MAGNITOOPTIKA Fizikaning magnit maydon ta'sirida moddalarning optik xususiyatlari o'zgarishini o'rganuvchi bo'limi magnitooptika deb ataladi.
Magnitooptik effeektlarning xususiyligi muhitda elektr maydon yoki deformatsiya ta'sirida yuzaga keladigan chiziqli optik anizotropiyali magnit maydonda unga perpendikulyar bo'lgan tekislikda ikkita yo'nalishning noekvivalentligi bilan bog'liq bo'lgan sirkulyar anizotropiyaning yuzaga kelishidadir. Bu muhim xususiyat magnit maydonning aksialligi natijasidir.
Magnitooptik hodisalarni fenomenologik ravishda magnit maydon yo'nalishiga bog'liq holda ajratish maqsadga muvofiq. Bunda ikkita asosiy hol qaraladi:
1) yorug'lik nurlanishining to'lqin vektori H magnit maydonga parallel 2) yorug'likning to'lqin vektori magnit maydonga perpendikulyar. Zeeman effekti ikkala holda ham kuzatiladi.
Chiziqli qutblangan monoxromatik yorug'lik muhitdan o'tayotganda qutblanish tekisligining burilish hodisasini yuz berishini Faradey effekti tushuntiradi.
Yorug'lik magnit maydonga nisbatan ko'ndalang sochilganda chiziqli qutblanganlik uchun sindirish ko'rsatkichlarining farqi chiziqli magnit ikkilanib sinishni vujudga keltiradi. Bu hodisa Kotton - Muton effekti deb yuritiladi.
ZeemanPiter –
(25.05.1865 – 9.10.1943) niderlandiyalik fizik. Tashqi magnit maydon ta'siri ostida spektral chiziqlarning parchalanish hodisasini ochdi (Zeeman- ning anomal va normal effekti, 1896). Bu kashfiyot elektron nazariyasini asos- lash va rivojlantirishda juda muhim rol o'ynadi. Magnetizm hodisasining radiatsiyaga ta'siriga doir tekshirishlari uchun G. A. Lorens bilan birga 1902 yilda Nobel mukofotini oldi. Solishtirma elektr zaryadini aniqladi. Yutilish koeffitsiyentini o’lchash usulini ishlab chiqdi. Broun harakatini o’rgandi. Maykelson bilan birgalikda yorug’lik tezligini aniq- lashda ishtirok etdi.
ZEEMANEFFEKTI Magnit maydonda atomlar spektral chiziqlarining va energiya sathlarining bo'linishi Zeeman effekti deb ataladi. 1896 yilda gollandiyalik fizik P.Zeeman tomonidan magnit maydonda natriy bug'larining yoritilishini kuzatishda ixtiro qilingan. Magnit maydon ta'siri natijasida energiya sathlari zeeman sathlariga
bo'linadi; iva lsathlar ostidagi sathchalardagi
o'tishlarda bitta spektral chiziq o'rniga bir qancha qutblangan komponentalar paydo bo'ladi. Magnit maydon kuchlanganligi H yo'nalishiga perpendikulyar yo'nalgan yakka spektral chiziqlar uchun N yo'nalishida qutblangan zeeman tripleti - birlamchi chiziqqa nisbatan siljimaydigan - komponenta va unga nisbatan simmetrik hamda H ga perpendikulyar bo'lgan ikkita (oddiy yoki normal) - komponentalar kuzatiladi. Yuqori tartibli dubletlar va multipletlar uchun bo'linish jarayoni murakkab tus oladi: bir-biridan teng masofada joylashgan bir qancha - komponentalar va ularga nisbatan simmetrik bo'lgan ikki guruh -komponenta (anomal, yoki murakkab). Bo'linish kattaligi H ga proportsional va nisbatan juda kichik (H 20kE uchun Aning o'ndan bir qismi tartibida). Kuchli magnit maydonlarda (multiplet va undan yuqori tartibdagi bo'linishni vujudga keltiradigan maydonlarda) murakkab Zeeman effekti o'rniga zeeman tripleti kuzatiladi (Pashen - Bak effekti).
Zeeman effekti kvan sistemaning (masalan atomning) magnit momenti ga egaligi va bo'shliqda faqatgina aniqlash yo'li bilan topilganda amalga oshadi.
magnit momentning mumkin bo'lgan mo'ljal soni energiya sathining uyg'onish darajasiga tengdir. H
yo'nalishida magnit momentning har bir H proektsiyasiga o'zining EHHqo'shimcha
energiyasi mos keladi, bu esa uyg'onishning olib tashlanishiga olib keladi - sath bo'linadi.
Zeeman bo'linishini o'rganish atom tuzilishining yupqa qatlamlari tadqiqi uchun ahamiyatlidir. Turli energiya sathlariga (spektral chiziqlardagi Zeeman effekti) tegishli bo'lgan Zeeman sathlari orasidagi kvant o'tishlar bilan bir qatorda bir energiya sathi sathchalari orasida magnit kvant o'tishlarni ham kuzatish
mumkin. Bunday o'tishlar h(h- Plank doimiysi) chastotali, elektromagnit
to'lqinlarning yuqori chastotali diapazonida yotuvchi nurlanishlar ta'sirida ro'y beradi. Bu esa magnit maydonga joylashtirilgan paramagnit moddalarda tanlangan radioto'l?inlar yutish effektini - elektron paramagnit rezonansni yuzaga keltiradi. Bu effekt asosida kvant elektronikasi qurilmalari, xususan, kuchsiz magnit maydonlarni pretsizion ravishda o'lchovchi qurilmalar (kvant magnetometrlari) yaratilgan.
Zeeman effekti molekulyar spektrlarda ham kuzatiladi, biroq uning kuzatilishi va talqini ulardagi spektral chiziqlarda bo'linish va to'silib qolishning murakkab manzarasi natijasida qiyinchiliklarni keltirib chiqaradi. Zeeman effektini kristallar spektrlarida ham kuzatish mumkin (odatda yutilish spektrlarida).