II.3.Shaxta maydonini shamollatish.
Shaxta va ruda konlarida boshi berk laximlarni shamollatish uchun o’qiy joy ventilyatorlari qo’llaniladi.
Ushbu ventilyatorlar har xil shart sharoitlardan kelib chiqqan holda eletr va pnevmatik yuritmali bo’ladi. Ilgarigi modifikatsiyasi bo’yicha SVM (sektsiyali joy ventilyatorlari) elektr yuritmali va VP (pnevmoyuritgichli turlari)
Sungi modifikatsiyalarida VM-M (elektr yuritmali) va VMP-M (pnevmoyuritmali) turlari ishlab chiqarilmoqda.
SVM turidagi ventilyatorlarda ishchi g’ildirakda 10 ta buralgan kurak, yo’naltiruvchi va to’g’irlovchi apparat, ventilyatorning ishlatish tavsifini yaxshilash uchun separator bo’ladi.
Ventilyatorning yuritmasi ventilyator ichigajoylashtirilgan portlashga xavfsiz holda tayyorlangan elektr yuritmasi bo’ladi.
Ushbu seriyadagi ventilyatorlar unumdorligi 110-450 m3/min bo’lib bosimi 700-2550 Pa bo’ladi.
VP turidagi ventilyatorlar yuritgichi qisilgan havo bilan ishlaydigan aktiv turbina bo’lib turbina kuraklari ishchi g’ildirak obodi ariqchalariga o’rnatilgan bo’ladi.
VP turidagi ventilyatorlarni qisilgan havoni drossellab, ish rejimi boshqariladi.
Tomsk elektromexanika zavodida VP-4P diametri 414mm, qisilgan havo bosimi 0,4MPa bo’lganda unumdorligi 30-140m3/min, bosimi 500-1600 Pa bo’lgan ventilyatorlar ishlab chiqarilgan. Pnevmatik ventilyatorlar gazi ko’p shaxtalarda qo’llaniladi.
Hozirgi paytda meridional tezlashgan joy ventilyatorlari VM-M va VMP-M, bundan tashqari VKM-200A va VMP-4 ko’plab ishlab chiqarilmoqda.
Pnevmatik ventilyatorlar, pnevmatik energiya elektr energiyasidan 6-7 barobar qimmat bo’lganiuchun kamdan-kam hollarda xavsizlik qoidalari bo’yicha elektr yuritmalik ventilyatorlarni ishlatish mumkun bo’lmagan hollarda qo’llaniladi.
Elektr ventilyatorlar VM-M turlari bir-biridan deyarli farq qilmaydi, asosan o’lchamlari va ayrim qismlarining tuzilishi bilan farqlanadi. Ushbu ventilyatorlarning asosiy qismlari yo’naltiruvchi apparatlar 1, ishchi g’ildirak 2, to’g’irlovchi apparat 3, elektr yuritma 4, kabel kiradigan qism 5 va chag’i 6-lardan tuzilgan. Joy ventilyatorlarining ushbu seriyada quyidagi turlari ishlab chiqariladi: VM-3M, VM-4M, VM-5M, VM-6M, VM-8M va VM-12M.
Boshi berk laximlarni shamollatishda o‘q yunalishli va markazdan qochirma rusumli xududiy ventilyatorlar qo‘llaniladi. Bu ventilyatorlarni shamollatiladigan laxim ogzidan kamida 10 m masofaga urnatilsa maksadga muvofik, bo‘ladi.
VS-7 rusumli markazdan kochirma ventilyatorlar uzunligi 2500m.gacha bulgan laximlarni shamollatishda kullaniladi. Xavfsizlik koidalari buyicha elektr yuritmali ventilyatorlar kullanishi man etilgan laximlarni (gaz va changlarning portlash xavfi bor laximlarni) shamollatish uchun VMPZM, VMP5M rusumli pnevmoyuritmali ventilyatorlardan foydalaniladi.
Shamollatish kuvurlari turli materiallardan yasalganbo‘lishimumkin. Materialsimon kuvurlar rezinalashtirilgan to‘qima gazmollardan yasalgan bulib, diametri 500 - 600mm, bir bulagining uzunligi 5 - 30m. bulishi mumkin. Metall kuvurlar kalinligi 1 — Z mm bulgan pulat varaklaridan yasalgan bulib, diametri 800 mm gacha, uzunligi esa 2 - 3m bulishi mumkin. Portlatishdan so’ng kavjoyni shamollatish vaqti 15 - 20 daqiqadan ko‘p
bo‘lmasligi kerak.
Ko‘chbuloq shaxtasini shamollatishda «Kapitalnaya» shtolnyasi ustesida joylashgan ventilyatorVO-14/10A dan xaydovchi usulda foydalanilmoqda.
ventilyatorVO-14/10A
Ko‘chbuloqda depression s’emkada: sklad VM, tozalash bloki 610-613, 727-1, 614-6 (nimqavat qulatish) blok 3-2-1 (tushirish) gorizont 1032m, blok 701-4, 714-12, 720-5, 725-4 gorizont 983 m, 825-2 (nimqavat qulatish) gorizont 932 m. tozalash bloki 707-1 (nimqavat qulatish) gorizont 983 m lar blok 701-4. orqali shamollatildi.
Tupik zaboylarni shamollatish umumshaxta depressiyasi yordamida va mahalliy shamollatish ventilyatorlari (VMP) yordamida amalga oshiriladi. Xaydovchi va so‘ruvchi usullarida shamollatiladi.
Rasm.№ 5 Tupik zaboylarni VMP bilan shamollatish:a – Xaydovchi (puflama) usulida shamollatish; b – so‘ruvchi usulida shamollatish; 1 – ventilyator; 2 – truboprovod; 3 – elvizak lahim; 4 – tupik lahim.
Tupik zavboylarni shamollatishda elektr toki bilan ishlovchi SVM-4m, SVM-5, SVM-6m, VM-3m, VM-4m, VM-5m, VM-6m, VM-8m, VM-12m ventilyatorlari va siqilgan xavoda ishlovchi pnevmatik SVMP-3m, VMP-4, VMP-5m, VMP-6m ventilyatorlaridan foydalaniladi. Bu ventilyatorlarning unumdorligi 30 m3/s, depressiya – 600 da Pa ga etadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |