Sanoat ishlab chiqarishini tashkil etish


Loyiha risklarini pasaytirish chora-tadbirlari. Loyiha risklarini qoplash chora-tadbirlari



Download 3,3 Mb.
bet75/173
Sana28.05.2023
Hajmi3,3 Mb.
#945147
1   ...   71   72   73   74   75   76   77   78   ...   173
Bog'liq
Loyihalarni boshqarish UMK TAYYOR

4.Loyiha risklarini pasaytirish chora-tadbirlari. Loyiha risklarini qoplash chora-tadbirlari
Investitsiya loyihalarini amalga oshirishdagi alohida risklar ta’sirini yo’qotish yoki yumshatish uchun bir qancha usullar qo’llaniladi.

  1. Riskdan qochish. Qochish deganda risk bilan bog’liq tadbirlardan shunchaki og’ish tushuniladi. Riskni pasaytirishning bu usuli mukammal ko’rib chiqilmaydi.

  2. Riskni loyiha ishtirokchilari o’rtasida taqsimlash (riskning bir qismini hamkorlarga berish). Riskni taqsimlash loyihaning moliyaviy rejasini va aniq hujjatlarini ishlab chiqishda amalga oshiriladi.

  3. Riskni sug’urtalash. Riskni sug’urtalash, mantiqan olganda, muayyan risklarni sug’urta kompaniyalariga berishni anglatadi. Uning mohiyati investorning riskdan qutilish maqsadida daromadning bir qismidan voz kechish orqali aks ettiriladi. Bunda investorning risk darajasini “nol” ga tushirish uchun to’lovni amalga oshirishga tayyor ekanligini tushunish mumkin. Ko’p hollarda, sug’urta kompaniyalari moliyaviy risklarni sug’urtalash bilan risk darajasini pasaytirishga to’liq erishishiga xizmat qiladilar.

  4. Riskni pasaytirish (ko’zda tutilmagan xarajatlarni qoplash uchun zahira mablag’larini tashkil etish yo’li bilan yo’qotishlar hajmini qisqartirish). Ko’zda tutilmagan xarajatlarni qoplash uchun zahira mablag’larini tashkil etishdagi asosiy muammo risklarning jiddiy oqibatlarini baholash hisoblanadi. Buning uchun loyiha qiymatini boshlang’ich baholashni hisobga olish lozim. Bu esa zahira summasini aniqlashga katta yordam beradi.

Riskni pasaytirishning aniq vositasini tanlashda investor quyidagi tamoyillarga asoslansa, maqsadga muvofiq bo’ladi:

  • ortiqcha tavakkal qilish kerak emas;

  • risk oqibatlari to’g’risida o’ylash lozim;

  • kam narsa uchun risk qilish kerak emas.

Birinchi tamoyilga asosan, investor o’z kapitalidan ko’ra ko’proq risk qilishi mumkin emas, ya’ni investor investitsiya loyihasini amalga oshirish to’g’risida qaror qabul qilishidan avval quyidagilarga amal qilishi lozim:

  • loyihaga ta’sir etuvchi risk bo’yicha mumkin bo’lgan zararning maksimal hajmini aniqlab olishi;

  • uni qo’yilayotgan kapital va o’zining barcha moliyaviy mablag’lari bilan taqqoslashi lozim.

  • ushbu kapitalning yo’qotilishi investorning bankrot bo’lishiga olib kelishkelmasligini risk koeffitsientini hisoblash asosida aniqlashi lozim.

Investitsiya risklarini pasaytirish usullari quyidagilardan iborat:

  1. Risklarni diversifikatsiyalash.

  2. Risklarni sug’urtalash.

  3. Risklarni loyiha qatnashchilari o’rtasida taqsimlash.

  4. Risklar uchun moliyaviy zahiralar ajratish.

  5. Qo’shimcha ma’lumotlar va axborotlarga ega bo’lish.

Risklarni diversifikatsiyalash bir-biriga bog’liq bo’lmagan turli xil faoliyatlar o’rtasida risklarni taqsimlash hisoblanadi. Diversifikatsiya turli xil faoliyatlar o’rtasida investitsiyalarni taqsimlash asosida riskning bir qismidan qutulish imkonini beradi (investitsiya portfelini shakllantirish).
Investitsiya portfelini shakllantirishda risklarni taqsimlashning quyidagi shakllari mavjud:

  1. Tovar va xizmatlar, faoliyat turlari bo’yicha diversifikatsiyalash;

  2. Iste’molchilarni diversifikatsiyalash;

  3. Mol yetkazib beruvchilarni diversifikatsiyalash;

  4. Loyiha qatnashchilarni diversifikatsiyalash.

Risklarni sug’urtalash bu risklardan og’ish hisoblanib, bunda mukofot evaziga risklarni sug’urta kompaniyalariga berish orqali risklarni pasaytirish hisoblanadi. Sug’urtalashda mulkni sug’urtalash hamda baxtsiz xodisalardan sug’urtalash amalga oshiriladi. Mulkiy sug’urtalashning quyidagi shakllari mavjud:

  1. Moddiy yo’qotishlar va zararlardan himoya qilish maqsadida pudrat

qurilishlarini sug’urta qilish;

  1. Moddiy yo’qotishlar va zararlardan himoya qilish maqsadida dengiz yoki havo transportlari orqali tashilayotgan yuklarni sug’urta qilish;

  2. Moddiy yo’qotishlar va zararlardan himoya qilish maqsadida pudrat va subpudrat tashkilotlariga tegishli bo’lgan asbob uskunalarni sug’urta qilish.

Baxtsiz hodisalardan sug’urta qilishning quyidagi shakllari mavjud:

  1. Qurilish qatnashchilari tana jarohatlari, shaxsiy zarar yoki mulkiy zarar ko’rganlarida bosh pudrat tashkilotlari faoliyatini himoya qilish maqsadida umumiy fuqorolik javobgarligidan sug’urta qilish;

  2. Loyihalashtirish jarayonida arxitektorlik va texnik nuqtai nazardan xatolarga yo’l qo’yilganda loyihalarni boshqarishda kamchiliklar kelib chiqqanda bosh pudrat tashkilotini moddiy javobgarlikdan sug’urta qilish.

Risklarni loyiha qatnashchilari o’rtasida taqsimlash moliyaviy reja va shartnoma xujjatlarini ishlab chiqish davomida amalga oshiriladi. Risklarni sifat va miqdor jihatdan taqsimlash mumkin. Risklarni sifat jihatdan taqsimlashda loyiha qatnashchilari ularga tegishli bo’lgan u yoki bu risklarni ko’paytirib yoki kamaytirgan holda qaror qabul qiladilar. Lekin, bunda, masalan, investorlarga qanchalik yuqori risklar taqsimlanishi ko’zda tutilsa, shunchalik ularni loyihaga jalb qilish qiyinroq bo’ladi.
Risklarni miqdor jihatdan taqsimlashda yuqorida ko’rib o’tilgan risklarni tahlil qilish usullari qo’llaniladi. Masalan, “Qarorlar daraxti” usulida har bir bosqichda hech bo’lmaganda ikki tomon ishtirok etadi: sotuvchi va sotib oluvchi, buyurtmachi va buyurtmani amalga oshiruvchi. Buyurtmachi shartnomada ko’rsatilgan ishlarni o’z vaqtida hamda sifatli qilib bajarilgan holda shartnoma qiymatini kamaytirishga harakat qiladi; buyurtmani bajaruvchi esa, maksimal foyda olishga harakat qiladi.
Bunda risk darajasi ikki tomon uchun ham mos kelishi kerak.
Riskni kompensatsiyalash moliyaviy zahiralarni tashkil etishni ko’zda tutadi. Ko’zda tutilmagan zararlarni qoplash uchun moliyaviy zahiralarni tashkil etish orqaligina loyihani amalga oshirishda vujudga keladigan uzilishlarni bartaraf etish mumkin.
Moliyaviy zahiralarni tashkil etishda quyidagilarni aniqlash lozim:

  1. ko’zda tutilmagan harajatlarni qoplash uchun kerakli bo’lgan mablag’ miqdori;

  2. ko’zda tutilmagan harajatlarni qoplash uchun kerakli bo’lgan zahiraning

tarkibi;

  1. belgilangan zahiralardan foydalanish maqsadlari.

Moddiy zahiralar maxsus zahiralar tashkil etishni, masalan, ma’lum bir davr mobaynida loyiha bo’yicha ishlab chiqarish uzulishlarsiz amalga oshirilishi uchun xom ashyo va materiallar zahiralarni tashkil etishni anglatadi.

Download 3,3 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   71   72   73   74   75   76   77   78   ...   173




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish