IV.BOB.HAYOT FAOLIYAT XAVFSIZLIGI. IV.1.Kon ekologiyasi. Kochbulok konidan foydali qazilmani qazib olish uchun, burg‘ilash – portlatish ishlari olib boriladi. Burg‘ilash – portlatish ishlarida har xil chang va gazlardan atrof muhitni ifloslanishini oldini olish kerak. Bunday ifloslanishlar natijasida ekologik muammolar vujudga keladi. Buni oldini olish mafqsadida portlatishdan oldin suv sepiladi, so‘ngra portlatish ishlari olib boriladi.
Qazib yuklash ishlarida libedkadan ma’lum miqdorda chang ko‘tariladi. CHang to‘zishini oldini olish uchun vaqti vaqti bilan suv sepib turiladi. Buning oqibatida ekologik muammolar kelib chiqadi.
Rudnikdan chiqayotgan puch tog‘ jinslarini ag‘darmaga joylashtirishda shamol yo‘nalishi oldin aniqlanib so‘ngra aholi yashash punktiga teskari yo‘nalishda ag‘darma hosil qilinadi. Sabab shuki ag‘darma hosil qilishda texnikalarni ishlashi tufayli ko‘plab chang va zararli gazlar ajralib chiqadi. Bu xam katta ekollogik muammolar turiga kiradi. Qolaversa hammma transportdan chiqayotgan zaharli gazlarni zararsizlantirish kerak. Foydali qazilmaning olib borishning barcha usullari uchun konchilik ishlab chiqarishning biosferaga hamda uning barcha elementlari: suv va havo havzasi, er usti va er osti tabiiy boyliklari, o‘simlik va hayvonot dunyosiga etkazadigan salbiy ta’siri mavjudligi bilan xarakterlidir. Bunday salbiy ta’sirlar asosan ikki xil shaklda namoyon bo‘ladi6
- biosfera resurslarining sarflanishi.
Birinchi shakl uchun turli fraksiyali tarkibidagi qattiq moddalar, suyuq faza, gaz va har xil turdagi energiyalar ajralib chiqishi xarakterlidir.
- ikkinchi shaklga er resurslarinig o‘zlashtirilishi, foydali qazilma o‘simlik va suv resurslarining sarflanishi kiradi.
Konchilik ishlab chiqarishning biosferaga bevosita va bil vosita ta’sirlari farqlanadi. Bilvosita ta’sir zonasining o‘lchamlari bevosita ta’sir zonasiga qaraganda ancha katta bo‘ladi, odatda bu zonada faqatgina biosfera elementlarigina emas bevosita ta’sirga uchragan boshqa elementlar ham ta’sirlanadi.
Kon qazib olish korxonasi joylashgan zonalardagi biosfera holatini taxlil qilish shuni ko‘rsatadiki, konchilik sanoatini atrof – muhitga ta’sirini samarali kamaytirish bo‘yicha tadbirlar qo‘llanishi va sanoatda amalga oshiriladigan kon – ekologik monitoringi amalag oshirish mumkin, demak, “Kon – ekologik monitoringi “ ning ta’rifi atrof – muhit holatini baholashga mahsus axborot – taxliliy tizimlarda nazorat qilib borish kabi berilgan.
Konchilik korxonasining atrof – muhitga ta’sirini oldini olishda kon – ekologik monitoringi tizimini to‘g‘ri olib borish kerak. Sabab birgina o‘sha kon korxonadan atrof – muhitga bo‘lgan ta’siri emas, shu korxonaga tegishli barcha kattayu – kichik sexlar va kichik ishlab chiqarish korxonalarining atrof – muhitga etkazadigan turli ko‘rinishdagi ta’sirlarini ham hisobga olishimiz zarur va shartdir.
Rudnikga ta’sir etuvchi manbalar:
Rudnikning o‘zi.
Tashqi tashlamalar.
Transport komunikatsiya.
Ta’sir turlari:
Rudnik uchun:
Erning begonalashishi va landshaftning buzilishi.
Rudnik maydoninig quritilishi va suvlarni chiqarib tashlanishi.
Burg‘ilash portlatish va transport – yuk tashish ishlarida chang – gazning ajralib chiqishi
Radiaksion ta’sirlar.
Tashqi toshmalar uchun:
Erning begonalashashishi va landshaftning buzilishi.
CHang va gazlarning havo havzasini ifloslantirish.
Tashlama jinslarning eruvchan mahsulotlaridan suv havzalarning ifloslanishi.
Eroziya va erish mahsulotlaridan qatlamlarni zararlantirish.
Transport komunikatsiyalari uchun:
Avtotransport harakatidan havoning gaz – changdan ifloslanishi.