1.Fotonlar impulsi, massasi va energiyasi qanday aniqlanadi?
2. Yorug’likning bosimi haqidagi fikr qanday paydo bo’lgan?
3. Yorug’lik bosimini birinchi bo’lib kim va qachon aniqlangan?
4. Nima uchun Lebedev qurilmasi havosi so’rib olingan idishda o’rnatilgan?
5. Kopton effektini tushuntiring.
1. Yorug’lik bosimining miqdori
, E(1) c bunda E–birlik sirtga vaqt birligida tushuvchi energiya miqdori, ρ- yorug’likning qaytish koyeffitsiyenti.
2. Kompton hodisasidagi rentgen nurlari to’lqin uzunliklarining o’zarishi quidagi formula bilan aniqlanadi:
1cos bunda φ- sochilish burchagi va m- elektron massasi.
3. Elementar zarrachalar dastasi zarracha siljishi yo’nalishida tarqaluvchi yassi to’lqin xossasiga ega. Bu dastaning λ to’lqin uzunligi de Broyl nisbati bilan aniqlanadi:
m 2Wkm hh
bunda υ- zarrachalar tezligi, m- zarrachalar massasi va Wk– ularning kinetik energiyasi. Agar zarrachalarning υ tezligi yorug’lik tezligi c bilan o’lchovdosh bo’lsa, u holda yoqoridagi formula quyidagi ko’rinishni oladi:
bunda va m0- zarrachaning tinch holatidagi massasi.
1. P.N. Lebedev tajribalaridan birida qoraga bo’yalgan doirachaga yorug’lik tushganida (ρ=0) ipning burilish burchagi 10΄ bo’lgan. 1) Yorug’lik bosimi kattaligini, 2) tushayotgan yorug’lik quvvatini toping. Asbobga tegishli ma’lumotlarni bundan avvalgi masala shartlaridan oling.
2. P.N. Lebedev tajribalaridan birida doirachaga tushayotgan monoxromatik yorug’likning (λ=5,6·10-5cm) quvvati 0,5 j/min ga teng bo’lgan. 1) Parrakchaning 1 cm2sirtiga 1 sekda tushgan fotonlar sonini; 2) 1 sek da doirachaning 1 sm2sirtiga berilgan kuch impulsini toping. a) ρ=0, b) ρ=0,5 va v) ρ=1 hollar uchun impuls kattaligini toping. Asbobga tegishli ma’lumotlarni 19.22. masala shartlaridan olasiz.
3. Yuz vattli yelektr lampochka devoriga beradigan yorug’lik bosimi topilsin. Lampochka kolbasi radiusi 5 sm cferik idishdan iborat. Lampochka devori o’ziga tushgan yorug’likning 10% ini qaytaradi. Iste’mol qilingan barcha quvvat nurlanishga sarflanadi deb hisoblansin.
4. 100cm2sirtga har minutda 63j yorug’lik energiyasi tushadi. 1)
Sirt hamma nurlarni batamom qaytaradigan va 2)o’ziga tushuvchi hamma nurlarni batamom yutadigan hollar uchun yorug’lik bosimi kattaligini toping.