Bog'liq 13714 1 5503376EFCE8575E605B9B65ADF82BB787B9A90D
“SANOAT VA XIZMAT KO‘RSATISH SOHALARINING RAQAMLI TRANSFORMATSIYASI: TENDENSIYALAR, BOSHQARUV, STRATEGIYALAR” 45 Raqamli texnologiyalarning ta’siri global miqyosda ham, mahalliy darajada ham sezildi.
Raqamli iqtisodiyot yangi ishlab chiqarishlarning kombinatsiyasi sifatida global iqtisodiyotning
tez o‘sib borayotgan qismidir.
Yangi texnologiyalar yaxshi tashkil etilgan xo‘jalik yurituvchi subyektlar faoliyatining
ba’zi jihatlariga o‘zgartiruvchi ta’sir ko‘rsatadi, bu asosan ishlaydigan mexanizmlarni – aloqa
vositalarini yoki sanoat mashinalarini raqamli mexanizmlarga almashtirish, shuningdek, ularni
yanada modernizatsiya qilishdan iborat.
Raqamli iqtisodiyotning o‘sishi raqamli va mobil texnologiyalar bilan bevosita bog‘liq
bo‘lgan bir qator bozorlarning o‘sishi bilan bog‘liq. Texnologiyalar rivojlanishining hozirgi
bosqichida va bozorlarning hozirgi holati sharoitida raqamli iqtisodiyotni maqsad sifatida emas,
balki iqtisodiy faoliyat samaradorligini oshirish vositasi sifatida ko‘rib chiqish kerak. Zamonaviy
raqamli iqtisodiyot yangi biznes modellarini taklif qiladi va boshqaruv mexanizmlarini
o‘zgaruvchan voqelikni aks ettirish uchun o‘zgartirish zarurligini ta’kidlaydi.
Afsuski, respublikada bu sohada ikkita katta muammo mavjud: telekommunikatsiya
infratuzilmasi va mutaxassislarning yetishmasligi. Bu respublikamiz iqtisodiyotining raqamli
aylanishiga jiddiy to‘sqinlik qilishi va natijada raqamli iqtisodiyot sohasidagi sustlashishi
mumkin.
Dunyo mamlakatlari kabi O'zbekistonda ham raqamli iqtisodiyot rivojlanmoqda.
Kundalik hayotimizga axborot texnologiyalarni tadbiq qilinishi ortidan oddiy insonlar uchun
ko'plab imkoniyatlar yaratilmoqda. Hozirga kunda uydan chiqmasdan ko'plab oziq-ovqat
mahsulotlari va taomlariga buyurtma berishimiz, ularni uyimizgacha yetkazib berishlari mumkin.
Lekin shuni ta'kidlash kerakki, O'zbekistonda raqamli iqtisodiyot O'zbekiston
potensialiga nisbatan bir necha barobar sekinroq rivojlanmoda. Ya'ni imkoniyat bor, kerakli
resurslar mavjud lekin rivojlanish ancha sust. Bunga sabab sifatida raqamli iqtisodiyotni
O'zbekistonda rivojlanishini bir qancha to'siqlarini ko'rsatib o'tish mumkin.
• ko'plab sohalardagi monopoliya;
• internet tezligini pastligi va uni sifatsizligi;
• axborot texnologiyalari sohasida qonununchilikning zamondan orqada qolganligi;
• fuqarolarda kompyuter savodxonligining o'ta pastligi;
• qonunchilikning shaffof emasligi;
• axborot texnologiylari bo'yicha mutaxassislarning yetishmasligi yoki ularni boshqa
mamlakatlarga ketib qolishi;
• axborot madaniyati, axborot gigiyenasi pastligi;
• axborot texnologiyalari xavfsizligi yaxshi emasligi;
• boshqaruv
organlarida
sohani
tushunadigan
mutaxassislarning
kamligi
yoki(ba'zilarida) ularning umuman yo'qligi;
• ilm-fan va ayniqsa aniq fanlarning rivojlanishi sustligi(yoki rivojlanishdan to'xtab
qolganligi).
Yuqorida keltirilgan muommolar bosqicha-bosqich, tizimli, dunyo tajribasidan kelib
chiqib hal qilinsa, O'zbekiston ham bemalol raqamli iqtisodiyoti rivojlangan mamlakatlarning
biri bo'la oladi.
Raqamli iqtisodiyotni rivojlantirish uchun qo‘shimcha shartsharoitlarni yaratish,
shuningdek, 2017-2021-yillarda O‘zbekiston Respublikasini rivojlantirishning beshta ustuvor
yo‘nalishi bo‘yicha Harakatlar strategiyasining maqsadlariga muvofiq quyidagilarqabul qilindi:
•
«O‘zbekiston Respublikasida raqamli iqtisodiyotni rivojlantirish chora-tadbirlari
to‘g‘risida» 2018-yil 3-iyuldagi PQ3832-son Farmoni.
•
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining «Raqamli iqtisodiyotni rivojlantirish
maqsadida raqamli infratuzilmani yanada modernizatsiya qilish chora-tadbirlari to‘g‘risida»
2018-yil 21-noyabrdagi PQ - 4022-son Qarori.
•
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 07.03.03-yildagi PQ-3832-son «O‘zbekiston
Respublikasida raqamli iqtisodiyotni rivojlantirish chora-tadbirlari to‘g‘risida» hamda
“zamonaviy axborot-kommunikatsiya texnologiyalaridan foydalangan holda amaliy