16.2.Fotoeffektningqo’llanilishi Fotoeffekt hodisasiga asoslanib ishlovchi qurilmalar – fotoelementlar texnikada juda keng qo’llaniladi va ular yorug’lik energiyasini elektr energiyasiga aylantirib beradi. Bu vaqtda yorug’lik elektronni katoddan urib chiqoradi va bu elektron anod tomon harakatlanib, zanjirda elektr tokini vujudga keltiradi.
olishgamuvaffaqbo'ldi.1915 yilda de Gaaz bilan birgalikda
jismlar magnitlanganda ular-
ning mexanik momentlarining
o'zgarishi effektini kuzatdi
(Eynshteyn - de Gaaz effekti).
Fotoqarshilik. Fotoqarshilik – ichki fotoeffektga asosan ishlaydigan asbobdir. Fotoqarshilik deb, qarshiligi unga tushayotgan yorug’lik intensivligiga bog’liq bo’lgan yarim o’tkazgichli qurilmaga aytiladi. Yarim o’tkazgich yoritilmagan vaqtda ham ma’lum miqdordagi erkin elektronlar mavjud bo’ladi va ular yarimo’tkazgichning xususiy o’tkazuvchanligini hosil qiladi. Agar yarimo’t- kazgichga kuchlanish qo’yilsa, unda elektr toki vujudga keladi va bu tokka xususiy tok (Ix) deyiladi. Agar yarim o’tkazgich yorug’lik nuri yordamida yoritilsa, qo’shimcha elektronlar va teshiklar vujudga kelib, uning o’tkazuvchanligi yaxshilanadi va zanjirdagi tok Iyoyorug’lik tokigacha ortadi. Yorug’lik toki va xususiy toklarning farqi: I = Iyo- Ix– fototok deyiladi. Fotoqarshilik tovushli kinoda, televideniyada, telemexanikada, avtomexanikada signal beruvchi (xabar beruvchi) vosita sifatida ishlatiladi.
Fotoelektryurituvchikuch(foto-EYUK).
Ichki fotoeffekt prinsipiga asosan ishlaydigan qurilmalarning eng keng tarqalgani fotoelektr yurituvchi kuch vujudga keladigan qurilmalardir. Ba’zan ularga fotogalvanikelementlar ham deyiladi. Agar yarimo’tkazgich-ning bir bo’lagi yoritilayotgan bo’lsa, bu qismda qo’shimcha zaryad tashuvchilar vujudga keladi va ularning soni yarimo’tkazgichning yoritil-magan qismiga nisbatan ko’p bo’ladi (16.1-rasm).
Bu esa yarimo’tkazgichning foto-EYUK sini hosil qiladi.
Yorug’likning kvant nazariyasini tasdiqlovchi tajribalardan yana biri rus
olimi P.Lebedev tomonidan 1899 yilda o’tkazilgan nozik tajribalaridan biri - yorug’lik bosimining qiymatini aniqlashga bag’ishlangan tajriba hisoblanadi. Yorug’likning bosimi mavjudligini Lebedevdan oldin qator olimlar tomonidan quyosh yaqinida harakatlanayotgan kometalarning gaz va chang zarrachalaridan tashkil topgan dumi quyoshga nisbatan teskari tomonga cho’zilib ketganligini aniqlaganlar va bu hodisani yorug’lik bosimining ta’siri bilan tushuntirishga harakat qilganlar.