PASHEN - BAK EFFEKTI
Kuchli magnit maydonlarda spektral chiziqlarning murakkab Zeeman bo'linishidan oddiyga o'tishidir. Kuchli magnit maydon deganda multiplet va undan yuqori darajalar bilan taqqoslanadigan energiya darajalarining bo'linishini yuzaga keltiradigan maydonni hisoblash zarur. bunday maydonlarda bo'linish manzarasining soddalashuvi - chiziqlarning uchta komponentaga bo'linishi - kuzatiladi (Zeeman tripleti). Pashen va Bak tomonidan 1912 yilda ixtiro qilingan.
KERRNING MAGNITOOPTIK EFFEKTI
KERR JON –
(17.12.1824 – 18.08.1907) ingliz fizigi. 1875 yilda jismlarning optik xossa- lariga elektr maydonning ta'siri hodisasini ochib, bir qancha jismlarning elek-
qaytgan yorug’lik qutb- lanish tekisligining ay- lanish hodisasini ochdi. Bir qancha suyuqliklarning optik anizotropiyasini aniq- ladi va elektr maydon ta’sirida vujudga keladigan o’zgarishlarni o’rgandi va bu bilan moddalarning optik xossalari bilan elektr xossalari orasida bog’- lanish mavjudligini aniqladi. Bu hodisa optik
Magnitooptik effektlarning biri bu Kerrning
magnitooptik effektidar.
Jism sirtidan kaytgan yoruglik intensivligi va qutblanganligini muhitning magnitlanganligiga ta'siri Kerr ning magnitooptik effekti deyiladi.
Bu effekt katta magnitlanganlikka va yuqori darajadagi yutilish koeffitsientiga ega bo'lgan jismlarda, ya'ni metal ferromagnetiklardan qaytayotgan yorug'lik kattalik o'lchanadi.
Yorug'lik tushish tekisligiga va qaytaruvchi sirtga bog'liq ravishda magnitlanganlik vektorining yo'nalishiga qarab Kerrning magnitooptik effektini uch turga ajratadilar:
1. Qutbiy
2. Meridional
3. Ekvatorial
Qutbiy effektda magnitlanganlik vektori qaytaruvchi sirtga perpendikulyar va tushish tekisligiga parallel yo'nalgan bo'ladi.
Kerrining magnitoortik effekti
a) qutbiy b) meridional v) ekvatorial
Magnitlanganlikning ta'siri qutblanish tekisligining aylanishiga va chiziqli qutblangan magnetik sirtidan qaytayotgan yorug'likka elliptiklik paydo bo'lishiga olib keladi. Kerrning meridional effekti analogli qutblanishini xarakterlaydi. Bunda magnitlanish vektori magnetik qaytaruvchi sirtga va yoruglikning tushish tekisligiga parallel bo'ladi. ( 5 - rasm - b)
Agar tushayotgan chiziqli autblangan yorug'lik qutblanish tekisligi tushish tekisligi bilan burchak hosil qilsa (0 0 dan 90 0 gacha) unda ikkala effekt ham qaytgan yorug'lik intensivligining o'zgarishi magnitlanish bo'yicha chiziqli namoyon bo'ladi.
Kerrning ekvatorial magnitooptik effekti, magnitlanganlik vektori tushish tekisligiga perpendikulyar va qaytarish sirtiga parallel bo'lganda hosil bo'ladi. (5-rasm v).
Magnitlangan muhitda qaytgan chiziqli qutblangan yorug'lik fazaviy siljish va intensivligining o'zgarishida namoyon bo'ladi.
Kerrning ekvatorial effektida fazoviy va amplitudaviy o'zgarishlar
magnitlanganlikka bog'liq bo'lgan qaytgan yorug'liklar chiziqli bo'ldi.
Bu esa bizga ekvatorial magnitlangan oynalarni optik qurilmalarda mustaqil bo'lmagan element sifatida ishlatishimiz mumkin.
Agar magnitlanganlik vektori ekvatorialdan meredional holatga o'tadigan bo'lsa unda yo'nalishli (orientatsion) magnitooptik effekt kuzatiladi.
Bu effekt magnit kristallarni xususiyati va strukturasini o'rganishda qo'llaniladi.
Umuman olganda Kerr effekti boshqa magnitooptik effektlar bilan juda ham yaqin bog'liqdir.
Oddiy hollarda doimiy magnit maydonida joylashgan izotrop muhitlarni antisimmetrik tenzorlar xususiyatlari ifodalaydi, dielektrik singldiruvchanlik Eik va magnit krituvchanlik Mik xususiyatlari oydinlashtiradi.
E ieM Eik ieM E
0 0
0
0
E0
,
M
Mik i M1
0
i M 0
1 0
0
o
,
Bunda M va M 1lar - kompleks magnitooptik parametrlar.
To'liq fenomenologik Kerrning magnitooptik effektini Maksvell tenglamasi asosida tushuntirish mumkin. Muhitning magnitlanganligii uning optik xususiyatlariga ta'sirini mikroskopik mexanizmlar indentifikatsiyasi tushuntiradi va kvantomexanik o'tishlar hodisasiga to'liq rioya qiladi. Kvantomexanik o'tishlar magnetikni elektron va zamonaviy to'lqin funksiyasi va energetik strukturasini maydon bilan o'zaro ta'sirini hisobga oladi.
Kerrning magnitooptik effekti ferremagnetiklarning domen strukturasi va ferromagnetik metallar elektron strukturasini tadqiq etishda keng qo'llaniladi.
Magnit maydonida joylangan jismlar optik xususiyatlarini o'zgarishini o'rganadigan fizika bo'limi - magnitooptika deb yuritilidi. Magnitooptika hodisalarning ko'pgina qismi, atom energiya sathlari bo'linishiga (ajralishga) bog'liq. Bu bo'linish esa Zeeman effektida yaqqol namoyon bo'ladi. Boshqa magnitooptik effektlar Zeeman effektining xususiy xoli bo'lib, hisoblanadi va dispersiyaga ega bo'lgan muhitda, qutblangan yorug'likning tarqalish qonunlariga, va Zeeman optik o'tishlaridagi qutblanish asoslariga bog'liq bo'ladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |