STRATEGIES”
44
corporate structures. ISJ Theoretical & Applied Science, 06 (86), 83-88. Soi: http://s-o-
i.org/1.1/TAS-06-86-15 https://dx.doi.org/10.15863/TAS.2020.06.86.15
3.
MAHMUDOVA NODIRAKHON JUMABOY QIZI , "PROBLEMS OF IMPROVING
REFORMS TO IMPROVE THE BUSINESS ENVIRONMENT IN UZBEKISTAN", JournalNX
- A Multidisciplinary Peer Reviewed Journal, Volume 6, Issue 6, ISSN: 2581-4230, Page No.
710-715 June -2020 https://journalnx.com/journal-article/20151399
4.
Махмудова Н. Ж. Оценки рисков промышленного предприятия //НАУКА
СЕГОДНЯ: ФУНДАМЕНТАЛЬНЫЕ И ПРИКЛАДНЫЕ ИССЛЕДОВАНИЯ. – 2021. – С.
18-19.
Qiyomov Yusuf To'xtasin og'li
Toshkent kimyo texnologiya instituti
Shaxrisabz filiali katta o'qituvchisi
Tel: +998 97 671 00 91
RAQAMLI IQTISODIYOTNING BUGUNGI KUNDAGI AHAMIYATI VA UNING
MUAMMOLARI HAMDA RIVOJLANISH ISTIQBOLLARI
Annotatsiya: ushbu maqolada raqamli iqtisodiyot, xo'jalik faoliyatini yuritish, raqamli -
iqtisodiy rivojlanish omillari, raqamli iqtisodiyot va onlayn xizmatlar ko'rsatish, elektron
to’lovlarni amalga oshirish hamda raqamli iqtisodiyot, undagi muammolar va rivojlanish
istiqbollari to’g’risida yozilgan.
Kalit so’zlar: raqamli iqtisodiyot, xo'jalik faoliyati, onlayn xizmatlar, elektron to’lovlar,
muammolar, rivojlanish.
Abstract: This article deals with the digital economy, business, digital economic
development factors, digital economy and online services, electronic payments and the digital
economy, its challenges and prospects.
Keywords: digital economy, business, online services, electronic payments, problems,
development.
So'ngi vaqtlarda "raqamli iqtisodiyot" tushunchasi juda ko'p marta qo'llanilmoqda.
Darhaqiqat, ko'plab rivojlangan mamlakatlarda raqamli iqtisodiy ularning rivojlanish omillariga
sezilarli darajada ta'sir o'tkazgan. Jamiyat hayotida raqamli iqtisodiyot muhim rol o'ynaydi.
Raqamli iqtisodiyot - bu xo'jalik faoliyatini yuritish bo'lib, bunda ishlab chiqarish va
xizmat ko'rsatishdagi asosiy omil raqamlar ko'rinshidagi ma'lumotlar bo'lib, katta hajmdagi
axborotlarni qayta ishlash va shu qayta ishlash natijasini analiz qilish yordamida har xil turdagi
ishlab chiqarish, xizmat ko'rsatish, texnologiyalar, qurilmalar, saqlash, mahsulotlarni yetkazib
berishda oldingi tizimdan samaraliroq yechimlar tadbiq qilishdir. Boshqacha qilib aytgancha,
raqamli iqtisodiyot bu onlayn xizmatlar ko'rsatish, elektron to’lovlar amalga oshirish, internet
savdo, kraudfanding va boshqa turdagi sohalarni raqamli kompyuter texnologiyalarini
rivojlanishi bilan bog'langan faoliyatdir.
So‘nggi yillarda iqtisodiyotni rivojlantirishda ilg‘or texnologiyalar va innovatsiyalarning
ahamiyati oshib bormoqda. Eng yangi texnologiyalar ishlab chiqarish va biznes jarayonlarining
samaradorligini oshirishi mumkin. Eng yangi texnologiyalar inson faoliyatining barcha yangi
sohalariga kirib borishi bilan an’anaviy yondashuvlar va ish uslublari o‘zgardi.
Axborot-kommunikatsiya texnologiyalarining (AKT) paydo bo‘lishi va tarqalishi global
iqtisodiyotga shu qadar ta’sir ko‘rsatdiki, yangi bir hodisa – raqamli iqtisodiyot paydo bo‘ldi.
Axborot-kommunikatsiya texnologiyalari ta’siri ostida odamlarning turmush tarzi o‘zgara
boshladi, foydalanuvchilar o‘rtasidagi aloqalar o‘zgardi - turli jug‘rofiy mintaqalar, faoliyat
sohalari va boshqalardagi odamlar o‘rtasida aloqa o‘rnatish imkoniyati paydo bo‘ldi. Bu raqamli
iqtisodiyotning asosi bo‘lgan axborot aloqalarining jadal o‘sishidir.
Do'stlaringiz bilan baham: |