Miqdoriy tahlil risklarni loyiha natijalariga son o’lchovida ko’rsatib beradi. Bunday tahlil turida matematik modellar, ehtimollar nazariyasi, statistik usullar qo’llaniladi.
Miqdoriy tahlilning kamchiliklari: u katta hajmdagi ma’lumot, vaqt va aniq bilim talab qiladi, bitta omilning miqdoriy natijasi sanalib, boshqa omillarning ta’siri hisobga olinmay qoladi, ammo bu tahlilni turi aniq o’lchovli ma’lumot beradi.
Miqdoriy tahlil quyidagilarni o’z ichiga qamrab oladi:
statistik ko’rsatkichlar (dispersiya, variatsiya va boshqalar);
sezgirlik usuli (bitta risk omili o’zgarishining loyiha samaradorligi mezonlarining o’zgarishiga bog’liqligini tadqiq qilish);
kritik nuqtalarni aniqlash usuli;
ssenariylar usuli;
Monte-Karlo usuli;
diskontlash stavkasini o’zgartirish usuli va boshqalar.
Odatda, risk tahlili quyidagi ketma-ketlikda amalga oshiriladi:
birinchi bosqichda muayyan turdagi riskning ko’payishi yoki kamayishiga ta’sir etuvchi ichki va tashqi omillar aniqlanadi;
ikkinchi bosqichda aniqlangan omillar tahlili o’tkaziladi;
uchinchi bosqichda quyidagi ikki usul (yondashuv) asosida moliyaviy nuqtai nazardan aniq ko’rinishdagi risk tahlili olib boriladi:
loyihaning moliyaviy ahvoli (likvidligi)ni aniqlash;
investitsiya loyihasida ishtirok etishning iqtisodiy jihatdan maqsadga
to’rtinchi bosqichda riskning tanlangan darajasi bo’yicha alohida
operatsiyalar tahlili o’tkaziladi;
beshinchi bosqichda risk oqibatida kutilishi mumkin bo’lgan yo’qotishlar hajmi aniqlanadi;
oltinchi - so’ngi bosqichda, ko’rib chiqilayotgan loyihada qatnashish bo’yicha ijobiy qaror qabul qilingan hollarda riskni yo’qotish yoki pasaytirish bo’yicha kompleks chora-tadbirlar ishlab chiqiladi. Odatda, bunday vaqtlarda turli xil yo’qotishlarga tayyor turish uchun oldindan xavfsizlik zahirasi tashkil etilishini ham ko’rib chiqish mumkin.
Loyiha risklarini aniqlash, tadqiq qilish, baholash va pasaytirish tadbirlarida risklarni boshqarish tizimi qonuniyati sifatida quyidagi masalalarga e’tibor qaratiladi: loyiha risklarining tasnifi; loyiha risklarini aniqlash va baholash usullari; loyiha risklarini boshqarishning axborot ta’minoti; risklarning monitoringi va istiqbolini belgilash; risklarning oldini olish; risklarni kamaytirish texnologiyalari; risklarni boshqarishni tashkil etish; risklarni taqsimlash; risklarni sug’urtalash; risklarni boshqarish xarajatlarining optimal darajasini asoslash va samaradorlikni baholash; risklarni moliyalashtirish; natijalarni o’rganish va monitoring olib borish; monitoring ma’lumotlari asosida risklarni boshqarishda qo’shimcha chora-tadbirlarni qabul qilish.
Investitsiya loyihasida uchraydigan risklarni boshqarish yoki sug’urtalash yo’li bilan ular tufayli ro’y beradigan yo’qotishlarni kamaytirish yoki bartaraf etish mumkin. Bunda qaysi usulning tanlanilishi loyihani amalga oshiruvchilarning o’zaro kelushuviga bog’liqdir.
Risklar tahlili salohiyatli hamkorlarga investitsion loyihada ishtirok etishning maqsadga muvofiqligi to’g’risida qarorlar qabul qilish hamda kutilishi mumkin bo’lgan moliyaviy yo’qotishlardan himoyalanish bo’yicha zarur ma’lumotlarni beradi. Loyiha samaradorligini baholashda risk va noaniqlik omillarini hisobga olishda loyihani amalga oshirish shart-sharoitlari bo’yicha barcha mavjud ma’lumotlardan foydalaniladi.
Risklarni tahlil qilishning asosiy usullaridan biri sezgirlik tahlilidir.
Sezgirlik tahlili loyiha tahlili bo’yicha mutaxassislarga risk va noaniqlikni hisobga olishga imkon beradi. Sezgirlik tahlili bir qancha omillarning o’zgarishi asosida ko’rib chiqiladi. Masalan, loyiha bo’yicha ishlab chiqariladigan mahsulotga bo’lgan narxning tushishi yoki loyiha uchun zarur bo’lgan qandaydir resurslarning narxi oshishi. Ko’pgina hollarda, sezgirlik tahlili, kelajakda loyihani amalga oshirish shart-sharoitlarini ko’rsatib beruvchi loyiha ekspertizasida qo’llaniladi.
Loyihaviy tahlilda sezgirlik tahlili loyihani muvaffaqiyatli amalga oshirishga ta’sir qiluvchi omillarni aniqlash va noaniqlikni hisobga olishda muhim ahamiyatga ega. Masalan, mahsulot narxi kritik omil hisoblansa, bunda marketing dasturini kuchaytirish yoki loyiha qiymatini kamaytirish kerak bo’ladi. Agar loyiha ishlab chiqarish hajmi o’zgarishiga sezgir bo’lsa, unda xodimlarni o’qitish dasturlariga, menejmentga hamda ishlab chiqarishni oshirishga ko’proq e’tibor berish kerak bo’ladi.
Sezgirlik tahlili loyihaning o’xshash parametrlaridan biri o’zgarganda, loyiha samaradorligi qay darajada o’zgarishiga miqdoriy baho berishda qo’llaniladi.
Sezgirlik tahlilini investitsiya loyihalari natijalariga sezilarli darajada ta’sir etuvchi omillarni aniqlash va ularni taqqoslash tahlili uchun o’tkazish tavsiya etiladi.
“Zararsizlik nuqtasi”ni aniqlash usuli yordamida mahsulot sotishdan kelgan tushum uni ishlab chiqarish xarajatlariga teng bo’lgan holdagi sotish hajmi aniqlanadi. Agar sotish hajmi bu nuqtadan past bo’lsa, korxona zararlarni qoplashi mumkin, agar pul kirimi xarajatlarga teng bo’lsa, korxona ishini zararsiz olib borayotgan bo’ladi. “Zararsizlik” tahlili loyiha quvvati yoki ishlab chiqarish hajmi miqdorini topish maqsadida qo’llaniladi. Agar ishlab chiqarish hajmi past bo’lsa, korxona zararga ishlayotgan bo’ladi. Bu tahlil loyihani baholashda turli narx va qiymatni hisobga olishda muhim ahamiyatga ega.