlariga yangi shilingan holatda topshiriladi.
Belarussiyaning ayrim go'sht kombinatlarida charm xomashyosini natriy geksaftorsilikatning sovutilgan eritmasi bilan qisqa muddatli konservalash joriy etilgan. Shuningdek, qator korxonalarda charm xomashyosini vaqtinchalik saqlash uchun xomashyoni faqat tuzliqda antiseptiklar ishtirokida ishlov berib, keyingi bosqichda tuzlamasdan konservalash bo'yicha o'tkazilgan sinovlar yaxshi natija berdi.
Qozog'istonda quruq konservalovchi aralashmani teriga surkash uchun Ya8-FOV rusumli kombayn va konservalashdan so'ng, har bir terini rulon shaklida o'rash hamda taxmonlarga joylashtirish bo'yicha konveyer liniyasi ishlab chiqilgan. Shuningdek, cho'chqa terilarini Ya8-FKM rusumli maxsus aylanuvchan barabanlarda quruq tuzlab
223
konservalashning yangi texnologiyasi ishlab chiqilgan. Uning qo'llanilishi vaqt va materiallarni tejashni ta'minlaydi, xomashyo va materiallarni yuklash va tushirishning mexanizatsiyalashtirilgani mehnat unumdorligim keskin oshiradi va konservalash sifatini yaxshilashga ko'maklashadi. Hozirgi kunda Ya8-FOV kombaynlari va Ya8-FKM barabanlari Qozog'istonning bir qator korxonalarida joriy etilgan.
Charm xomashyosiga dastlabki ishlov berishni takomillashtirish sohasida yana bir ravnaqli yo'nalish charm zavodlariga terilarni yangi shilingan yoki sovutilgan holatda topshirishning ilg'or usulini ishlab chiqish hisoblanadi.
Mol so'yilgandan so'ng, shilingan terini tez fursatda 2°C sovutish uni 20 kungacha taxlovlarda saqlash inikoni beradi. Ushbu usul Germaniya va Chexiya davlatlarida qoilanilib kelinmoqda.
Turli davlatlarda qisqa muddatli konservalashga ko'proq e'tibor qaratilyapti. Masalan, Shvetsiyada yangi shilingan terilarni qisqa muddatli konservalash natriy sulfit va natriy gidrosulfit aralashmasi (2 va 4 % xomashyo massasidan) bilan amalga oshiriladi. Saqlash muddati 5 hafta. AQShda terilarni qo'zg'aluvchan barabanda 10-60 daqiqa davomida, tarkibi 1 % natriy sulfit va 1-3 % sirka kislotasi saqlagan eritma bilan konservalash usuli ishlab chiqilgan. Shundan so'ng terilar yopiq qutilarda yoki polietilen paketlarda 1 dan 4 haftagacha saqlanadi.
Avstriyada qisqa muddatli konservalash uchun natriy xlorid va rux xlorid aralashmasidan (faol modda yangi shilingan teri massasiga nisbatan 3 %) foydalanib, xomashyo barabanda ishlov beriladi.
Moskva veterenariya akademiyasida teri, po'stin hamda mo'yna xomashyosi osh tuzisiz, konservant sifatida bakteretsid xossalarga ega bo'lgan etilenglikolningpolimerlarini qo'llabkonservalash bo'yicha ishlar olib borilib, samarali natijalarga erishilgan. Tavsiya etilgan konservantlar nafaqat bakteritsid ta'sirni namoyon etadi, balki avtoliz va chirish jarayonlarining oldini oladi. Shuningdek, kollagen bilan bog'lanib, derma strukturasini barqarorlashtiradi.
Oxirgi yillarda charm va mo'yna xomashyosiga dastlabki ishlov berishningkamchiqimli texnologiyasini yaratishga ko'p e'tibor berilyapti. Bu ishlar bir tomondan teri konturini tekislash - konturlash yo'li bilan xomashyodan foydalanishni yaxshilashga yo'naltirilgan bo'lib,
224
ishlab chiqarishda ilg'or texnologiyani qo'llashni osonlashtiradi, ikkinchi tomondan teri chiqindilari - qimmatli oqsil mahsulotlarini yanada unumliroq yig'ish va foydalanish imkonini yaratadi. Teri qirqimlari va xomashyoning boshqa chiqindilari chorvachilik uchun oqsilli yem ishlab chiqarishda qo'llaniladi.

Download 1,79 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   106   107   108   109   110   111   112   113   ...   133




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish