II.BOB.KO’CHBULOQ SHAXTASIDA KON ISHLARI HOLATI.
II.1. Konni ochish va tayyorlash.
Konni ochish usulini tanlash eng asosiy jarayon hisoblanadi.U bir qancha omillarga bog’liq holda tanlanadi. Ko’chbuloq koni kombinatsiyalashtirilgan usulda ochilgan bo’lib bu ochish usulining mohiyati shundan iboratki,konning yuqori qismi bitta ochuvchi bosh lahim bilan ochilsa,pastki qismi esa boshqa lahim bilan ochilib rudani har ikkala ochuvchi lahimlaridan yer yuzasiga chiqariladi.Ko’chbuloq konini ochish dastlab kapital shtolnya o‘tilib,keyin ko’r stvol tushirilib,so’ngra 4 ta gorizontga bo’lingan.Shtolnya uzunligi 600 m bo’lib, ko’ndalang keim yuzasi 7.84 m2 ni tashkil etadi. Hozirgi kunda eng uzun gorizont +880-gorizont bo’lib,uning uzunligi 3.4 km ni tashkil etadi.Shtolnya bilan ochish boshqa ochish usullariga nisbatan qator afzalliklarga ega.Shuning uchun yer yuzasi relyefi va konning yotqizilish sharoiti shtolnya bilan ochishga imkon bersa,bu usul qulayligi bilan o’zining samaradorligini ko’rsatadi. Shtolnyalar og‘zini shunday joyga joylashtirish kerakki unga bahorgi, kuzgi yomgir, sel suvlari kira olmaydigan bo‘lishi kerak. Shtolnya og‘ziga yaqin sanoat maydonchasini o‘lchami unga joylashtiriladigan bino inshoatlarini qurishga yetarli maydonchaga keladigan transport yo‘li qulay joylashgan bo‘lishi kerak.
Ko’chbuloq koni shtolnyasi og’zi eng qulay joyda joylashgan,ya’ni turli xil ta’biiy bahorgi,kuzgi yomg’irlar,sellar ta’sir qilmaydi.Shtolnyaning og’zi kon korhonasiga qulay va yaqin joylashgan.Bu kabi omillardan tashqari ko’chbuloq konini ochish usulini tanlashda texnik-iqtisodiy omillarga hamda eng asosiysi kapital va ekspluatatsiya harajatlar muhim o’rin tutadi.Bunday ochish usuli ruda tanasi kata o’lchamdagi chuqurlikka joylashgan,rudani belgilangan qazib chiqarish quvvatini ta’minlash imkoni bo’lmaganda qo’llaniladi. Ko’chbuloq koni ham huddi shunday hususiyatlarni o’z ichiga oladi.Ko’chbuloq konini ochishda barcha omillarni hisobga olgan holda,ochishga ketadigan harajatlarni hisobga olgan holda ochish variantlari ichida eng maqbuli tanlangan.
Bosh ochuvchi lahimlar - bular shaxta stvoli va shtolnya. Bosh lahimlardan tashqari konni ochish uchun yordamchi stvollar ham o‘tiladi, ular kon lahimlarini shamollatishga, konchilarni shaxtadan er yuzasiga chiqarish uchun qo‘shimcha chiqish lahimi sifatida xizmat qiladi; kvershlaglar, bosh va yordamchi stvollarni kon yotqizig‘i bilan bog‘laydi. Ruda tanasini alohida uchastkalarini va konning pastki chuqur garizotlarini ochish uchun ko‘r stvollar, kapital vostayushiylar, uklonlar o‘tkaziladi.
2-rasm.”Ko’chbuloq” konining ochish sxemasi
Bosh ochuvchi lahimlarga harakteristika. Bosh ochuvchi lahimlar foydali qazilmalarni transport vositalarida yer yuzasiga tashib chiqarishga, konni shamollatishga, kishilarni yer ostida harakatlanishiga, materiallar, uskunalar tashib keltirishga va boshqa maqsadlar uchun xizmat qiladi.
Ochuvchi lahimlar muhim ahamiyatga ega bo‘lganligi uchun uzoq muddat xizmat qilishi hisobga olingan holda ularning shakli, ko‘ndalang, kesim usullarini to‘g‘ri tanlash kata ahamitga ega.
Lahimlarning ko‘ndalang kesimi yuzasining o‘lchamlari transport vositalarini meyordagidak ishlashi uchun, kishilar harakatlanishiga qulay, xavfsiz, materiallar uskunalar tashishga va zarur bo‘lgan miqdordagi havo oqimini o‘tkaza oladigan o‘lchamda bo‘lishi kerak.
Do'stlaringiz bilan baham: |