3.2. Yorug’lik intenferensiyasini kuzatish usullari
Yorug’lik intenferensiyasini kuzatish uchun kogerent yorug’lik dastasini hosil qilish shart. Lazerlar ixtiro qilinishidan oldin dasta bo'linar va so'ngra ular qo'shilib intenferension manzara olinar edi. Bundagi ba'zi usullarni ko'rib o'taylik.
Yung usuli. Bunda ikkita kichik tirqishi bo'lgan ekran yordamida yorug’likni "ikkiga ajratish" mumkin. S yorug’lik manbai ekranning tirqishlarida yorug’likning S1 va S2 ikkilamchi manbalarini hosil qiladi (3.4-rasm).
Y
1815-yilda Gyugens prinsipiga o’zining qo’shimchasini kiritadi. To’lqinlarning kogerentligi tushunchasini kiritadi va 1818-yilda difraksiya naza-riyasini yaratadi. Birinchi marotaba aylana shakldagi tirqishdan vujudga keladigan difraksiyani o’rganadi. Kogerent manbalarini olishda o’zini nomi bilan belgilangan Frenel ko’zgulari, Frenel bilinzasini va Frenel biprizmalarini yaratadi. Buning natijasida yorug’lik interferensiyasini atroflicha o’rganadi. Qutblangan yorug’liklar interferensiyasini ochadi. Yorug’lik to’lqinliklarning perpendikulyarligini isbotlaydi. 1823-yilda elliptik va aylana shaklidagi yorug’likning qutblanishi mavjudligini aniqlagan. Yorug’likning qaytishi vaqtidagi vujudga kelgan qonuniyatning tenglamasini tuzgan. Frenel formulasi, qator interferension qurollar yasashga o’z hissasini qo’shgan. 1818-yilda harakatda bo’lgan jismlarning optikaviy qonuniyatlariga asos solgan.
OGYUSTEN JAN – (1788-1827). Fransuz fizigi.
FRENEL
UNG TOMAS (1773-
1829) – ingliz olimi.
Ilmiy yo’nalishi optika,
akustika, issiqlik fizikasi,
mexanika, matematika,
astronomiya, geofizika,
filologiya, zoologiya
sohalarini qamrab olgan.
1800–yilda “Tovush va
yorug’lik tajribalari va
muamollari” ilmiy asarini
chop etgan. Yorug’lik-
ning to’lqin nazariyasini
qo’llab quvvatladi va
birinchi bo’lib tovush
interfirensiyasini kuzatgan. 1801-yilda yorug’lik
interfirensiya nazariyasini tushuntirgan va shu nazariya
asosida Nyuton halqalarining hosil bo’lish jarayonini
ilmiy asoslab bergan. 1802-yilda ikkita kogerent
manbadan vujudga keladigan yorug’lik inteferensiyasini
kuzatdi. Ultrabinafsha yorug’liklar interfirensiyasini
birinchi bo’lib kuzatdi. Qizil va binafsha
yorug’liklarning to’lqin uzunligini aniqladi. 1817-yilda
yorug’lik to’lqinlarining ko’ndalang ekanligi
to’g’risidagi fikrni aytgan. 1807 – yilda mexanik
deformatsiya
vaqtidagi
siljishni
aniqladi.
3.4-rasm. Yung usuli
Asosiy S manba nurlanayotgan to'lqinlarning fazalari ham shunga mos holda xuddi shunday o'zgaradi, ya'ni S1 va S2 manbalar nurlanayotgan to'lqinlarda fazalar ayirmasi hamma vaqt o'zgarishsiz qoladi. Bu manbalar kogerent bo'ladi va ulardan tarqalgan nurlar interferensiyalanadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |