IV.2.Mehnat muhofasi va texnika xavfsizligi.
Har bir konni ishga tushirish uchun avval uning loyihasi ishlangan bo‘lishi shart. Loyiha shu sohaga tegishli bo‘lgan loyihalash muassasasida ishlab chiqiladi va yuqori tashkilot tomonidan tasdiqlanadi.Konchilik korxonasini qurish va konni ishlab borish shu tasdiqlangan loyiha bo‘yicha amalga oshiriladi. Tasdiqlangan loyiha bo‘lmasa konni ishga tushirilishiga ruhsat berilmaydi.
Yer ostida konchilik ishlarini olib borishda shaxtaning o‘ziga xos xususiyati bor. Bu xususiyat er ostidagi kon sharoitlaridan kelib chihadi.
Yer ostida ish joyi ko‘pincha tor bo‘ladi. Bu esa mehnat harakatini qiyinlashtiradi. Ish joyida va umuman er ostida tabiiy yorug‘likning yo‘qligi va shu sababli sun’iy yoritishning zarurligi kon bosimining ta’siri va atrofning I o‘pirilish ehtimoli, kon jinslarining orasidan zaharli va xavfli gazlarning chiqishi, er osti kon inshootlariga sun’iy yo‘l bilan toza havoni yetkazib berish, yer osti suvining chiqishi va shu kabilarni yer osti ishlarini bajarishda albatta inobatga olish zarur.
Shuning uchun konchilik ishlarida xavfsizlik va mehnat muhofazasini ta’minlash qonun-qoidalariga amal qilish shart hisoblanadi. Shuningdek xavfsizlik va mehnat muhofazasini ta’minlashga doir «Yer ostida ma’dan, ma’danmas va sochma konlarni ishlab chiqarishdagi xavfsizlikning yagona qoidalari», «Ko‘mir va slanets konlarini ishlab chiqarishda xavfsizlik qoidalari» kabi qo‘llanmalar mavjud. Bulardan tashqari shu qoidalar asosida ishlab chiqilgan turli ko‘rsatmalar ham bor. Ko‘rsatmalarda xavfsizlik qoidalarini to‘g‘ri bajarish uchun qanday ishlar qilinishi kerakligi bayon etiladi. Masalan, portlatish ishini qanday bajarish qoidasi bor, lekin bu qoida bo‘yicha portlatishni to‘g’ri bajarish haqida ham ko‘rsatma ishlab chiqilgan. Konda ishlovchilarga har bir ishchining kasbiga taalluqli bo‘lgan qoidalar asosida maxsus mashg’ulotlar tashkil qilinadi.
Qoidaga rioya qilinmaganda noxush hodisa ro‘y bersa, shu qoidani buzgan yoki bajarmagan ishchi aybdor hisoblanadi va tegishli javobgarlikka tortiladi. Qoidalarga rioya qilish ishchi hali konga tushmasidan oldin boshlanadi. Er ostiga tushadigan hamma ishchilarga shaxsiy foy-dalanish uchun yoritish asbobi (lampa), ish kiyimlari, qo‘lqop beriladi.
Konga tushayotgan va undan qaytib chiqqanlar birma-bir hisobga olinadi. Ish vaqti tamom bo‘lgandan keyin mabodo bironta ishchi 2 soat davomida qaytib chiqmasa, bu haqda tegishli rahbarlarga xabar qilinadi hamda qidiriladi.
Yer ostidagi har bir konda kamida ikkita chiqish joyi bo‘lishi shart. Shu chiqish joyi (stvol yoki shtolnya)ni er ostida ishlaydigan hamma konchilar bilishi kerak. Ishchilarga oson bo‘lishi uchun lahimlarda va o‘yilmalarda, bir-birini kesib o‘tgan joylarda yo‘l ko‘rsatkichlar o‘rnatib qo‘yiladi.
Agar konda gaz yoki portlaydigan chang bo‘yicha xavf bo‘lsa, unda har bitta ishchiga zaharli gazdan o‘z-o‘zini himoya qiladigan asbob (apparat) beriladi.
Konda shikastlanish yoki halokat yuz berganda uni bar-taraf qilish rejasi oldindan belgilab qo‘yiladi. Reja bilan ishchilar tanishtiriladi va shikastlanish ro‘y ber-ganda kim nima qilishi lozimligi tushuntiriladi. Bundan tashqari har bir ish joyida yoki uning yaqinida yuz bergan hodisa haqida xabar berish uchun telefon o‘rnatiladi. Bundan tashqari ish joyi yaxshi shamollatilgan, yoritilgan hamda xavfsiz holatda bo‘lishi kerak.
Ishchi ish boshlashdan avval ish joyini birma-bir ko‘zdan kechirishi lozim. Agar hech qanday xavf yo‘qligiga ishonch hosil qilsa, ishni boshlash kerak. Aksincha, xavf sezilsa buni darhol boshliqqa xabar qilish zarur. Ishchi o‘z kuchi va imkoniyati bilan xavfni bartaraf qilishgaurinib ko‘rishi tavsiya qilinadi. Ishchilar ruxsat etilgan lahimlardagina piyoda yurishlari mumkin. Shu maqsadda lahimlarning bir tomonida yurish joyi belgilanadi va tekislab ho‘yiladi yoki taxta yotqiziladi.
Yurish joyining eni tashish vositalaridan 0,7 m dan kam bo‘lmagan oraliqda bo‘lishi kerak. Agar lahim faqat yuk tashish uchun belgilangan bo‘lsa, bu lahimda odamlarning piyoda yurishi mumkin emas. Ishchilarning yurishi uchun yuk tashish lahimlariga parallel qilib boshha lahim qaziladi.
Temir yo‘l izidan yurilmagani ma’hul, chunki bu ma’-lum darajada xavfli. Lahimlar bo‘ylab osilgan elektr simni qo‘l bilan ushlash man etiladi. Umuman, elektr huvvatidan foydalanib ishlaydigan asboblarga rezinka qo‘lqopsiz ho‘l tegizmaslik kerak.
Lahimlarning eng kichik yuzasi hoida bo‘yicha belgilab ho‘yilgan. Lahim yog‘och yoki metall bilan mustahkamlangan bo‘lsa, tashish va shamollatish lahimlarining yuzasi 4 m dan kam bo‘lmasligi kerak. Agar beton bilan mus-tahkamlangan bo‘lsa, 3,5 m bo‘lishi mumkin.
Lahimning ichki balandligi temir yo‘l izining rels yuzasidan o‘lchanadi va shu balandlik norma bo‘yicha 1,8—2 m dan kam bo‘lmasligi kerak.
Yer osti inshootlarini shamollatishda havoning harakat tezligi juda kam bo‘lsa, unda shamollatish susayib ketadi va, aksincha, ko‘p bo‘lsa ishchilar shamollab qolishlari mumkin hamda lahimlardagi yig‘ilib yotgan ruda changi ko‘tarilib, havoni ortiqcha zararlantiradi.
SHuning uchun havo harakati tezligi:
a)rudani qazib oluvchi va tayyorlovchi lahimlarda — 4
m/s;
b) kvershlag va bosh tashish lahimlarida — 8 m/s;
v) boshqa lahimlarda —6 m/s;
g) ishchilarni tushiruvchi-chiqaruvchi stvolda —8 m/s;
d) faqat yuk ko‘taruvchi-tushiruvchi stvolda —12 m/s;
e) shamollatuvchi stvolda —15 m/s;
Havo harakatining eng kichik tezligi 0,25—0,5 m/s bo‘lib, bundan kichik tezlikka ruxsat etilmagan.
Yer osti lahimlarini shamollatishda kamida ikkita bosh ventilyator o‘rnatiladi. Biri ishlab turadi, ikkin-, chisi zahirada turadi. Agar turli sabab bilan ventilya-torning ishlashi to‘xtab qolsa, barcha odamlar er ostidan olib chiqiladi.
Yer ostiga yuboriladigan havoning me’yoriy tarkibi quyidagicha bo‘lishi kerak: kislorod —20 foiz, karbonat angidrid —0,5 foiz, har bir odamga zarur bo‘lgan toza havo miqdori 6 M3 /min dan kam bo‘lmasligi shart.
Ishchilarni konga tushishi va undan chiqishi uchun belgilangan kletning tagi va ikkala yon tomoni bir tekis pana bo‘lishi kerak. Kletga kirish-chiqish tomon-lari kletning ichiga ochiladigan eshiklar bilan to‘-siladi. Ishchilarni kletga kirib-chiqishini, harakatni nazorat qiluvchi ishchi belgilaydi. Nazoratchining ruxsatisiz kletga ishchilarning kirib-chiqishi mumkin emas. Klet batamom to‘xtamuguncha undan chiqish yoki kirish man qilinadi.
Kletning 1 m2 yuzasiga 5 kishining sig‘ishi mo‘ljal-langan, ya’ni har bitta odamning turishiga 0,2 m2 may-doncha ajratiladi. Stvol bo‘ylab kletning harakat tezligi 12 m/sbo‘lishi mumkin deb ko‘rsatilgan.
Xavfsizlik qoidalarining bajarilishi va ularga to‘la rioya qilinishini nazorat qilishni umumtashkilot «Sanoatda xavfsiz ish olib borish va konchilik ishlarining borishini nazorat qilish» Davlat qo‘mitasiga yuklangan.
Respublika qo‘mitasi joylarda nazorat ishlarini olib boruvchi inspektor-xodimlar tayinlaydi. Kon ishlari xavfsizlik jihatdan qanday olib borilishini nazorat qilish uchun, qo‘mita xodimlariga keng huquq, vakolat berilgan. Xavfsizlik qoidalari buzilgan yoki noto‘g‘ri qo‘llanib ish olib borilgan holatda xodim kon rahbarlarini ogohlantiradi. Agar qoida qo‘pol ravishda buzilsa, aybdor kishiga jarima solinadi. Tegishli joydagi ishni davom ettirish to‘xtatib ho‘yilishi mum-kin.
Qanday ish bo‘lishidan qat’i nazar, uning xavfsizligi birinchi o‘ringa ho‘yilishi zarur. SHundagina erishilgan natija honiharli bo‘lishi mumkin va qilingan sarf-xa-rajatlar oqlangan bo‘ladi. Bu har bir shaxsning mehnat intizomiga bog‘liqdir.
Ushbu Qonunning maqsadi xavfli ishlab chiqarish ob’ektlarining sanoat xavfsizligi (bundan buyon matnda sanoat xavfsizligi deb yuritiladi) sohasidagi munosabatlarni tartibga solishdan iborat.
Sanoat xavfsizligi to‘g‘risidagi qonun hujjatlari
Sanoat xavfsizligi to‘g‘risidagi qonun hujjatlari ushbu Qonun va boshqa qonun hujjatlaridan iboratdir.
Agar O‘zbekiston Respublikasining xalqaro shartnomasida O‘zbekiston Respublikasining sanoat xavfsizligi to‘g‘risidagi qonun hujjatlarida nazarda tutilganidan boshqacha qoidalar belgilangan bo‘lsa, xalqaro shartnoma qoidalari qo‘llaniladi.
Sanoat xavfsizligi. Avariya va noxush hodisa
Sanoat xavfsizligi shaxs va jamiyat hayotiy muhim manfaatlarining xavfli ishlab chiqarish ob’ektlaridagi avariyalar va noxush hodisalardan hamda ularning oqibatlaridan himoyalanganlik holatidir.
Xavfli ishlab chiqarish ob’ektlaridagi avariya inshootlar va (yoki) xavfli ishlab chiqarish ob’ektlarida qo‘llaniladigan texnika qurilmalarining buzilishi, nazorat qilib bo‘lmaydigan portlash va (yoki) xavfli moddalar ajralib chiqishidir.
Xavfli ishlab chiqarish ob’ektlaridagi noxush hodisa xavfli ishlab chiqarish ob’ektlarida qo‘llaniladigan texnika qurilmalarining ishdan chiqishi yoki shikastlanishi, texnologiya jarayoni rejimidan chetga chiqish, sanoat xavfsizligi sohasidagi qonun hujjatlarida, shuningdek, normativ texnik hujjatlarda ko‘rsatilgan talablarning buzilishidir.
Xavfli ishlab chiqarish ob’ektlari
Xavfli ishlab chiqarish ob’ektlari jumlasiga:
1) quyidagi xavfli moddalar:
portlash-yong‘in xavfi bo‘lgan muhitni yuzaga keltirishi mumkin bo‘lgan moddalar;
tasdiqlangan standartlarga muvofiq tirik organizmga ta’sir qilish darajasiga ko‘ra I, II va III xavflilik darajalariga (o‘ta xavfli, yuqori darajada xavfli va o‘rtacha darajada xavfli) mansub zararli moddalar;
muayyan turdagi tashqi ta’sir chog‘ida issiqlik ajratgan va gazlar hosil qilgan holda o‘z-o‘zidan juda tez tarqaladigan kimyoviy o‘zgaruvchan portlovchi moddalar;
inson sog‘lig‘i va atrof muhit uchun xavfli konsentratsiyali moddalar mavjud bo‘lgan ishlab chiqarish chiqindilari foydalaniladigan, ishlab chiqariladigan, qayta ishlanadigan, hosil qilinadigan, saqlanadigan, tashiladigan, yo‘q qilinadigan;
2) 0,07 megapaskaldan ortiq bosim ostida yoki ishlatiladigan suyuqlikning normal atmosfera bosimidagi qaynash haroratidan ortiq haroratda ishlaydigan uskunalardan foydalaniladigan;
3) ko‘chmas asosga o‘rnatilgan yuk ko‘tarish mexanizmlari, eskalatorlar, osma yo‘llar, funikulyorlardan (tog‘ temir yo‘llaridan) foydalaniladigan;
4) qora va rangli metallar eritmalari hamda ushbu eritmalar asosida qotishmalar olinadigan;
5) konchilik ishlari, foydali qazilmalarni qazib olish va boyitish ishlari, shuningdek er osti sharoitida ish olib boriladigan korxonalar yoki ularning sexlari, uchastkalari, maydonchalari, shuningdek boshqa ishlab chiqarish ob’ektlari kiradi.
Xavfli ishlab chiqarish ob’ektlarini hisobga olish va identifikatsiyalash
Xavfli ishlab chiqarish ob’ektlari sanoat xavfsizligi sohasidagi maxsus vakolatli davlat organi (bundan buyon matnda maxsus vakolatli davlat organi deb yuritiladi) tomonidan xavfli ishlab chiqarish ob’ektlarining davlat reestrida albatta hisobga olinadi.
Oldingi tahrirga qarang.
Xavfli ishlab chiqarish ob’ektlarini hisobga olish va ularning davlat reestrini yuritish tartibi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan belgilanadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |