“sanoat va xizmat ko'rsatish sohalarining raqamli transforma t siyasi: tendensiyalar, boshqaruv, strategiyalar” Xalqaro ilmiy-amaliy anjuman


“DIGITAL TRANSFORMATION OF INDUSTRY AND SERVICES: TRENDS, MANAGEMENT



Download 5,93 Mb.
Pdf ko'rish
bet52/531
Sana13.07.2022
Hajmi5,93 Mb.
#787448
1   ...   48   49   50   51   52   53   54   55   ...   531
Bog'liq
13714 1 5503376EFCE8575E605B9B65ADF82BB787B9A90D

“DIGITAL TRANSFORMATION OF INDUSTRY AND SERVICES: TRENDS, MANAGEMENT, 
STRATEGIES”
46
ko‘nikmalarga ega bo‘lgan blokcheyn texnologiyalarini ishlab chiqish va ulardan foydalanishda 
malakali kadrlar tayyorlash to’g’risida”gi qarori. 
Axborot-kommunikatsiya texnologiyalarining rivojlanishi, zamonaviy texnologiyalarning 
hayotimizga tadbiq etilishi har bir inson hayotida ko'plab ijobiy imkoniyatlar berishi mumkin. 
Raqamli texnologiyalar rivojlanishi ortidan inson, unga kerakli xizmatdan tezroq foydalanishi, 
internet orqali o'ziga kerakli mahsulotlarni arzon sotib olish bilan ko'plab pul mablag'larini 
tejashi mumkin. Masalan biron bir kitobning elektron ko'rinishda sotib olish insonga, shu kitobni 
chop etilgan ko'rinishini sotib olishdan ancha arzonga tushishi mumkin. Yoki bo'lmasa oddiy 
iste'molchi o'zi ham tadbirkor bo'lishi, uyidan chiqmagan holda onlayn savdo-sotiq bilan 
shug'ullanishi mumkin. 
Raqamli iqtisodiyotning rivojlanishini boshqa afzalliklari quyidagicha bo'lishi mumkin: 

ishlab chiqarishda mehnat samadorligini oshishi; 

kompaniyalarning raqobatbardoshligini o'sishi; 

ishlab chiqarishdagi harajatlarning kamayishi; 

yangi ish o'rinlari yaratilinishi; 

yangi zamonaviy kasblar paydo bo'lishi; 

kambag'allikni yengish va ijtimoiy tengisizlikni yo’qolishi. 
Bular raqamli iqtisodiyotning bor yo'gi bir nechta afzalliklari xolos. Raqamli 
iqtisodiyotning rivojlanishi bizning kundalik hayotimizga ijobiy ta'sir qiladi, oddiy 
foydalanuvchiga ko'plab qo'shimcha imkoniyatlar beradi va qolaversa, bozorni o'sishi hamda 
rivojlanishini ta'minlab berishi mumkin. 
Turli mamlakatlarda raqamli iqtisodiyotni rivojlantirish uchun uchta model mavjud. 
1. Raqamli iqtisodiyot rahbarlarini o‘z ichiga olgan model 
2. "Taraqqiyotga erishish" modeli 
3. Axborotni ishlab chiqishning tashqi vositalarini o‘z ichiga olgan model. 
Raqamli iqtisodiyot va jamiyat indeksi (DESI) ko‘ra, eng rivojlangan raqamli iqtisodiyoti 
Skandinaviya mamlakatlari, Benelux, Buyuk Britaniya va Irlandiyadir. 
Raqamli iqtisodiyotning kelajakdagi rivojlanishi bir qator ilg‘or texnologiyalarning 
muvaffaqiyatiga bog‘liq bo‘ladi. Bunda beshta texnologiyani ajratib ko‘rsatish mumkin: 

5G - aloqa; 

3D - bosma; 

blokcheyn ; 

sun’iy intellekt ( AI ) ; 

virtual haqiqat. 
Sanab o‘tilgan texnologiyalar rivojlangan mamlakatlarning strategik hujjatlarida 
belgilangan eng muhim rivojlanish yo‘nalishlaridan biridir. 
An’anaviy iqtisodiyotni raqamli iqtisodiyotga aylantirishda muvaffaqiyatga erishish 
uchun malakali kadrlar tayyorlash lozim. Shuning uchun O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti 
tashabbusi bilan Sh.M. Mirziyoyevning 2018-yil 3-iyuldagi PQ-3832-sonli buyrug‘i asosida 
Toshkent davlat iqtisodiyot universitetida bakalavrlarni tayyorlash uchun raqamli iqtisodiyot 
fakulteti ochildi hamda Samarqand davlat universiteti iqtisodiyot va biznes fakulteti negizida 
raqamli iqtisodiyot sohasida malakali kadrlar tayyorlash bo‘yicha magistratura ochildi.
Raqamli iqtisodiyot – dunyo iqtisodiyotida yangi yo‘nalish hisoblanadi. Iqtisodiyoti 
rivojlangan davlatlar bu yo‘nalishda sezilarli yutuqlarga erishgan bo‘lsa, boshqalari bu 
yo‘nalishda ilgarilab borishmoqda.
Darhaqiqat, raqamli iqtisodiyot miqyosining kengayib borishida xalqaro hamkorlikni 
imkon qadar kuchaytirish zarur. Shu o’rinda mamnuniyat bilan qayd etish joizki, O’zbekistonda 
axborot xavfsizligi sohasida olib borilayotgan ta’sirchan chora-tadbirlar natijasida 2019-yilda 
Kiberxavfsizlik global indeksida 41 pog’onaga ko’tarilib, 52 o’rinni egalladik.
Bundan tashqari, raqamli texnologiyalar barqaror faoliyat ko’rsatishi uchun institutsional 
muhit va raqamli infratuzilmani yaratish, davlat xizmatlarini ko’rsatish, iqtisodiyotning real 
sektori tarmoqlari, sog’liqni saqlash, davlat kadastri va boshqa sohalarda raqamli 



Download 5,93 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   48   49   50   51   52   53   54   55   ...   531




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish