2. Rejalashtirish va boshqarishning tashkiliy bosqichlari
Investitsiya loyihalarini ishlab chiqish va amalga oshirish rejalashtirish va boshqarish jarayonlari bilan bevosita bog’liqdir. Loyiha bo’yicha rejalashtirish ishlari o’ziga xos xususiyatga ega bo’lib, har bir loyihada muayyan va turli-tuman jihatlar kuzatilishi bilan farqlanadi. Masalan, mulk shakli, kapital ko’lami, boshqaruv shakli va tuzilmasi, faoliyat turi (ishlab chiqarish, xizmat ko’rsatish) va yo’nalishlari, tarmoq xususiyatlari, hududiy yoki mintaqaviy xususiyatlari, xom ashyo va boshqa resurslar bilan ta’minlanish masalalari, bozor ko’lami, raqobatchilari, texnologik xususiyatlari, bozor infratuzilmasi, turli ichki va tashqi omillar ta’siri va boshqalar shular jumlasidandir.
Alohida bosqichlarini chuqur ishlab chiqarilishining darajasi hamda loyiha ko’lami, qiymatiga ko’ra o’zgarishi mumkin.
Ishlar majmuasining tarmoq modeli deb loyiha bosqichlari va ishlari o’rtasidagi bog’liqliklarni tasvirlash uchun qo’llaniladigan yo’l ko’rsatilgan grafaga aytiladi.
Tarmoq modellarini faqatgina murakkab loyihalar uchun qo’llash maqsadga muvofiq.
Tarmoqning uch turi mavjud:
ishlar cho’qqisi
tipidagi tarmoq;
cho’qqi-voqeliklar tarmog’i;
aralash tarmoq.
Tarmoqning ishlar cho’qqisi tipi. Tarmoqning bu to’g’rida ish elementlari birbiridan keyin keladigan mantiqiy bog’liqliklar bilan bog’liq bo’lgan to’g’ri to’rtburchak ko’rinishida beriladi. V va S ishlari A, D dan keyin V – S dan keyin keladi.
Ishlar o’rtasida mantiqiy o’zaro bog’liqlikning to’rt turi mavjud:
- tugash - boshlanish S boshlanmay turib D boshlanish mumkin emas;
- boshlanish - tugash E boshlanmay turib F tugashi mumkin emas;
- Bulardan tugash - boshlash turi ko’proq uchraydi.
Tugash – tugash, boshlash – boshlash turlardagi bog’liqliklar haqiqiy bo’lib, u ishlarning vaqtdan oldin kelish aloqasini qisman yopish imkonini yaratadi.
S va D kabi ishlar uchun “qo’yiladigan zinapoya” tipidagi sxema tuzish qabul qilinmagan. Shu maqsadda bunday konstruksiyalarni tez ko’rish imkonini beradigan tugash-tugash va boshlash-boshlash turlardagi bog’liqliklardan foydalaniladi.
Boshlash-boshlash turdagi o’zaro bog’liqliklar voqelikni matematik to’ldirish uchun qo’llaniladi.
Cho’qqilar-voqeliklar tipidagi hisoblari.
“Cho’qqilar-ishlar” turdagi tarmoqlarda ishlarni bog’lab turadigan bog’liqliklar odatda nolli davomiylikka ega bo’ladi. Biroq ular ijobiy yoki salbiy davomiyliklarda berilishi mumkin va bu mos ravishda kechiktirilish yoki ilgarilash deyiladi.
Beton quyish ishi 2 kundan ko’p bo’lishi kerak, chunki beton xaykalni montaj qilishdan avval kerakli mustaxkamlikka ega bo’lishi kerak. Bu ikki kunni V ishning davomiyligiga qo’shish (4 kunga teng bo’ladi yoki kechiktirilishi sifatida ko’rsatish mumkin shuning bilan birga o’t ekishning joyning 1/3 qismi tayyor bo’lgandan 2 chi kundan boshlash mumkin.)
Buni 1ga teng bo’lgan kechikish bilan boshlash-boshlash bog’liqlik qilib yoki 2ga teng ilgarilash bilan tugash-boshlash bog’liqlik ko’rinishida ko’rsatish mumkin.
Tarmoqlar modelini hisoblash
Erta boshlanish va tugashi tarmoq bo’yicha to’g’ri o’tish bosqichida hisoblanadi. Bir ishning erta boshlanishi 0 ga teng, erta tugashi ish davomiyligining ma’nosini qo’yish orqali hisoblanadi. Erta tugash-boshlash bog’liqlikni taxmin qiladigan ilgarilashni qo’yishi yoki kechikishni ayirish (erta boshlashga) keyingi ishda shakllanadi. Boshlanish bog’liqlik uchun boshlash vaqti boshlanishga aylanadi.
Tugallash bog’liqlik uchun tugallash vaqti tugallashga o’zgaradi, “boshlashtugallash” bog’liqlik uchun boshlash vaqti tugashga aylanadi. Kech boshlanish tugash sanalari va vaqt rezervlari orqaga yo’nalgan o’tish amalga oshirilayotganda hisoblanadi. Oxirgi ishning erta tugashi uning kech tugashiga teng deb olinadi. Ishning davom etish muddatini ayirish orqali kechki boshlanish hisoblab chiqiladi. Kech tugash oldingi ishning kech boshlanishiga aylanadi. Boshlanish va tugashning o’zgargan sanasi bog’liqlikning to’g’riga mos ravishda boshlash va tugashning yangi vaqti sifatida qabul qilinadi. Ishdan avval ikki yoki undan ko’p ish bo’lsa boshlash vaqtining ahamiyati kam bo’lgan ish tanlanadi. (kechikishni qo’shishi va ilgarilashni ayirishdan keyin). Butun tarmoq bo’yicha jarayon takrorlanadi. Birinchi va so’ngi ishning vaqt zahirasi 0ga teng bo’lishi kerak o’tishdan keyingi tarmoq ko’rsatilgan.
Do'stlaringiz bilan baham: |