1. Sferik ko’zgu uchun optik kuch D
D
bunda a1, a2 – buyumdan va tasvirdan ko’zgugacha bo’lgan masofa, R – ko’zguning egrilik radiusi va F-ko’zguning fokus masofasi.
Ko’zgudan chiqqan nur bo`yicha hisoblanadigan masofa musbat, nurga teskari – manfiy hisoblanadi. Agar F metrda ifodalansa, unda D dioptriyda ifodalanadi.
2. Nur bir muhitdan ikkinchi muhitga o`tayotganda yorug’likning sinish qonuni:
n
sin i 1
,
sin r 2
bunda i – tushish burchagi, r-sinish burchagi, n-ikkinchi muhitning birinchi muhitga nisbatan sindirish ko’rsatkichi, υ 1 va υ2 –yorug’likning birinchi va ikkinchi muhitlardagi tarqalish tezligi.
3. Bir jinsli muhitga joylashtirilgan yupqa linza uchun optik kuch.
1 1 1 1 1
(n 1) D a1 a2 R1 R2 F
bunda a1, a2 – buyumdan va tasvirdan linzagacha bo’lgan masofa, n - linza, materialining nisbiy sindirish ko’rsatgichi, R1 va R2 –linzalarning egrilik radiuslar. Linzalar uchun ishoralar qoiydasi ko’zgularniki singaridir.
4. Bitta qilib qo’shilgan ikki yupqa linzaning optik kuchi:
D=D1+D2,
bunda D1va D2 – lizalarning optik kuchlari.
5. Ko’zgular va linzalardagi ko`ndalang kattalashtiriah
y
k
a2
y a1
bunda y-buyumning balandligi va y`-tasvirning balanligi.
6. Lupaning kattalashtirishi
k ,
bunda L-eng yaxshi ko’rish masofasi va F-lupaning bosh fokus masofasi.
7. Mikroskopning kattalashtirishi
k LdD1D2
bunda L-eng yaxshi ko`rish mosofasi, d-ob`yektiv bilan okulyar fokuslari o`rtasidagi masofa, D1va D2 – ob`yektiv bilan okulyarning optik kuchlari.
8. Teleskopning kattalashtirishi
k
bunda F1-ob`yektivning fokus masofasi va F2 –okulyarning fokus masofasi.
1. Qavariq sferik ko’zguning egrilik radiusi 60 sm. Ko’zgudan 10 sm uzoqlikda balandligi 2 sm keladigan buyum qo’yilgan. Tasvirning vaziyati va balandligi topilsin. Chizmasi berilsin.
2. Egrilik radiusi 40 sm bo’lgan botiq sferik ko’zguda natural kattaligining yarmicha keladigan haqiqiy tasvir olinmoqchi. Buyumni qayerga qo’yish kerak va tasvir qayerda olinadi?
3. Buyumning botiq sferik ko’zgudagi tasviri uning o’z kattaligidan ikki marta katta. Buyum bilan tasvir o’rtasidagi masofa 15 sm. Ko’zguning: 1) fokus masofasi va 2) optik kuchi aniqlansin.
4. Yorug’lik nuri sindirish ko’rsatikichi n bo’lgan jismga i burchak bilan tushadi. Qaytgan nur singan nurga perpendikulyar bo’lishi uchun i va n o`zaro qanday bog’lanishi kerak?
5. Shishaning sindirish ko’rsatkichi 1,52. 1) shisha-havo, 2) suv-havo, 3) shisha-suv, bo’linish sirtlari uchun to’liq ichki qaytishning limit burchaklari topilsin.
Do'stlaringiz bilan baham: |