II.4.Konning elektr ta’minoti.
Ma'lumki, elektr energiyasi mavjud energiyalarning eng qulay turi bo'lib, uni olisga uzatish, boshqa (mexanik, yorug’lik, issiqlik) energiya turlariga aylantirish oson.Shuning uchun ham shaxtada asosiy energiya manbai - elektr energiyasidir.
SHaxtaga elektr energiyasi yuqori (10, 35, 110 kilo-volt) kuchlanishli elektr liniyasi bilan olib kelinadi. Keltirilgan energiya liniyalari yer usti podstansiyasiga ulanadi.Bu podstansiyadan elektr energiyasining ma'lum qismi yer ustida o'rnatilgan ventilyator qurilmalari, ko'tarish mashinalari, kompressor stansiyasi, yordamchi sehlar, boyitish fabrikasi va boshqalarga ketadi.
Elektr energiyasining asosiy qismi (shu podstansiyada kuchlanish tegishlicha pasaytirilgan) shaxta stvoli bo'ylab zirxlangan kabellar orqali yer osti umumiy shaxta podstansiyasiga beriladi.
Yer osti umumiy shaxta podstansiyasi, odatda, stvolga yaqin yerda, nasos kamerasiga qo'shni kamerada joylashtiriladi. Bu podstansiyada transformatorlar va apparatlar bo'lib, ularning vazifasi energiyaning bir qismini stvol oldi iste'molchilar (nasoslar, ag’dargichlar) ga, elektrovozlarni o'zgarmas tok bilan ta'min etuvchi simobli to'g’rilagichlarga uzatishdan iboratdir.
Yer osti umumiy shaxta podstansiyasidan elektr energiyasini hamma uchastkalarga taqsimlash uchun zirxlangan kabellar uzatiladi. Uchastkalarda taqsimlash podstansiyasi bo'lib, bu podstansiyadan elektr energiyasi tegishli kuchlanishga aylantiriladi va kon mashinalariga beriladi.
Shu podstanciyadagi transformatorlar uchastkaga qarashli yo'laklarni yoritish uchun va elektr mashinalarini ishlatish uchun elektr energiyasini tegishli kuchlanishga aylantirib beradi.
FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR
Каримов И.А. Ўзбекистон XXI аср бўсағасида. Т.: 1997.
Шехурдин В.К. Задачник по горным работам, проведению и креплению горных выработок. М., Недра, 1985
Б.Н.Кутузов, Ю. К. Валухин, С. А. Давыдов. Проектирование взрывных работ. М., Недра, 3.
Малахов Г.Г. и др. Основные расчеты систем разработки рудных месторождений. М., Недра, 1968
И.М.Панин, И.А. Ковалев. Задачник по подземной разработке рудных месторождений. М., Недра, 1984
Справочник по горнорудному делу/ Т.1.Под.ред. академика А.М. Терпигорева. М., Металлургиздат, 1952
Руда ва норуда конларини ер ости усулида қазиб олишда ягона хавфсизлик қоидалари. Тошкент. 1996-йил.
Сагатов Н.Ҳ., Меликулов А.Д., Шомирзаев Х.Х. « Фойдали қазилма конларини ер ости усулида қазиб олиш ». Тошкент: 2004-170б.
Қодиров О.Қ. « Саноат экологияси ». Тошкент: 1999-184б.
Интернет сайтлари:
10.www.gornyak.ru., www.gornaya-kniga.ru.
11.http://www.elibrary.ru/menu_info.asp – научная электронная библиотека.
12.http://mggu.da.ru – Московский государственный горный университет.
Do'stlaringiz bilan baham: |