Hududdagi foydali qazilmalar va ularning mineralogik tarkibi.
Angren tog‘-kon ma’danli hududi foydali qazilmalarga juda boy ekanligi qadimdan ma’lum. Hududda oltin, mis, polimetall va boshqa foydali qazilmalar zahiralarining ochiq holatdagi tog‘ xom ashyo bazasi muhim ahamiyatga ega hisoblangan sanoat miqyosidagi qazilma konlarni tashkil etadi.
K-42-117-A varaqda geologik o‘rganilishda (F.G.G‘ulomov va boshqalar, 1975 yil) turli xil masshtabda xosil bo‘ladigan 234 ta ma’danli konlarni belgilab berilgan, bunda 76 tasi mis va molibden koni, vismut va boshqa bir qator metall konlari, 41 tasi qo‘rg‘oshin, kumush va ruh konlari, 95 tasi oltin va 6 tasi alunit va boshqa ma’dan konlaridan tashkil topganligi qayd qilingan. Bundan tashqari metal bo‘lmagan foydali qazilmalar konlari mavjud (tosh ko‘mir, shpat, kaolin va boshqalar), qurilish materiallari xom ashyosi (g‘isht xom ashyosi, qum-shag‘al materiallari xom ashyosi, sement xom ashyosi va boshqalar) va taqinchoq tayyorlanuvchi toshlar qazib olinadi.
I.2.Kon-texnik tavsifi.
Ko‘chbuloq ma’dan maydoni Qurama tog‘ining shimoliy yonbag‘rida, Nishboshsoy va Go‘shtsoy oralig‘ida joylashgan. Bu kon gorizontal shtolnya va ko’r bilan ochilgan.Ko’r stvoldan qazib olingan kon massasini ko’tarish va ishchilarni ,materiallarni tushirish , shamollatish va zaxiradagi chiqish yo’li bo’lib xizmat kiladi.
Ko’chbuloq sanoat maydonchasida konning asosiy uskunalari-estakada(porodnaya),kompressor qurilmalari,katelni, tamirlash omborlari , boshqa suv yig’ish va tozalash inshoatlari , ko’chbuloq konining boshqaruv binolari joylashgan.
Umumiy yer maydoni 67 gektarni tashkil qiladi.Joy maydonlarini egallab turuvchi binolar, inshoatlar va boshka
qurilmalarning ro’yxati jadvalda keltirilgan.
jadval
Joy maydonlari nomi
|
Maydoni, ga
|
Rudnik «Ko’chbuloq» jami:
|
16,279
|
SHu bilan birga:
|
|
«Kapitalnaya»shtolnyasi sanoatmaydonchasi
|
3,702
|
Tozalash qurilmalari
|
12,178
|
Suv yig’ish qurilmalari
|
0.399
|
Uchastka Semg’uran»
|
10.496
|
Karyer «Uzun-2»
|
23,952
|
Jami
|
67
|
Ko’chbuloq konida asosiy ruda tarkibli tog’ jinslari bo’lib slanets, xlorit tarkibli kvars-seretsit, seonit –dioritli porfirit.Ruda tarkibiga ko’ra Ko’chbuloq koni kamsulfadli (0.5-5%)turiga oltin-kvarsli rudalar turiga kiradi.Ruda tanalari murakkab,tomirsimon kvarsli semintitli aralashuvchan va rudali menerallar kvarslashadi.
Gorizontal shtolnya va ko’r stvol asosan kon massasini yuqoriga ko’tarish, ishchilarni, materiallarni,jixozlarni va kon laximlarini shamollatish uchun tozza xavoni junatish uchun xizmat kiladi.
Kon massasi vagonlarda elektrovozlar yoordamida tashiladi.Ruda vaktinchalik omborga kiyinchalik ZIFga avtosamosvallar bilan tashiladi,puch tog’ jinsi esa ag’darmaga to’kiladi.
Mexanik tamirlash uchastkasida vagonlarni, shaxta uskunalarini tamirlanadi.Bu ustaxona metallarni qayta ishlovchi stanoklar va payvandlash aparatlari bilan jixozlangan.
Temirchi ustaxonalari esa asosan koksdan foydalaniladi.
Arralash- randalash ustaxonasida yog’och maxsulotlarini qayta ishlab mustaxkamlagichlar tayyoorlanadi. Ko’chbuloq sanoat maydonchasida suvni isitish uchun kotelni uchta kamkrali DKVR 4\13(kolgan ikitasi zaxiradagi) bor. Bu katelnilarda Angren qo’ng’ir ko’miri yoqiladi.Xozirgi vaktda bu katelnii ishlamaydi.Uning o’rniga tabiy gaz kelgan.
Shaxta suvlarining yillik xajmi 384 ming m3\yil.Bu shaxta suvlarining kimyoviy tarkibi texnik ishlar uchun yaroqli deb tasdiqlangan.
Ko’chbuloq shaxtasi suvlari malum vaqt tindirgichda tindirilgandan so’ng 120 m3li xovuzga nasoslar bilan qaytadan suriladi so’ng bu suvlar zakladka kompleksiga zakladka korishmalarini tayyoorlash uchun ishlatiladi.
Ko’chbuloq shaxta suvlari malum vaqt tindirilgandan so’ng qayta ishlatish uchun shpur va skvajinalarni burg’ulash, kon laximlariga sepish(oroshshenie)uchun ishlatiladi.Qolgan qismi esa xujalik ishlarida va undan qolgani xujalik kanalizatsiyasi tizimiga tashlanadi.
Rudani qayta ishlash tillani boyituvchi fabrika tomonidan amalga oshiriladi.Bu fabrikaning loyixaviy unumdorligi 600 ming tonna\yil.Fabrika Ko’chbuloq va Qizil-olma konlari rudalarini qayta ishlaydi.Fabrika tarkibiga :shu fabrikaning o’zi, xvost xo’jaligi, markaziy mexanik –tamirlash sexi.
Konning yillik ishlab chiqarish quvvati 150ming tonna/yil .Rudaning o’rtacha gorizantal qalinligi m=2m, tog’ jinsi zichligi y=2,63t/m3, maydalanish koeffitsiyenti kp=1,8.Tog’ jinslarining mustahkamlik koeffitsiyenti f=14-16.
Hozirgi kunda shaxtada elektrovoz 7KR qo’llaniladi,vagonetka sifatida VG2,2 rusumli vagonetka ishlab kelmoqda va Rels 24 o’rnatilgan.Yuklovchi mashinalar sifatida PPN-1C qo’llaniladi.Burgulovchi qurilmalardan PP55V va PP63 V lar ishlatiladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |