Sanoat ishlab chiqarishini tashkil etish



Download 3,3 Mb.
bet81/173
Sana28.05.2023
Hajmi3,3 Mb.
#945147
1   ...   77   78   79   80   81   82   83   84   ...   173
Bog'liq
Loyihalarni boshqarish UMK TAYYOR

10.1-jadval.
O’zbekiston iqtisodiyotiga qilingan investitsiyalarning texnologik tarkibi



Iqtisodiyot tarmoqlari




Yillar




2017 yilda 2007 yilga nisbatan o’zgarishi, f.p.

2007

2010

2013

2016

2017

Investitsiyalar jami

100%

100%

100%

100%

100%

x

Shu jumladan:







Qurilish-montaj ishlari

49,6

52,1

52,8

56

59,5

9,9

Uskunalar, instrumentlar, inventarlarga qilingan xarajatlar

38,1

39

37,4

34

31,6

-6,5

Boshqa ishlar va
xarajatlar

12,3

8,9

9,8

10

8,9

-3,4

Ma’lumki, yangi korxonalarni barpo etish, mavjud ishlab chiqarish va noishlab chiqarish ob’ektlarini texnik jihatdan qayta qurollantirish bilan bog’liq bo’lgan moliyaviy, iqtisodiy, moddiy va mehnat xarajatlari yig’indisi kapital qo’yilmalarni anglatadi. O’z navbatida, kapital qo’yilmalar iqtisodiy jihatdan kapital investitsiyalarni anglatadi, ular deyarli bir mazmunni bildiradi. Ular mahsulot ishlab chiqarish va xizmatlar ko’rsatish sohasida kiritiladigan investitsiyalarni – qo’yilmalarni – xarajatlar majmuasini anglatadi. Iqtisodiy adabiyotlarda kapital qo’yilmalarning mohiyatiga quyidagicha ta’riflar berilgan: «kapital qo’yilmalar - bu asosiy kapitalga yo’naltirilgan real investitsiyalarni (qo’yilmalarni), shu jumladan, yangi qurilish, faoliyat ko’rsatayotgan korxonalarni texnik qayta qurollantirish, ta’mirlash, kengaytirish, mashina va uskunalar sotib olish, loyiha-qidiruv ishlari, shuningdek, uy-joy hamda madaniy-maishiy qurilishlarni amalga oshirishga yo’naltirilgan xarajatlardir»10. Statistik hisobotlarda va iqtisodiy tahlil jarayonlarida bunday investitsiyalarni kapital hosil qiluvchi investitsiyalar deb ham nomlanadi. Iqtisodiy mazmuniga ko’ra kapital qo’yilmalar asosiy fondlarni takror ishlab chiqarishga yo’naltirilgan qo’yilmalarni anglatadi. Umuman olganda, kapital qo’yilmalar aholining ijtimoiy ehtiyojlarini qondirish va iqtisodiyot tarmoqlarini rivojlantirish uchun mo’ljallangan hamda asosiy fondlarni barpo etish va yangilash bilan bog’liq bo’lgan jami xarajatlarni aks ettiradi.


Asosiy vositalar va boshqa uzoq muddat foydalaniladigan aktivlarni sotib olish, qurish bilan bog’liq xarajatlar kapital sarflar yoki kapital qo’yilmalar deyiladi. Kapital qo’yilmalar bilan xarajatlarni bir-biridan farqlay bilish kerak. Xarajat albatta shu davrda daromad keltirishi kerak. Kapital qo’yilma esa bir necha yillardan keyin daromad keltira boshlaydi.
Kapital qo’yilmalar tarkibiga asosiy vositalar, tabiiy resurslar va nomoddiy aktivlarni sotib olishdan tashqari asosiy vositalarni o’stirish va ularni yaxshilanishiga sarflanadigan xarajatlar ham kiradi. Asosiy vositani o’sishi (additions) deganda ishlab chiqarish quvvatini fizik jihatdan kengaytirish tushuniladi.
Kapital qo’yilmalar bu korxonaning asosiy vositalari va nomoddiy aktivlarini qayta ishlab chiqarish va ular sifat tarkibini yaxshilash borasida qiladigan sarf xarajatlaridir.
«Kapital qo’yilma» tushunchasi «kapital qurilish» tushunchasiga nisbatan kengroq ma’noga ega. Kapital qo’yilmalarning bir qismi qurilishni amalga oshirishga, shu jumladan, transport vositalari, qishloq xo’jaligi texnikalari, texnologik uskunalar sotib olishga safarbar qilinadi.
Kapital qo’yilmalar quyidagi belgilariga ko’ra tasniflanadi:

  1. ishlab chiqarish (mo’ljallangan) ob’ektlari qurilishi;

  2. qishloq xo’jaligi (mo’ljallangan) ob’ektlari qurilishi;

  3. transport va aloqa ob’ektlari qurilishi;

  4. uy-joy qurilishi;

  5. ijtimoiy soha ob’ektlari qurilishi.

Asosiy fondlarni takror ishlab chiqarish shakli bo’yicha kapital qo’yilmalar quyidagilarga ajratladi:

  1. yangi qurilishga;

  2. faoliyat yuritayotgan korxonalarni kengaytirishga;

  3. korxonalarni ta’mirlash va texnik qayta qurollantirishga.

Texnologik belgilariga ko’ra kapital qo’yilmalar quyidagi turlarga ajratiladi:

  1. qurilish-montaj ishlari;

  2. mashina va uskunalarni sotib olish;

  3. va boshqa kapital ishlar va xarajatlar.

Kapital qo’yilmalar tarkibi takror ishlab chiqarish strukturasining yo’nalishlari, texnologik struktura, mo’ljallanishi, xalq xo’jalik tarmoqlari, ishlarni bajarish usuli, mablag’ bilan ta’minlash manbalariga ko’ra guruhlanadi.
Kapital qo’yilmalar maqsadga ko’ra: a) ishlab chiqarish maqsadlaridagi ob’ektlar qurilishiga (qurilishi tuganlangandan so’ng moddiy ishlab chiqarish sohasi: sanoat, qishloq xo’jaligi, transport aloqa va shu kabilarda ishlaydigan ob’ektlar); b) noishlab chiqarish maqsadlaridagi (turar joy va kommunal xojalik sog’liqni saqlash muassasalari, ijtimoiy ta’minot, xalq ta’limi va boshqa) ob’ektlarga ajratiladi.
Xalq xo’jaligi tarmoqlari bo’yicha kapital qo’yilmalar sanoat, qishloq xo’jaligi, qurilish, transport, sog’liqni saqlash, xalq ta’limi va boshqa tarmoqlardagi kapital qo’yilmalarga ajratiladi.
Kapital qo’yilmalar tarkibi takror ishlab chiqarish strukturasining yo’nalishlari, texnologik struktura, mo’ljallanishi, xalq xo’jalik tarmoqlari, ishlarni bajarish usuli, mablag’ bilan ta’minlash manbalariga ko’ra guruhlanadi.
Takror ishlab chiqarish strukturasining yo’nalishlari bo’yicha kapital qo’yilmalar yangi qurilish, kengaytirish, ta’mirlash, texnik qayta jihozlash va ishlab turgan korxonalar quvvatlarini saqlashga ajratiladi.
Texnologik strukturasiga ko’ra kapital qo’yilmalar quyidagi ish va xarajat turlari qiymatidan tarkib topadi: qurilish ishlarining barcha turlari; uskunalar natijasi bo’yicha ishlar; qurilish smetalarida nazarda tutilgan uskunalar xarajatlari (montaj talab qiladigan va qilmaydigan); qurilish smetasiga kiritiladigan asbob va inventarlar xarajatlari; boshqa kapital ish va xarajatlar.
Yangi qurilish deganda yangi tashkil etilayotgan korxona va tashkilotlarga xizmat ko’rsatuvchi asosiy va yordamchi ob’ektlar majmuining qurilishi tushuniladi, shuningdek, tasdiqlangan loyihalar bo’yicha yangi qurilish maydonida tashkil etilgan ishlab chiqarish bo’limlari tushuniladi. Shuningdek, yangi qurilishga yangitdan tashkil etilayotgan korxonalar, binolar va inshootlar, ishga tushirilgandan so’ng mustaqil balansda bo’ladigan, yangi maydonchada yangi ishlab chiqarish quvvatlarini yaratish maqsadlarida filial va ayrim ishlab chiqarishlarda amalga oshiriladigan asosiy, yordamchi va xizmat ko’rsatish maqsadlaridagi ob’ektlar kompleksining qurilishi kiritiladi.
Kengaytirish deganda faoliyat yurituvchi korxonalar va tashkilotlarda alohida sexlar, qo’shimcha ishlab chiqarish ob’ektlarining qurilishi tushuniladi. Kengaytirishdan maqsad – ishlab chiqarish quvvatini oshirishdir. Ishlab turgan korxonalarni kengaytirish deganda ishlab turgan korxona (inshoot) larda qo’shimcha ishlab chiqarishlarni qurish, shuningdek, ishlab turgan korxona hududi yoki unga qo’shni maydonchada qo’shimcha yoki yangi ishlab chiqarish quvvatlarini yaratish maqsadlarida ayrim sexlar yoki asosiy, yordamchi va xizmat ko’rsatishga mo’ljallangan ob’ektlarni qurish va ishlab turganlarni kengaytirish tushuniladi. Ishlab turgan korxonani kengaytirish, uning ishlab chiqarish quvvatini (unumdorligi) ko’paytirish ishlari yangi qurilish yo’li bilan shunday quvvatlar yaratishdan ko’ra qisqaroq muddat va kam xarajatlarda amalga oshirilishi lozim.
Ta’mirlash deganda faoliyat ko’rsatayotgan korxona va tashkilotlarda mavjud ishlab chiqarishni, sexlarni va boshqa ob’ektlarni to’liq yoki qisman qaytadan qurish (bunda, qoida tarzida, birinchi darajali ahamiyatga ega bo’lgan mavjud bino va inshootlarni kengaytirmasdan turib, ishlab chiqarish quvvatlarini oshirish maqsadida ularning texnik-iqtisodiy darajasini ko’tarish va ishlab chiqarishni takomillashtirish) tushuniladi. Ishlab turgan korxonalarni ta’mirlash asosiy va yordamchi va xizmat ko’rsatishga mo’ljallangan, ishlab turgan sex va ob’ektlarni ishlab chiqarshni takomillashtirish va ularni texnik-iqtisodiy darajasini oshirish maqsadlarida qayta qurish tushuniladi. Bu, odatda, asosiy maqsaddagi bino hamda inshootlarni kengaytirmay amalga oshiriladi.
Faoliyat yuritayotgan korxona va tashkilotlarni texnik qayta qurollantirish - alohida ishlab chiqarishlarni, sexlarni, uchastkalarni zamonaviy texnikatexnologiyalarni joriy etish, ishlab chiqarishni mexanizatsiyalash va avtomatlashtirish, kompyuterlashtirish, modernizatsiyalash, jismoniy va ma’naviy eskirgan uskunalarni yangisiga almashtirish, ularni intensivlashtirish asosida texnik darajasini oshirish bo’yicha chora-tadbirlar majmuini anglatadi.
Ta’mirlash va texnik qayta qurollantirishning asosiy maqsadi ishlab chiqarishni texnik qayta qurollantirish orqali uning samaradorligini oshirishga qaratiladi va bu, o’z navbatida, mahsulot ishlab chiqarishni ko’paytirish, uning sifatini oshirish va ishlab chiqarish xarajatlarini kamaytirish hisobiga amalga oshiriladi.
Yuqoridagilardan ko’rinib turibdiki, kapital qo’yilmalarni amalga oshirishda va investitsion jarayonlarda asosiy rolni kapital qurilish o’ynaydi. Kapital qurilishning investitsion jarayondagi o’rni va ahamiyati quyidagilar bilan izohlanadi:

  1. kapital qurilish kapital qo’yilmalarni o’zlashtirishda (amalga oshirishda) qatnashadi. Jami kapital qo’yilmalar summasining 2/3 qismi qurilish-montaj va qurilish tashkilotlari tomonidan bajariladigan qurilish-montaj ishlariga, loyiha-qidiruv va boshqa qurilish ishlariga to’g’ri keladi;

  2. kapital qurilish korxonalar ishlab chiqarish quvvatining oshishi va asosiy fondlari o’sishini ta’minlaydi, bu esa, o’z navbatida, aholining turmush farovonligini oshirish, ishlab chiqarishni rivojlantirish hamda xalq xo’jaligi tarmoqlarini rivojlantirish imkonini beradi;

  3. kapital qurilish korxonalarda zamonaviy texnika va texnologiyalarni qo’llanilishi asosida ishlab chiqarishda ilmiy-texnik taraqqiyotni ta’minlaydi;

  4. ishlab chiqarish korxonalarini barpo etish jarayonida qurilishning o’ziga xos o’rni shundaki, bir vaqtning o’zida bino va inshootlarni texnologik, energetik va boshqa uskunalar montaj qilish ishlarini amalga oshiraturib, zavod, fabrika, kombinatlarni ishga tushirish uchun sharoitni yaratadi (ta’minlaydi) va shu bilan ularni barpo etishning umumiy jarayonini yakunlaydi (tugallaydi);

qurilish tarmog’ida qurilishga qaratilgan investitsion loyihalarni ishlab chiqish bilan bog’liq bo’lgan loyihaviy tashkilotlar (loyiha-qidiruv ishlari bilan shug’ullanuvchi tashkilotlar) faoliyat ko’rsatadi.

Download 3,3 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   77   78   79   80   81   82   83   84   ...   173




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish